Qo'l barmoqlarini harakatga keltiruvchi mushaklar anatomiyasi haqida
Qo'l barmoqlarini harakatlantiradigan mushaklarning ba'zilari kaftda va ba'zilari bilakda joylashgan. Agar ularning hammasi kaftga yig'ilganlarida edi, go'shtning ko'pligidan kaft og'irlashardi.
Bilaguuzuk bo'g'ini mushaklari barmoqdan uzoqda joylashgani uchun , ularning paylari zaruran uzun bo'ladi. [Shuning natijasida] ular hamma tomondan kelgan pardalar bilan o'rab olinganlar. [Shu mushaklarning] paylari dumaloq va kuchli bo'lib tuzilgan. Ular to harakatlanuvchi a'zolarga yetishgunlaricha kengaymaydilar. Unga yetganda harakatlanuvchi a'zoni yaxshi ushlash uchun kengayadilar. Barmoqlarni yozuvchi hamma mushaklar va barmoqni pastga harakatlantiruvchi mushaklar bilan ustida joylashgan. Barmoqlarni yozuvchi mushaklardan biri bilakning tashqi tomonining o'rtasida joylashgan mushakdir. U yelka suyagining chiqqan qismidan boshlanib, barmoqlarga to'rtta pay yuboradi va ularni yozadi.
Barmoqlarni pastga og'diradigan mushaklarga kelganimizda, ulardan uchtasi bir-biriga yopishgandir. Bittasi yelka suyagining tashqi boshini o'rta qismidan o'siqlar orasidan boshlanadi va jimchiloq barmog'i bilan to'rtinchi barmoqqa ikkita pay yuboradi. Yana bittasi tepada aytilgan uch mushakning ikkita qo'shaloq mushak to'dasidandir. Ular yelka suyagi pastki qismining ichki tomonidan va tirsak suyagining ustidan boshlanib, o'rta va korsatkich barmoqqa ikkita pay yuboradi. Yana bir mushak, ya'ni uchinchi bilak suyak do'mbog'ining tepa qismidan boshlanadi va boshmaldoqqa pay yuboradi. Shu mushakning oldida yana bir mushak joylashgan. Bu bilaguzukni harakatlantiruvchi mushaklari ichida aytilgan mushakning biridir. Bu tirsak suyagining o'rta qismidan boshlanadi va uning payi boshmaldoqni ko'rsatkich barmoqdan uzoqlashtiradi.
Bukuvchi mushaklarga kelganimizda, ularning ba'zilari bilakda va ba'zilari panjaning ichki tomoniga joylashgan. Bilakdagi mushaklarning soni uchta, ular o'rtada bir-birining ustida yotadi. Ularning ichida eng kerakligi ostkisi bo'lib, [qolganlari] bilan o'ralgan va tirsak suyagiga ostdan yopishgan. Uning ishi eng kerakli bo'lgani uchun, uni joylashgan joyi ko'proq qo'riqlangan bo'lishi kerak. Bu yelka suyagining tashqi boshining o'rtasidan boshlanib, ichkari tomon boradi. So'ngra uning payi kengayib, beshta payga bo'linadi. Shularning har biri bittadan barmoqning ichki tomoniga boradi. To'rtta barmoqqa boradigan paylarning har biri barmoqning birinchi va uchinchi bo'g'inini egadi. Birinchi bo'g'in hamma tomonidan pay bilan bog'langani, uchinchi bo'g'inga paylarning oxiri yetishgani uchun ular bukiladilar. Boshmaldoqqa boradigan mushaklar ikkinchi va uchinchi bo'g'inlarni bukadilar, chunki bu mushak shu ikkoviga yopishadi. Bularning ustiga joylashgan ikkinchi mushak ulardan kichikdir. U yelka suyagining ichki ikkita do'mbog'idan boshlanib, tirsak suyagiga ozgina yopishadi va tashqi ichki tomonlar umumiy chegarasidan yana bilak suyagining ustki satxidan o'tadi. Boshmaldoq chegarasiga borganda ichkariroq o'tib, tortta barmoqning o'rta bo'g'inini egish uchun ularga pay yuboradi. Boshmalqoqqa shu payning faqat bir tarmog'i kelib, u pay shu mushak paylaridan ajralmasdan boshqa joydan boshlanadi. Yuqorida aytilgan boshlanishdan tashqari, birinchi mushak tirsak va bilak suyagining boshidan boshlanadi, ikknchi mushak esa tirsak suyagining oxiridan boshlanadi. Boshmaldoqning egilishiga kelgsnimizda, bitta mushak bilan kifoyalanadi. Xolbuki, boshqa to'rtta barmoq ikkita mushak yordami bilan bukiladi. Chunki to'rtta barmoqning eng kerakli ishi bukilishdir. Lekin boshmaldoqning eng kerakli ishi yozilish va korsatkich barmoqdan uzoqlashishdir. Uchinchi mushak bukish uchun xizmat qilmaydi. Bu mushak kaftni sezish xususiyatiga ega qilish uchun, tuklarning o'sishiga to'sqinlik qilish, kaftga kuch va qattiqlik berish ham boshqa bajaradigan ishlari uchun kaftning ichki tomoniga o'z paylari bilan o'tib, u yerda kengayib yotadi. Bilakda joylashgan mushaklar mana shulardan iborat.
Kaftga joylashgan mushaklar o'n sakkizta bo'lib, ikki qatorda bir-birlarining ustlariga tushganlar, pastki qator ichkarida, ustki qator tashqarida terigacha borib joylashgan. Pastki qatordagi mushaklar soni yettita bolib, ulardan bittasi barmoqlarni tepaga og'diradi. Bowshmaldoqqa tegishli mushak birinchi bilaguzuk suyagidan boshlanadi. Oltinchisi esa, qisqa va keng mushak bolib, tolalari qiyshiq yo'nalgan. Bu mushak oxiri o'rta barmoq tog'risidagi kaft suyagiga yopishadi. Bu mushakning payi boshmaldoqqa yopishib. uni pastga og'diradi.
Bu mushaklarning bittasi ham bukish uchun xizmat qilmaydi. Beshtasi barmoqlarni ko'tarish uchun va ikkitasi ularni tushirish uchun xizmat qiladi. Yuqori qator mushaklari kaftning ichki tomonida yoyilgan mushak tagida kaft tarafdan joylashib, ular o'n bittadir. Ularni faqat Jolinus bilgan. Ularning sakkiztasi shunday joylashganki, har qaysi ikkitasi bir-birining ustiga joylashib, to'rtta barmoqning birinchi bo'g'iniga keladi va ularni bukadi. Pastki qator mushaklari bo'g'inni bir vaqtda og'dirib va tushirib bukadi, yuqoridagisi biroz ko'tarib egadi. Qachonki bu mushaklar barobar qisqarsa, barrmoqlarni to'g'rilaydi. Uchta mushak boshmaldoqqa xos bo'lib, bittasi birinchi bo'g'inni bukish uchun xizmat qiladi. Buni o'zing bilding. Shunday qilib, beshta barmoqni yozuvchi mushak beshtadir. Pastga tushiruvchilar esa boshmaldoq bilan jimchiloqda ikktadan bo'lib, qolganlari uchun alohida bittadandir. Har bir barmoqni bukuvchi mushaklar to'rttadan, har bir barmoqni og'diradiganlar esa bittadandir.