Arab isteʼlosining ibn Sino ijodiga taʼsiri

Ergashaka 2025-04-23 20:22

Arab isteʼlosining ibn Sino ilmiy faoliyati va ijodiga taʼsiri

Agar ibn Sino tugʻilgan mamlakatda arab tili hukmdorligi boʻlmaganda, u oʻz asarlarini arab tilidamas, oʻz ona tilida ijod qilgan boʻlardi.
Abu Ali ibn Sino tugʻilgan bilim va tijorat markazi bo‘lgan Buxoro X-XI asrlarda Osiyoning eng katta va juda boy shaharlaridan biri edi. Kulolchilik, toʻqimachilik, meʼmorchilik, konchilik, miskarlik, zargarlik va dehqonchilik oʻta rivojlangan boʻlib, ular oʻz maxsulotlari bilan Buxoroda xalqaro savdogarlik ishlarini kuchayishiga sabab boʻldi. Samarqand, Xorazm, Marv, Urganj, Xirot, Binkent (Toshkent) va Fargʻona vodiysi savdogarlari Buxoro bilan savdo aloqalarini kuchaytirish bilan birga, Buxoro hunarmandlari tovarlarini ming-ikki ming tuyaylik karvonlari bilan Sharq, Gʻarb va Janub mamlakatlariga tarqatishdi. Buxoro bozorida ip va toʻquv maxsulotlari, ipak, jun, teri va kon xom ashyolari, gilamlar va boshqa hunarmandlar ashyolari, hayvonlar, don maxsulotlari, tibbiyot ashyolari kabi matolar yuklangan karvonlar Xazar orqali Gʻarb xrictian oʻlkalariga, qozoq choʻllari orqali Mugʻiliston, Xitoy kabi majusiylar mamlakatlariga, quruq va dengiz yoʻllari bilan musulmon diyorlariga chiqishardi.
Burjua olimlari ibn Sino asarlari arab tilida boʻlgani uchun ham arab olimi deb tilga olishgan. Vaholanki bu fikr oʻta noinsof va juda notoʻgʻri boʻlib, olimning kelib chiqishiga koʻz yumib qarash edi. Badaviylarda arab madaniyati qayerdan boʻlsin. Asosan madaniyat arablarga VII-VIII asrlarda arablar tomonidan isteʼlo qilingan Yaqin va Oʻrta Osiyo xalqlaridan koʻchib oʻtgan. Hali hamon Oʻrta Osiyolik olimlar - Farobiy, ibn Sino va Zamaxshariy asarlari arablarning madaniy-oʻquv pedagogik darsligi boʻlib kelmoqda.
Arablar yurtimiz madaniy boyliklarini talon-taroj qilish qatori, oʻtfarastlar ashyolarini yoʻqotish bahonasi bilan koʻp ming yillik ilmiy-adabiy-diniy kitoblarimiz kulini koʻkka sovurdilar, ulkan kutubxonalarni tag tubi bilan yoʻqotdilar. Xatto Qutayba odamlari olim va diniy ulamolarimizga qarshi suiqasd qildilar. Ulamolar, nomi xat taniganlar va kitoblar yoʻqotilgani sabab, koʻhna madaniyatimiz tarixi tugul, nomu nishoni ham qolmagan, bu kunda. Goʻyo gʻarbiylar bugungi kunda yurtimizga madaniyat keltirgani tufayli, koʻp yoshlarimiz miyalari zaxarlanmoqda. Bu juda uzoq davom etadi.
Kavkpazliklar, ayniqsa gurjilar arablarga toʻxtovsiz qarshilik qilganlari sabab oʻz dinlari, madaniy boyliklari, xatlari va tillarini saqlab qolishdi. Bizda ham Muqanna biroz muvaffaqiyat qozondi, biroq arablar koʻpchilik savodsiz xalq va boylarni, ruslar bosmachilarnizni yengishda foydalangani kabi sotib olib, oqibatda sotqinlar koʻpaygani tufayli xalq qoʻzgʻaloni barbod boʻlgandi.
"Arab madaniyati" ni kuchaytirish maqsadida xalifa mulozimlari ilmiy asarlarni arab tilida yozilishini kuchli targʻib qilishdi. Aksari xalq savodsizligi xalifaga qoʻl keldi. Narshaxiy Buxoro tarixi muqaddimasida yozadi: "Bu kitobni arab tilida yozgandim. Doʻstlarimning arab tilida oʻqishga ragʻbatlari yoʻqligi sabab, iltimoslarga binoan forscha qildim".