Bahor fasli

Ibn Sino, Ergashaka 2024-12-29 17:25

Bahor haqida


Bahor kelishi
o‘ziga xos tabiatga ega, yilning eng yaxshi fasli hisoblanadi. U ruh va qonning tabiatiga mos keladi va o‘zining muvozanati bilan, biz (tabiatshunoslikda) eslatib o‘tganimizdek, bahor tez orada kichik, "samoviy" issiqqa va tabiiy namlikka o‘tadi.
Bahor yuzni qizartirib yuboradi, chunki yuz qonni o‘rtacha darajada o‘ziga tortadi, lekin issiq yozdagidek qonni eritish darajasiga yetmaydi. Bahorda eski surunkali kasalliklar qo'zishga boshlanadi, chunki bahor tomirlarda qotib qolgan xiltlarni haydaydi va oqishga majbur qiladi; shu sababli melanxoliklarda bahorda melanxoliya kuchayadi (tomirdagi eng ko'p quyuq xilt savdodir).
Qishda ochofatlik va kam harakat tufayli serxilt bo‘ladigan odamlar bahorda bu moddalarning bahorgi erishi natijasida qo‘zg‘atadigan eski kasalliklariga moyil bo‘ladilar. Bahor uzoq davom etib, muvozanatni saqlasa, yozgi kasalliklar kamayadi.
Bahorgi kasalliklar: qonli ich ketishi, burundan qon ketishi, tabiiy o‘t g'alayoni, o‘smalar, yiringlashlar, angina hamda melanxoliya avj olishidir. Ular ba'zan halokatli bo‘ladi.