Aʼzolarning mohiyati va qismlari

Ibn Sino, Ergashaka 2025-05-25 17:23

Aʼzolar mohiyati va qismlari haqida


Endi aytamiz: xiltlar unsurlarning dastlabki qo'shilishlaridan vujudga keluvchi jismlar bo'lgani kabi a'zolar ham maqtalgan xiltlarning dastlabki qo'shilishlaridan paydo boluvci jismlardir. A'zolarning ba'zisi oddiy, ba'zisi murakkab bo'ladi.
Oddiylari shunday a'zolarki, ulardan qaysi bo'lakni olsang, ism va ta'rifda butun [a'zo] bilan bir xil bo'ladi. Masalan, go'sht va go'sht bo'laklari, suyak va suyak bo'laklari, asab va asab bolaklari va shunga o'xshaganlar. Shuning uchun ular bo'laklari bir-biriga o'xshash a'zolar deb ataladi.

Murakkablari shunday a'zolarki, ulardan qaysi bo'lakni olsang, na ismda, na ta'rifda butun a'zo bilan bir xil bo'lmaydi. Masalan, qo'l va yuz, albatta, yuzning bo'lagi yuz bo'lmaydi, qo'lning bo'lagi qo'l bo'lmaydi. Murakkab a'zolarni "qurol" a'zolari deb ataladi, chunki ular nafs [jon] uchun o'z harakatlarini va ishlarini tugal qilishidagi qurol va vositalardir.

Bo'laklari bir-biriga o'xshash a'zolarning avvalgisi suyakdir. Suyak qattiq qilib yaratilgan, chunki u gavdaning tayanchi, harakatlarning asosidir. keyin tog'ay turadi. Tag'ay suyakdan yumshoqroq, bukiladigan boshqa a'zolardan qattiqroqdir. Tog'ayning tuzilishidagi manfaati suyaklarning yumshoq a'zolarga tutashishining yaxshilanishidadir, shunda qattiq bilan yumshoq bevosita birikib , yumshoq qattiqlikdan aziyat chekmaydi, ayniqsa, urilish va qisilishda; balki qattiqning yumshoq bilan biriktirilishi asta-sekin bo'ladi. Masalan, kurak suyagidagi tog'ay , qobirg'alarning qorin ustiga kelgan yumshoq uchlari va ko'krak suyagi tagidagi xanjar shaklli tog'ay shundaydir.

Tog'ayning yana bir manfaat, bir-biriga ishqalanadigan bo'g'inlarning bir-biriga tegib turishi yaxshi bo'lishi uchundir,-ll yana mushaklarning ba'zisi suyaksiz a'zoga tomon cho'zilganda tog'ayga suyaladi va togay bilan mahkamlashadi. Masalan, qovoq mushaklari, ularda paylar uchun tog'aydan suyanchiq va tirgak bor.Yana manfaati: ko'p o'rinlarda juda ham qattiq bo'lmagan bir narsaga tiralib suyanysh kerak bo'ladi, masalan, [halqumning] xiqildoqqa [tiralishi kabi].

Asab ham [bo'laklari bir-biriga oxshah a'zolardandir]. Asablar miya yo orqa miyadan o'sib chiqadigan oq mayin jismlar bo'lib, ular osonlik bilan egiladi, qiyinlik bilan ajraladi va uziladi. Asablar a'zolarning sezishi va harakati tugal bolishi uchun tuzilgan.

Paylar esa mushak uchlaridan o'sadigan jismlar bo'lib, asabga oʼxshaydi. Paylar harakatli a'zolarga yopishgan bo'ladi va ular goho o'zi tortilib harakatli a'zolarni tortadi, bunda mushak changak bo'lib, yig'ilib, ketiga qaytadi, goho o'zi bo'shashib, harakatli a'zolarni ham boʼshashtiradi, bu xolda mushak o'zining xolatiga qaytib yopiladi yoki tabiiy xolatidagiga qaraganda uzunligi ortib yoyiladi. bu xolni ba'zi mushaklarda ko'ramiz. Ko'pincha paylar mushak ichiga kirib, ularning boshqa tomonidan chiqadigan asablardan va ta'rifi paylardan keyin beriladigan jismlardan, ya'ni boyloqlardan tashkil qiladi. Bu jismlar ham ko'rinish va ushlab ko'rishda asab kabi bo'lib, suyakdan mushakka qarab yoʼnaladi. Paylar asablardek tolalarga ajraladi, bularning mushakka yopishib turgani goʼshtning ichiga kiradi, mushakdan ajrab, bo'g'in va harakatli a'zo tomonga borgani - asliga qaytib, mushak paylariga aylanadi,

Paylardan keyin biz aytib o'tgan boyloqlar turadi. Boyloqlar: asabga o'xshash jism bo'lib, ba'zisini umuman boyloq deb ataladi. Ba'zisi chandir deyiladi. Mushakkacha cho'zilib borganini faqatkina boyloq deyiladi. Mushakka bormay bo'g'in ikki suyagining ikki tomoni oralig'ini yoki boshqa a'zolar oraligʼini ulab turgan, bir narsani bir narsaga pishiq bog'laydiganini boyloq deb atash bilan birga chandir ismi bilan ham ataladi. Boyloqlarning hech birida sezish yo'q. Sezgining yo'qligi doimo bo'lib turadigan ko'p harakat va ishqalanish sababli qiynalmaslik uchundir. Boyloqlarning manfaati o'tgan so'zdan ma'lumdir. Boyloqlardan keyin qizil qon tomirlari - arteriyalar keladi. Bular yurakdan o'sib chiqqan kovak tomirlar bo'lib, uzunasiga cho'ziladi va ko'rinishda asabga va boyloqqa oxshaydi. Bu arteriyalarning yoyilishi va yig'ilish harakatlari bor. Bu harakatlar tinchlik xolati bilan birga bir -biridan ajraladi, Bu tomirlar yurakni rohatlantirish, tutunsimon bugʼni yurakdan chiqarish va Allohning amri bilan ruhni gavda a'zolariga tarqatish uchun yaratilgan.

Arteriyalardan keyin venalar [ko'k qon tomirlari] keiadi. Bular arteriyalarga o'xshashdir. Lekin bu tomirlar jigardan o'sib chiqadi va harakatsiz bo'ladi. [Ular] qonni gavda a'zolariga tarqatish uchun tuzilgan.

Undan keyin parda - qobiqlar turadi. Bular ko'zga ko'rinmaydigan asabsimon tolalardan to'qilgan bo'lib, yupqa va yoyiq yotadilar. Ular turli poydali maqsadlar uchun boshqa a'zolarning ustini yopadi va o'rab oladi. Masalan, yupqa pardalar a'zoning o'ziga xos shaklda va o'ziga xos chegaralanishda , shuningdek, biror a'zoni ikkinchisiga osishda [masalan, buyrakning umurtqa ustuniga osilishida] va biriktirishda xizmat qiladi. Uning yana bir xizmati moddasi sezuvchanlikka ega bo'lmagan a'zolarda bevosita sezuvchanlik xosil qilishda qobiq bilan o'rab olingan a'zoda paydo bo'lgan narsalarni bilvosita sezishga yordam beradi. Yupqa pardalarning manfaatlaridan [biri shuki], ular sezgisiz a'zolarning xuddi o'zida uchragan narsani - bevosita, pardaga o'ralgan jismda paydo bo'ladigan narsani - vositali sezadigan satx bo'ladi. Mana shunday a'zolar o'pka, jigar, taloq, ikkala buyrak bo'lib, bularning o'zlari sezmaydilar, lekin o'zlariga tekkan narsalarni ustlaridagi yupqa pardalar vositasi bilan sezadilar. Shu a'zolarda yel yo shish paydo bo'lsa kuchliroq seziladi, yupqa parda o'zida paydo bo'ladigan cho'zilish sababli [bevosita] sezadi, shishni esa yupqa parda boshlangan va osilgan a'zo, shish og'irlik qilib, egilishi sababli bilvosita sezadi.

Venalardan keyin go'sht keladi. Go'sht gavdaga qo'yilgan a'zolarning oralarini to'ldirubchi va u a'zolarning suyanhi va quvvatidir.

Har a'zoning o'zida tug'ma quvvat bor. Shu quvvat vositasi bilan, u a'zoning oziqlanishi tugallanadi, ya'ni bu quvvat oziqni tortadi, tutadi, [kamaygan narsaning o'rnini] to'ldiradi, qo'shadi va chiqindisini chiqarib yuboradi.

Undan keyin a'zolar [quvvat jihatidan] turlicha bo'ladi. Ba'zisining tabiiy quvvatidan boshqa yana boshqa a'zodan o'tgan quvvati bo'ladi, ba'zi a'zoda unday quvvat bo'lmaydi. Endi [gavdaning barcha a'zolari] birikkanda shunday a'zolar vujudga keladiki, ularning ba'zilari qabul qiluvchi ham beruvchi, beruvchi va qabul qilmovchi, qabil qiluvchi va bermovchi, qabul qilmovchi ham bermovchi a'zolar bo'ladi.

Qabul qiluvchi ham beruvchi a'zoga kelsak, buning borligiga hech kim shubha qilmaydi. Chunki miya va jigar to'g'risida tabiblar kelishganlarki, bulardan har biri hayot quvvatini, tug'ma issiqlikni va ruhni yurakdan qabul qiladi hamda ularning har biri quvvat boshlanadigan o'rinlar bo'lib, u quvvatni o'zidan boshqaga beradi. Miya sezishni qabul qilish o'rnidir. Bir guruhning fikricha, mutlaq ovqatlantirish manbaidir, boshqalar fikricha mutlaqmas.

Quvvatni qabul qiluvchi va bermovchi a'zoga kelsak. buning borligiga shubha ozroqdir. Masalan, go'sht sezish va hayot quvvatini oladi. lekin o'zi biror yo'l bilan boshqa a'zo beradigan quvvatning boshlanish o'rni bo'lmaydi.

Boshqa ikki qismga kelsak, bularning bittasi toʼgrisida tabiblar hikmatshunoslar bilan kelisha olmaydilar. Qadimgi hikmatshunoslar ko'pchiligining fikricha, shunday aʼzo yurakdir. Yurak har qanday quvvatning bosh sababi bo'lib, ovqatlantiruvchi, hayot beruvchi, idrok beruvchi va harakat beruvchi quvvatlarni boshqa barcha a'zolarga beradi, deydilar. Ammo tabiblar va ilgarigi hikmatshunoslar-ning bir guruhi aksincha, bu quvvatlarni turli a'zolarga taqsim qildilar, quvvatni beruvchi va qabul qilmovchi a'zo bor, demadilar. Diqqat bilan tekshirilganda ko'pchilik hikmatshunoslar so'zlari to'gʼriroq va dastlabki qarashda tabiblar so'zi ravshanroqdir


Ikkinchi bo'limga kelsak, bu toʼgʼrida tabiblar ham hikmatshunoslar ham, oʼzaro turli fikrda boʼldilar. Ba'zilar, suyak va sezgisiz go'shtlar va shu kabi boshqa aʼzolar oziga xos quvvatlar bilan mavjud, bu quvvatlar ularga boshqa manbalardan o'tmaydi va bunday a'zolar oʼzlariga ovqat kelganda o'z quvvatlarini biror a'zoga bermaydilar, shuningdek, biror a'zo ularga biror quvvatni ham bermaydi, degan fikrga keldilar. Bir guruh esa o'sha quvvatlar ularga xos emas, balki dastlabki paydo bo‘lishda jigardan yo yurakdan o'tgan va o'sha yerda qolgan, deydilar. Tabib bu kelishmovchilik-ning to'g'risini topish uchun hujjat va dalil qidirishi kerak emas. Tabibga tabibligi jihatidan bunga yo'l yo'q, bu tabibning tekshirishlari va ishlariga zarar yetkazmaydi. Ammo birinchi ixtilofli masala bo'yicha tabib bilishi va ishonishi kerakki, yurak miyaning sezish va harakat quvvati uchun, jigarning ovqatlantiruvchi quvvati uchun kelib chiqish o'rnimi yoki o'rni emasmi, unga baribir. Chunki miya yo o'zicha yo yurakdan keyin boshqa a'zolarga nisbatan nafsonoy ishlar uchun kelib chiqish o'rnidir. Ikkinchi ixtilofli masalaga kelganda, tabib tug'ma quvvatning qanday paydo boʼlishinining uncha ahamiyatsiz ekanini bilishi va bunga qattiq ishonoshi kerak. Masalan, suyakda [u quvvat] boshida jigardan [kelgan]mi, yo suyak mizojining o'zidan xosil bo'lganmi, yoki o'sha ikki yo'l bilan ham emasmi, tabibga buning ahamiyati yo'q. Bu tabiiy quvvatning suyakka jigardan [doim] kelmasligini tabib aniq tushunishi kerak. Agar suyak va jigar o'rtasidagi yo'l to'silganda va suyakning oldida ovqat tayyor bolganida, miyadan keluvchi asab to'silganda, sezish va harakat buzilgani kabi, suyakning ishlari ham [bari bir] buzilgan boʼlar edi.

Aksincha, suyakdagi quvvat, suyak o'z mizojida turar ekan. uning tug'ma quvvati bo'lib turaberadi.
Davomo bor