Bo'yin umurtqalari orasidan chiquvchi orqa miya asablari ahatomiyasi
Orqa miyadan o'sib, bo'yin umurtqalaridan chiqqan asablar sakkiz juftdir. Bir jufti birinchi umurtqaning ikki teshigidan chiqib, faqat bosh mushaklarining o'zida tarqaladi. Bu juft kichik va ingichkadir, chunki o'zining chiqish o'rni ingichka bo'lishi xavfsizdir, bu to'g'rida biz suyaklar bo'limida so'zlagan edik.
Ikkinchi juftning chiqish joyi birinchi va ikkinchi teshiklarning oralig'idadir, - men suyaklar to'grisidagi faslda aytilgan teshiklarni aytmoqchiman. Bu juftning ko'p qismi ushlab sezishni boshqa quyidagicha yetkazadi: u qiyshiq ko'tarilib, ensaning yuqori qismiga chiqadi va oldga burilib, quloqlar qobig'ining tashqi tomonida yoyiladi. Birinchi juftning kichikligi va o'zi joylashgan o'rinlarda tarqalishi hamda yoyilish qobiliyatiga ega bo'lmasligidan [kelib chiqqan] kamchiliklarining o'rnini bu juft to'la ravishda qoplaydi. Bu juftning qolgan qismi bo'yin orqasidagi mushaklar va keng mushakka boradi va ularda harakat [qobiliyatini] tug'diradi.
Uchinchi juftning boshlanish va chiqish joyi ikkinchi va uchinchi [umurtqalar] orasidagi teshikdir. [Bu juftning] har bir toqasi ikkita tarmoqqa ajraladi. Bir tarmog'i shu yerda tarmoqlangan mushakning ichkarisiga tarqaladi, xususan boshni bo'yin bilan birlikda orqaga qayiruvchi [mushakda tarqaladi], keyin umurtqalarning o'tkir o'siqlari bo'ylab ko'tariladi va ularning to'g'risiga kelish bilan taglariga yopishadi. Songra, bu asab o'tkir o'siqlarning uchiga chiqadi va ularga o'tkir o'siqdan boshlanuvchi boyloqlar aralashadi. So'ngra, bu juft asablari nkki quloq tomoniga burilganlari xolda o'tadilar. Odamdan boshqa [hayvonlarda] quloq yonida tamom bo'lib, quloq mushaklarini harakatga keltiradilar, Ikkinci tarmoq keng mushakka yetguncha oldinga boradi. Ko'tarila boshlagan joyda [tarmoqning] tomirlar va mushaklar o'rab olib, o'z-o'zidan kuchliroq bo'lsin uchun uni bekitib turadilar. Hayvonlarda [bu asablar] chakka va quloq mushaklari bilan ham aralashadi, ammo ko'pincha ular lunj mushaklariga taraladi.
To'rtinchi juftga kelsak, uchinchi va to'rtinchi [umurtqalar] orasidagi teshiklardan chiqadi va oldingi juftdek oldga va ortki qismlarga bo'linadi, uning oldingi qismi kichik bo'ladi va shuning uchun u beshinchi juftga aralashadi. Aytishlaricha, undan uyqu tomiri bo'ylab cho'zilgan o'rgimchak ipiga o'xshagan ingichka bir tarmoq o'tib, ko'krakni ikkiga ayirib turuvchi to'siqqa boradi va taraladi. Ammo [bu juftning] katta bir qismi orqaga burilib, mushaklarga chuqur botib, bo'yin umurtqalari o'tkir o'sig'idan chiqadi va u, bosh bilan bo'yin o'rtasida umumiy bo'lgan mushaklarga tarmoqlar yuborib, oldinga qarab yo'naladi. Hayvonlarda [bu juft] lunj va quloq mushaklariga tutashadi. Aytishlaricha undan umurtqa ustunlariga tarmoqlar tusharmish.
Beshinchi juft tortinchi va beshinchi [umurtqalar] orasidagi teshikdan chiqib, bu ham ikki tarmoqqa ajraladi. Tarmoqlardan biri, ya'ni oldingi eng kichigidir. U lunj mushaklariga, boshni oldinga eguvchi mushaklarga va bosh bllan bo'yin o'rtasida umumiy bo'lgan boshqa mushaklarga borib yetadi. Ikkinchi tarmoq ikkita tarmoqqa bo'linadi. Bulardan bittasi birinchi tarmoq bilan ikkinchi tarmoqcha oralig'ida bo'lgani kurak ustigacha boradi, shuning bilan barobar u bilan oltinchi va yettinchi [juft asablarning] bir qismi aralashadi va ko'krak to'sig'ining o'rtasigacha o'tadi.
Oltinchi, yettinchi va sakkizinchi juftlarga kelsak, ular ket-maket boshqa teshiklardan chiqadilar, shu bilan birga, sakkizinchi juftning chiqadigan joyi bo'yinning oxirga umurtqasi bilan umurtqa ustunining [ko'krak bo'limi] birinchi umurtqasi o'rtasida umumiy bo'lgan teshikdadir; ularning tarmoqlari bir-birlariga qattiq aralashadilar; ammo oltinchi juftning ko'p qismi kurak suyagining sirtiga keladi; boshqa qismi, ya'ni to'rtinchi juftning bo'lagidan kattaroq, beshinchi juftning bo'lagidan kichikroq qismi ko'krak-qorin to'sig'igacha keladi.
Yettinchi juftning ko'pchilik qismi, garchi uning tarmoqlari beshinchi juft tarmoqlari bilan birlashib, bosh, bo'yin va umurtqa ustuni mushaklariga ketsalar ham, yelka suyagi va to'siqqa keladi.
Sakkizinchi juft [boshqa juftlar bilan] aralashib, shular bilan birgalashgandan keyin, yelka va bilak terisi ostiga keladi, shu bilan birga uning hech qaysi qismi ko'krak-qorin to'sig'iga ketmaydi. Biroq, oltinchi juftning qo'lga tomon boruvchi qismi kurak suyagidan nariga o'tmaydi; yettinchi juftdan keluvchi qismi esa yelka suyagidan nariga o'tmaydi.
Kurakdan bilakka keluvchi asablarga kelsak, ular ko'krak umurtqasidan boshlangan [asablar] bilan aralashgan xolda, sakkizinchi juftga taalluqlidirlar. Ko'krak-qorin tosig'iga yolg'iz shu asablardan ajratildi, ammo ularning ostida yotgan orqa mia asablaridan ajratilgan emas, toki to'siqqa keluvchi asablar yuqori o'rindan tushib, yaxshi tarqalsinlar. Ayniqsa, ularning birinchi boradigan marrasi ko'krakni bo'luvchi pardadir. Orqa miya asablari esa burchak xosil qilib qayrilmasdan to'g'ri u yerga yetolmas edilar. Agar ko'krak-qorin to'sig'iga tushuvchi hamma asablar bosh miyadan tushsalar edi, albatta, ularning yo'li uzayar edi. Bu asablarning to'siqqa tutashgan yeri uning o'rtasi bo'ladi; chunki ular to'siqning o'rtasiga tutashmasdan, chetiga yoki butun atrofiga tutashsalar edi, tosiq bo'ylab teng va tekis ravishda tarqala olmas va yoyila olmas edi. Bu xolat [asablarga] zarur bo'lgan yo'lni teskarisiga aylantirar edi; chunki mushaklar asablarning uchlari bilan a'zolarni harakatga keltiradilar. Songra, ko'krak-qorin to'sig'ining harakatlanuvchi qismi uning yolg'iz chetlaridir va shu o'rinda asablarning boshlanish qismi emas, oxirlari joylashishi zarurdir. [As ablarning] o'rtaga kelishlari lozim bo'lganligidan, ularni osilgan xolda joylashtirish va zarur bo'lganda saqlanish uchun qoplash va himoya qilish kerak.
Suning uchun asablar himoya qilinish maqsadi bilan ko'krakni ikkiga bo'luvchi parda bilan qoplanadi. [Bu parda] ularga hamroh bolganligidan asablar unga suyanadilar. Chunki u a'zolarning vazifasi muhim bo'lgani uchun, uning asablarining boshlanish yerida biror bir zararlanish yuz bersa, u harakatsiz qolmasin uchun bir qancha boshlanish o'rniga egadir.