Boʼyinning umurtqalari va anatomiyasi
Bo'yin o'pka nayi [kekirdak] uchun ajratilgan, o'pka nayi esa shunday foydalar uchun yaratilganki, ular to'g'risida o'z joyida eslatib o'tamiz. Bo'yin umurtqalari va umumiy yuqori umurtqalar o'z ostidagi umurtqa pog'onasi ustiga yuklatilgani uchun ular kichik bo'lishlari kerak. Agar harakat tartibli bo'lsin deyilganda, ko'tariluvchi ko'taruvchidan yengil bo'lishi kerak. Orqa miyaning boshlanishi ariqning boshlanishi kabi kengroq va qattiqroq bo'lishi lozim, chunki uning yuqori qismiga pastki qismlarga ko'ra asablarning ko'proq qismi to'g'ri keladi. Shu sababli bo'yin umurtqasining teshigi kengroq bo'ladi. Ammo bo'yin umurtqasining hajmi kichik bo'shlig'i enli bo'lishi umurtqalarni nozik qiladi, shu sababli ular eslatib o'tilgan ikki sababdan [keladigan] zaiflanishning o'rnini to'ldirish uchun ma'lum miqdor maxkamlikka ega bo'lishi kerak. Mana shuning uchun ular barcha umurtqalardan maxkamroq qilib tuzilgan. Bu umurtqalardan har birining tanasi nozik bo'lgani uchun ulardagi umurtqalarning o'tkir o'sig'i kichik qilib tuzilgan; agar ular katta qilib yaratilganlarida, umurtqa sinishga va o'tkir o'siqlariga qattiq narsalar urilganda zararlanishga moyil bo'lar edi. Ammo undagi o'siqlar kichkina bolgani uchun ularning qanotlari [ko'ndalang o'siqlari] katta va ikki boshli qilindi. Bo'yin umurtqalarida turg'unlikka qaraganda harakatchanlikka ehtiyoj ortiqdir. Chunki ular o'zlaridan pastdagi umurtqaga nisbatan kamroq suyaklarni ko'tarib turadilar. Suning uchun bo'yin umurtqa bo'g'inlari boshqa pastdagi umurtqa bo'g'inlariga qaraganda bukiluvchanroqdir. Bukiluvchanlik natijasida yetishmaydigan maxkamlik, ularni o'rab turgan va ular orqali o'tadigan asablar, mushaklar, qon tomirlari vositasi bilan o'shancha yoki undan ko'proq qilib to'ldiriladi. Bu, bo'g'inlarning maxkamligini kuchaytirish zaruriyatidan qutqaradi. [Bu umurtqalarning] bo'g'inlarini qattiq maxkamlash zaruriyati kam bo'lgani va u maxkamlik darajasi ularning ishiga yetarli bo'lgani uchun yuqoriga va pastga yo'nalgan bo'g'in o'siqlari bo'yin ostidagi umurtqalar kabi juda keng qilib tuzilgan emaslar. Ayniqsa, ularning quyi qismi uzunroq qilib, boqloqlari esa mayinroq qilib tuzilgan. Asablarning chiqadigan joyi, yuqorida aytganimizdek, umumiy qilib yaratilgan, cjunki har bir bo'yin umurtqasi o'zining yupqaligi, kichikligi va orqa miya yo'lining kengligi natijasida maxsus teshikka ega bo'la oimaydi, ba'zi umurtqalar bundan mustasnodirlarki, ular va ularning tuzilishi to'g'risida alohida gapiramiz.
Endi aytamizki, bo'yin umurtqalarining soni yettitadir; bu miqdor umurtqalarning soni va uzunligiga muvofiq bo'ladi. Bu umurtqalardan birincnchisidan boshqa har birida aytib o'tilgan o'n bitta o'siq bor: bitta umurtqaning o'tkir o'sig'i , ikkala qanot [ko'ndalang o'siq] , tortta yuqoriga va to'rtta pastga yo'nalgan [bo'g'in o'siqlari] bor. Har bir ko'ngalang o'siqda ikkitadan shahobcha bor; asab chiqadigan doira har bir ikki umurtqa o'rtasida to'g'ti ikkiga bo;linadi.
Ammo birinchi va ikkinchi umurtqalarda bosdhqalarda bo'lmagan xususiyatlar bor. Hammadan oldin chuni bilishing kerakki, boshni ong va so'l tomonga harakati bosh va birinchi umurtqa bo'g'inlari orqali amalga oshiriladi, [boshning] oldinga va orqaga harakat qilishi[esa], bosh va ikkinchi umurtqa o'rtasidagi bo'g'inlar opqali amalga oshiriladi. Oldin birinchi bo'g'in haqida so'zlashimiz kerak. Biz aytamizki, yuqoriga qaragan va umurtqaning har ikki tomonida joylashgan birinchi umurtqaning ikki do'ngligida ikki chuqurcha bor, ularga boshdagi suyakning ikki o'sig'i kiradi.Ulardan biri ko'tarilganda, boshqasi pastga tushadi, bosh tushayotgan o'siq tomonga bukiladi. Ikknchi bo'g'in bu umurtqada bo'laolmsydi, uning uchun alohidabirinchi umurtqaga yondosh boshqa ikkinchi umurtqa tuzilgan. Uning oldingi tomonida ichkariga qaratilgan uzun, qattiq o'siq bor. U o'siq [ikknchi umurtqaning] orqasiga orqa miya oldidagi birinchi umurtqaning teshigi orqali o'tadi.Bu teshik har ikkala umurtqa uchun uzunroq [cho'ziladi], bu shuning uchunki, oldindan va orqadan u orqali ikkita narsa o'tadi, [ular] bittadan ko'ra ko'proq o'rin egallaydilar. Enining hajmiga kelsak, u o'tayotgan moddaning, ya'ni orqa miyaning kattaligi to'g'ri keladi. Bu o'siq "tish" deb ataladi. Orqa miya "tish" sohasini orqa miyadan ajratib turuvchi qattiq bog'loqlar bilan berkilgan. Bu "tish" harakat vaqtida orqa miyani zararlantirmasin va uni ezib qo'ymasin, deb qilingan. Bu o'siq birinchi umurtqadan chiqadi va kalla suyagining chuquriga kiradi, orqadan oldinga harakat qilishi yuz beradi. Bu "tish" ikki foyda uchun oldingi tomonga o'stirilgan.Ulardan biri shundaki, xavfsizroq bo'lsin uchun , ikkinchisi umurtqaning yupqa tomoni tashqarida qolmay ichkarida bo'lishi uchun.
Birinchi umurtqaning xususiyati shundaki, unda o'tkir o'siq yo'q. Bu umurtqani og'irlashtirmaslik va zaralantirmaslik [uchundir]. O'zidan qattiqroq narsani itarayotgan o'siq o'zidan zaifroq bo'lgan narsani sindiradi va buzadi. O'tkir o'siqning yo'qligi yana uning atrofidagi ko'p sonli mushak va asablarni zararlantirmasligi uchundir.Shunung bilan birga himoya qiluvchi o'tkir o'siqqa ehtiyoj kam, chunki birinchi umurtqa turli zararlardan saqlovchi har xil [narsalar] o'rtasida birkitilgan va ko'milib ketgan. Bu sharoitlar natijasida u ko'ndalang o'siqsiz qolgan, ayniqsa, shuning uchunki asablar ham mushaklarning ko'pchiligi [ bu umurtqaning] nhar tomonida zich joylashgan, u ularning boshlanish yeriga yaqinki, kondalang o'siqlar uchun joy yo'qdir. [Birinchi umurtqaning xususiyatlaridan biri shundaki, asablar unung ikki yonidan va [ikki umurtqaga] umumiy teshiklardan chiqmaydi, birinchi umurtqaning yuqori tomonidagi orqaga yo'nalgan ikki teshigidan chiqib keladi. Agar asabning chiqadigan joyi boshdagi [suyakning] o'siqlari uchrashadigan va ular qattiq harakatlar qiladigan joyda turganda edi, bu asabga qattiq zarar keltirgan bo'lar edi. Shuningdek, agar asabning chiqadigan joyi ikkinchi [umurtqa] bo'g'inlarining uchrashadigan yerida bo'lganda ham, o'shanday bo'lar edi: unda ikkita o'siq bor, ular orqaga va oldinga harakat qiluvchi yumshoq bo'g'in vositasi bilan ikkinchi umurtqaning teshigiga kiradilar. Boshqa umurtqalarning tuzilishi to'g'risida gapirilganida aytib o'tilgan sabablarga ko'ra, [asab chiqadigan joyning ] oldinda, orqada yoki yonboshda bo'lishlari yaramaydi, chunki ["tish" borligi uchun, u yerdagi] suyak yupqadir. Shuning uchun, [asabning chiqish joyi], albatta, bosh bo'g'inning quyirog'ida ikkala chetining ortida, ya'ni o'rtada, ortki qism va chetlar o'rtasida bo'lishi kerak. Demak, zaruriyat bo'yicha har ikkala teshik kichik bo'lishi, asab ingichka bo'lishi kerak.
Ikkinchi umurtqaga kelsak, asabning chiqish joyi unda, birinchci umurtqa uchun mumkin bo'lgsn darajada, yuqorida bo'lishi mumkin emas, chunki asabning chiqadigan joyi birinchi umurtqada bo'lgan joyda bo'lsa, boshning oldinga egilishi , yoki orqaga tashlanishida birinchi umurtqa asabni zarazlar yo og'ritar edi. Xuddi shu sababli [asab chiqadigan joyning] oldinda, orqada yon [tomonlar]da bo'lishi ham mumkin emas. Bunday xolda u birinchi umurtqa bilan umumiylashib qolar va undan o'sib chiquvchi asab ingichkalanar va birinchi asabning kamchiligini to'lg'azmagan bo'lar edi. Natijada bir-biriga qo'shilgan zaif [asablarning] bir necha juftlari paydo bo'lar edi. [Bu teshik] ham u xolda birinchi [va ikkinchi] umurtqa uchun umumiy bo'lar edi, birinchi umurtqa ikki tomondan teshikka ega bo'lganida uning zaralanish sababi senga ayondir. Birinchi umurtqaning tanasi umumiy [teshigining] topishida qatnasha olishi uchun yana ikkinchi umurtqaning teshigi o'tkir o'siqning har ikkala tomonida, ikkinchi umurtqa kovagining qarshisida joylashishi kerak bo'lar edi.
Ikkinchi umurtqadan o'sib chiqadigan o'tkir o'siq birinchi umurtqa bilan qattiq boyloq orqali bog'langan.
Boshning birinchi umurtqa bilan xosil qilgan boʻgʻini hamda bosh va birinchi umurtqa umurtqaning ikkinchi umurtqa bilan xosil qilgan boʻgʻini boshqa umurtqalarning boʻgʻinlaridan egiluvchanroqdir, chunki bu boʻgʻinlar orqali boʻladigan harakatga koʻproq ehtiyoj bor, ayni zamonda ularning harakati yetarli hamda aniq boʻlishi kerak. Bosh ikki umurtqalardan birining boʻgʻini bilan harakat qilganda, ikknchi umurtqa [u bilan] bir butun narsaga oʻxshash oʻzining ikkinchi boʻgʻinida harakatsiz qoladil, shunday qilib, agar bosh oldinga va orqaga harakat qilsa, u birinchi umurtqa bilan goʻyo bir suyakni tashkil qiladi, egilmay yonboshga harakat qilganda esa birinchi va ikkinchi umurtqalar goʻyo bir suyakni tashkil qiladilar. Boʻyin umurtqalari va ularning xususiyatlari toʻgʻrisida aytmoqchi boʻlganlarimiz shulardir.