Aʼzolarning mohiyati va qismlari haqida

Ibn Sino, Ergashaka 2025-05-26 21:52
Davomi
Aʼzolarning mohiyati va qismlari to‘g‘risida


Mana endi tabibga a'zolarning bo'linishining [sababi] ochiladi, uning uchun boshqaruvchi a'zolar, boshqaruvchi a'zolarga xizmat qiluvchi a'zolar bo'ysundirilgan, lekin xizmat qiluvchi a'zolar boshqaruvchi ham, bo'ysudirilgan ham emas, a'zolarning borligini bilish kerak bo'ladi.

Boshqaruvchi a'zolar shaxs yoki turning saqlanishiga zarur bo'lgan gavdadagi dastlabki quvvatlarning manbalaridir. Shaxsni saqlovchi boshqaruvchi a'zolar uchta: yurak hayot quvvatining kelib chiqish o'rni, miya sezgi va harakatning kelib chiqish o'rni, jigar ovqatlantirish quvvatining kelib chiqish o'rni.Turni saqlovchi boshqaruvchi a'zolar ham o'sha uchta, yana turni saqlashga xos to'rtinchisi [ham bor. U] ikki moyaklarki, bir ish uchun ularga muhtoj bo'linadi, yana bir ish uchun ulardan foydalaniladi.[Ikki moyakning] zarurligi shuning uchunki, ular naslni saqlovchi erlik urug'ini paydo qiladi. ularning foydasi shundaki. erlik va xotinlikni tugalligini va mizojini ifoda qiladi. [Erlik va xotinlik] hayvon turlarida hamisha paydo bo'ladigan oriziy sifatlar bo'lib, ammo "hayvonlikninhg" o'z zotiga oid emas.

Xizmat qiluvchi a'zolarga kelsak, bu a'zolarning ba'zisi tayyorlash xizmatini bajaradi. ba'zisi o'tkazish xizmatini bajaradi. Tayyorlovchi xizmatni manfaat [ya'ni foydali ish] deb ataladi, o'tkazuvchi xizmatni mutlaq xizmat deb ataladi. Tayyorlovchi xizmat boshqaruvchi a'zolarning ishidan oldin bo'ladi. o'tkazuvchi xizmat boshqaruvchi a'zolar ishidan keyin bo'ladi. Yurakka kelsak, uning tayyorlovchi xodimi o'pka kabi a'zolardir, o'tkazuvchi xodimi esa arteriyalardir.

Miyaning tayyorlovchi xodimi jigar va boshqa ovqatlantirish va ruhni saqlash a'zolari bo'lib, o'tkazuvchi xodimi esa asablardir.

Jigarning tayyorlovchi xodimi me'da, o'tkazuvchi xodimi venalardir. Ikki moyakning tayyorlovchi xodimi undan ilgari erlik urug'ini paydo qiluvchi a'zolar; o'tkazuvchi xodimi erlarda siydik yo'li va moyaklar bilan o'rtasidagi tomirlardir. Suningdek xotinlardagi o'tkazuvchi xodim homilalanish joyiga erlik urug'i boradigan yo'ldir. Undan tashqari xotinlarda yana bachadon borki, unda urug'ning foydali ishi tugal bo'ladi.

Jolinus: "a'zolardan ba'zisining faqat ishi. bazisining faqat manfaati, bazisining ham ihi. ham manfaati bor.. Birinchining misoli yurak, ikkinchining micoli o'pka, uchinchining misoli jigar". deydi.

Men aytamanki - ish deb, shaxs hayotiga, yo turning doimo saqlanishiga oid bo'lgan va birgina a'zo bilan bajariladigan ishni tushunmog'imiz kerak. masalan, ruhni xocil qilishdagi yurakka xos ish kabi. Manfaat [deb] boshqa bir a'zoning ishini qabul qilishiga xizmat qiluvchi ishni tushunishimiz kerak, shunda shaxs hayotni ifoda qilishdagi, yo turning saqlanishidagi ish tugal bo'ladi. Masalan, opkaning havoni tayyorlash ishi kabi.

Jigar dastlab ikkinchi hazmni bajaradi va [oziqni] uchinchi va to'rtinchi hazmga tayyorlaydi, jigar qonni jigarning o'zini ovqatlantirishga yaroqli qilgani sababli ishlagan bo'ladi va u biror kutilgan ishga yordam beradigan ish qilgani uchun manfaatli bo'ladi.

Yana qaytarib aytamizki, a'zolar ichida odam urug'idan paydo bo'ladiganlari ham bor. Bunday a'zolar go'sht va charvidan tashqari bo'laklari bir-biriga o'xshash a'zolardir; yana charvi va gosht kabi qondan paydo bo'ladigan boshqa a'zolar ikki urug'dan, ya'ni erlik va xotinlik urug'laridan paydo bo'ladi. lekin durust tekshirish olimlarning so'zicha. charvi va go'shtdan boshqa a'zolar xuddi panirmoyadan pishloq paydo bo'lganidek. er urug'idan paydo bo'ladi va xotin tuxumidan esa, sut pishloqdan paydo bo'lganidek. paydo bo'ladilar. Masalan. ivishning boshlanish o'rni panirmoya bo'lgani kabi bola surati tug'ilishining boshlanish o'rni erlik urug'dir. Ivishning boshlanish o'rni sut bo'lgani kabi shakl tug'ilishining, ya'ni ta'sirlanuvchi quvvatning paydo bo'lish o'rni xotin tuxumidadir. Panirmoya va sut o'zlaridan paydo bo'luvchi pishloq moddasining bo'lagi bo'lgani kabi, urug' [maniy] va tuxum o'zlaridan paydo bo'luvchi bachadondagi bola moddasining bir bo'lagidir. Bunday tushuncha Jolinus so'ziga bir muncha qarshi bo'ladi. Jolinus urug' va tuxumning har biri tug'uvchi quvvat va tug'ishni qabul qiluvchi quvvat kuchliroq, xotin tuxumida esa tug'ishni qabul qiluvchi quvvat kuchliroq deyishiga qarshilik qilmaydi. Bu haqdagi fikrlarning tahlili asosiy ilmlar haqidagi kitoblarimizdadir.

Xotinlarning hayz ko'rishlarida ajraladigan qon ovqat moddasiga aylanadi: uning bir qismi tuxum moddasiga va tuxumdan paydo bo'ladigan a'zolar moddasiga o'xshab.ularni o'stiruvchi ovqat vazifasini o'taydi. Boshqa bir qismi boshqa a'zolar uchun ovqat bo'lmaydi, lekin ular oralig'iga quyilishga va asosiy a'zolardagi o'rinlarni to'lg'izishga yaroqli bo'lib. go'sht va charviga aylanadi.

Bu qonda har ikkala maqsad uchun ham yaroqli bo'lmaydigan ortiqcha qism ham bor. U bola tug'ilgandagi vaqtgacha qoladi. o'sha vaqtda tabiat [u qonni] ortiqcha qilib chiqarib tashlaydi.

Bola tug'ilgandan keyin uning jigarida tayyorlanadigan qon o'sha qonning o'rnini oladi va undan ona qonidan paydo bo'ladigan narsalar paydo bo'ladi, go'sht shu qonning pishiq qismidan paydo bo'ladi va uni issiqlik bilan quruqlik qotiradi. Charvi esa o'sha qonning suyuq va yog'li bo'lagidan paydo bo'ladi va uni sovuq qotiradi. Shining uchun issiqlik charvini eritadi.

Tuxum va urug'dan paydo bo'lgan a'zolar bir-biridan ajralsalar, ular haqiqiy birikish bilan qo'shila olmaydilar. Bu xolat bularning yolg'iz ba'zilarida va kamdan-kam xollarda yoshlik davrida bo'lishi mumkin. masalan, suyaklar va venalarning mayda tolalarida; katta venalar va arteriyalar esa bunday emas. Ulardan biror bo'lak kamaysa. uning badaliga biror narsa o'smaydi, masalan, suyak va asablarda shunday bo'ladi.

Qondan paydo bo'ladigan a'zolar zararlangandan keyin ham o'sadi va avvalgidek birikib ketadi. Buning misoli go'sht.

Hali ichida urug' quvvati bor bo'lgan qondan vujudga keladigan a'zo uruqqa yaqin davrda bo'lar ekan, unday a'zo yo'qolganda qaytadan o'smog'i mumkin. masalan, yoshlikdagi tish. Qonga boshqa mizoj g'alaba qilsa. qaytadan o'smaydi.

Yana aytamiz: parda bilan o'ralgan hamma ichki [a'zolarning] pardalari ko'krak va qorinni berkitib turuvchi ikki pardadan o'sib chiqadilar.

Ko'krak-qorin to'sig'i, venalar, arteriyalar va o'pka kabi ko'krakdagi a'zolarning pardalari qobirg'alarning ichki tomonini berkitgan pardadan o'sib chiqadi.

Qorindagi a'zolar va tomirlarning pardasi qorin ichki mushagining ichki tomondan berkitib turuvchi yupqa pardadan o'sib chiqadi.

Yana [aytamizki]: hamma go'shtli a'zolar yo tolali bo'ladi, masalan, mushak go'shtlari yoki u a'zolarda tola bo'lmaydi. masalan, jigar.

Harakatlarning birontasi ham tolasiz bo'lmay, ixtiyoriy harakat mushak tolasi bilan vujudga keladi. Bachadon ba tomirlar harakati kabi tabiiy harakatlar va ichga yutish kabi murakkab harakatlar uzunasiga, eniga, yoki qiyshiq joylashgan tolalar vositasi bilan bo'ladi, tortishga uzunasiga [yotgan] tolalar, surishga siquvchi tolalar. tutib turishga qiyshiq tolalar xizmat qiladi.

Venalar kabi bir qavatli a'zolarda bu uch turli tolalar bir-biriga to'qilgandir.

Ikki qavatli a'zolarda ko'ndalang tolachalar sirtqi qavatda bo'ladi, boshqa ikkitasi esa ichki qavatda bo'ladi. Uzunasiga ketgan tola a'zoning ichki tomoniga moyilroqdir. Bu tortish va chiqarish tolalari birlashib qolmasligi uchundir.Tortuvchi va chiqaruvchi tolalar ichaklardan boshqa hamma joyda birga bo'lganlari yaxshi. Chunki ichaklar tutishga muhtoj emas, balki tortish va chiqarishga muhtojdir.

Yana aytamiz: o'z moddalaridan chet bo'lgan jismlarni o'rab turuvchi asabli a'zolarning ba'zisi bir qavatli, ba'zisi ikki qavatlidir. Ikki qavatlilari bir qancha manfaatlar uchun ikki qavatli qilib tuzilganlar. Manfaatlarning birinchisi o'sha a'zolar jismining mustaxkamligini saqlash. ya'ni ichidagi narsalarning kuchli harakati sababli yorilmasligini ta'minlashdan iborat, masalan, arteriyalar.

Ikkinchi manfaat: o'sha a'zolarda saqlanuvchi jismlarning tarqalmasligi, yo chiqib ketmasligi uchun ehtiyot qilishlikning zaruratligidir. Bir qavatli a'zolarda ularning zich emasligi sababli tarqalish xavfi bo'ladi. Masakan, arteriyalarda saqlanuvchi ruh va qon shundaydir. Arteriya maxkam bo'lishi kerak, [chunki] bir-biri bilan aralashmagan ruh tarqalish bilan, qon esa [tomirning] yorilishi bilan bekorga yo'qotiladi. Bu juda xavflidir.

Uchinchi manfaat: a'zo qavatlaridan har biri alohida ish uchun moslangan. Ishlarning har biri boshqasiga teskari mizojdan paydo bo'ladi. Shuning uchun ikkala iishni farq qilish to'g'riroq bo'ladi. Masalan, me'da shundaydir. Me'dada sezuvchanlik bo'lishi kerak, sezuvchanlik esa asab a'zolari orqali bo'ladi. Yana me'dada hazm ishi bo'lishi kerak, hazm esa go'shtli a'zo bilan bo'ladi. Har ikkala ish uchun [alohida] qavat kerak bo'ladi; sezish uchun asabli ichki qavat, hazm uchun sirtqi go'shtli qavat belgilangan. Chunki hazm qiluvchi a'zoning hazm qilinuvchiga kuchi bilan yetishuvi kifoya, [bevosita] uchrashishi shart emas, sezuvchining seziluvchi bilan uchrashmasligi mumkin emas. Bu sezishdan tegib sezishni ifoda qilmoqchimiz.

Yana aytaman: a'zolarning ba'zisi o'z mizoji bilan qonga yaqin. Shuning uchun qon ularrni ovqatlantirganda ko'p o'zgarishlarga uchramaydi. Masalan, go'sht, shu sababli go'sht oziqlanmay turgan vaqtda unga kerak bo'ladigan oziq [modda]lar joylashadigan kovaklar va bo'shliqlar yo'q: ovqat go'shtga uchrashuvi bilanoq go'shtga aylanadi.

A'zolarning ba'zisi mizoji bilan qondan uzoq bo'lib, qon u a'zo xoliga o'tishda, avvalo a'zo ko'p o'zgarishlarni o'tishga muhtoj bo'ladi. Bunday a'zoning misoli suyaklardir. Ba'zi suyaklarda birgina kovaklik qo'yildi, shu kovaklik suyak ovqatini bir muddat saqlaydi, ovqat shu muddatda suyak jinsiga o'tadi, masalan, boldir va bilak suyagi. Boshqa suyakda bir-biridan ajralgan kovaklar qo'yildi, masalan, quyi jag' suyagi. Mana shunday a'zolar keragidan ortiq ovqat oladi va [ovqatni birin-ketin] oz-oz o'ziga hazm qiladi.

Kuchli a'zolar o'z chiqindilarini kuchsiz qo'shnilariga yuboradi. Masalan, yurak ikki qo'ltiqqa, miya ikki quloq orqasiga, jigar esa ikkala chovga yuboradi.