Ushbu sayt Osiyo tabibi Ergashaka uzoq yillar davomida bemorlar bilan muloqotda bo‘lib, tashxis qo‘yib topgan kasalliklarlarni o‘zi tayyorlab, tajribasidan o‘tkazgan dorivorlar va xalq tabobatining zamonaviy qo‘shimcha (alternativ) usullari bilan davolab kelmoqda. Qo‘shimcha usullar: tashbihiy davolash (gomeopatiya), biorezonans yordamida tashxis qo‘yish va davolash, igna yordamida davolash, a‘zolarni ta‘sirchan qismi va no‘xtalarini achchiq ermondan yasalgan sigaretlar bilan qizdirish yo kuydirish, kontaktli va kontaktsiz massaj, biotok yordamida biomassaj, turlicha suggestiv (ishontirilish, gipnoz, ruhiy ta‘sir qilish kabilar) va zuluk solib (girudoterapiya) davolash singarilar.
Ba‘zan saytda xalq maxalliy tabiblari davolashining sodda va qoloq bo‘lgan afsungarlik, baxshilik, ko‘chirik, alos-alos qilish, yuyimchilik, ilgichlik (tomoqqa tiqilib qolgan narsani barmoqda ilib chiarib olish), qo‘rqoq qilish, vasvos, alahsirashni baxshi chiqarishi, qaytarma qilish, jin, dev hamda alvastini haydash, afsun bog‘lig‘ini yechish, jinsiy ojiz oldi sehrini ochish, erkak kasbu korini yurgizish, ziyonlarni yo‘qotish kabi usullari ham uchrab qoladi.
Sayt bosh mavzusi qarilikni oldini olish, uzoq va og‘rimay yashashni maqsad qilganlarga har tomonlama yordam berish. Saytda gerantologiya (ulug‘ yoshlilar ko‘p yashashini o‘rgatuvchi fan) yutug‘larini muntazam yoritib boraman.
Uzoq yashashni hoxlovchilar ko‘p, biroq yzoq yoshga yetguvchilar xaddan oz. Hoxishga erishish uchun qattiq mehnat qilish, nafsi hoxishi bilan mardona kurashishi darkor. Yoshlik jismi va quvvatini chaqirib olishga erishmog‘i kerak. Yurak, jigar miya, ruhiy va endokrin sistemasini sog‘lom va yosh tutmog‘i kerak. Jismoniy, aqliy va jinsiy quvvatini yoshliday ushlatmog‘i lozim. Ko‘rinishidan va qilig‘idan yoshligi bilinib tursin. Xatto yoshlarcha kiyinsin.
Oltmish yildan ko‘proq ish tajribamga tayanib aytamanki, o‘zingizni qanday tutsangiz, vujudingiz shunday bo‘lishga intiladi. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytganlariday turmush tarzi va qanday yashash (الاعمال amallar) niyatga bog‘liq. Bo‘ldi yashaganim desangiz, tezda o‘lasiz. Uzoq yashash uchun tinmay kurashsangiz, shunga erishasiz.
Dunyo xalqlari tabobatini o‘rganish uchun ko‘p tillarni o‘rganib, ular yordamida Osiyo, Sharq, G‘arb, Ovrupo va Amerika qit‘asi xalqlari qadimiy va zamonaviy tobobatlari bilan xaddan imkon tanishib chiqdim. Tan olishim kerak, internetsiz bunga erisholmasdim. Saytimda ularning tajribalaridan samarali foydalanaman.
Saytda yoritiladigan mavzular:
Ergashaka tabobati,
Xalqlar tabobati,
Abu Ali ibn Sino tabobati (oxirgi nashr 10 tomlik Tib Qonunlari to‘laligicha mundarijaviy tematik ravishda mening izohlarim bilan) saytimda chop etiladi.
Biorezonans dignostika va davolash.
Tashbihiy tabobat - gomeopatiya.
Suggestiv davolash (Davolovchi ishontirish, gipnoz kabi).Zuluk solish - girudoterapiya.
No‘qtalarga igna qo‘yish, ularnii qizdirish va ko‘ydirish - Chjen tsizyu terapiya.
Osiyo, Sharq va Ovrupo xalqlari massajlari.
Ruhiy tabobat.
Parhez bilan davolash va parhez taomlar.
Musiqa va suhbat yordamida audio va video davolash.
Masofaviy va yaqindan ekstrasensor davolash.