Bosh mushaklari

Ibn Sino, Ergashaka 2025-06-06 18:48


Bosh [kalla] mushaklari anatomiyasi to'g'risida


Boshning o'ziga xos harakati va bosh bo'yin umurtqalari bilan birga bo'lgan harakati bordir. Bu harakatlar vositasi bilan bosh va bo'yinning barobar egilish [bajarilish] harakatlari amalga oshiriladi. Bu harakatlarning har biri, ya'ni boshning o'ziga xos harakatlari va bo'yin bilan birgalashib bo'ladigan harakatlari boshni yo oldinga egadi yo orqaga qayiradi, yo o'ngga egadi, yo chapga egadi. Goho bularning orasida bo'lgan harakatlardan burilish va aylanma harakatlar ham kelib chiqadi. Boshning o'zini oldinga eguvchi mushaklarga kelsak, ular ikkita bo'lib, ikki tomondan keladi, chunki bular o'z tolalari bilan ustdan quloqlarning orqalariga va ostdan to'sh suyagiga yopishib, bir-biriga tutashgandek bo'lib yuqoriga ko'tariladi. Bular ba'zan bir mushak, ba'zan ikki mushak va ba'zan uch mushak, deb gumon qilinadi. Chunki ulardan birining boshi bo'linib, ikki boshdek boʼlib qoladi. Bu mushaklardan biri harakat qilsa, boshni o'z tomoniga bukadi. Agar ikkovlari birga harakat qilsalar, boshni oldinga baravar bukadilar.

Bosh ham bo'yinni birlikda oldinga bukuvchi mushaklarga kelsak, ular bir juft bo'lib, qizilo'ngach ostiga joylashgan va birinchi ham ikkinchi umurtqalar tomon borib, ular bilan birlashadi. Agar qizilo'ngachga yaqin turgan bo'lagi bilan qisqarsa, faqat boshni qiyshaytiradi. Agar ikki umurtqaga tutashgan bo'lagi ishlatilsa, bo'yinni bukadi.

Faqat boshni orqaga bukuvchi mushaklarga kelsak, ular tort juft bo'lib, yuqorida aytilgan juft mushaklar ostiga ornashtirilgan. Bu juft muhaklarning boshlanish yerlari [boshning tanaga] ulangan yeridan yuqoridadir. Bulardan [bir jufti] bo'yin umurtqalarining o'tkir o'siqlarigacha keladi va buning chiqish yerlari o'rtasidan uzoqroqdadir. Boshqalari esa, umurtqa ko'ndalang o'siqlarining tagiga yopishadi va bularning chiqish yerlari orqa o'rtasidan uzoqroqdadir. Boshqalari esa, umurtqa ko'ndalang o'siqlarining tagiga yopishadi va bularning chiqish yerlari orqa o'rtasigachadir. Yana bir jufti ustda birinchi umurtqaning ko'ndalang o'siqlarigacha keladi. Yana bir jufti ikkinchi bo'g'in umurtqasining ko'ndalang o'siqlaridan boshlanib, Ikkinchi bo'yin umurtqasining o'tkir o'sig'iga keladi. Buning xizmati boshning orqaga qiyshayganda tabiiy xolida ushlab turishdir. Bochni orqaga bukuvchi mushaklardan to'rtinchi jufti ham bolib, bu mushak yuqoridan boshlanadi va uchinchi juft ostidan qiyshayib, tashqi tomonga yo'naladi, birinchi bo'yin uchinchi juft ostidan qiyshayib, tashqi tomonga yo'naladi, birinchi bo'yin umurtqasining ko'ndalang o'sig'iga borib yopishadi.

Oldingi ikki juft [mushaklar] boshni orqaga moyil qildirmasdan yoki juda ham oz moyl qildirib aylantiradi.

Uchinchi juft mushaklar boshni og'ish miqdorini to'g'rilaydi. To'rtinchi juft mushaklar boshni aniq qiyshaytirish bilan orqaga aylantiradi. Uchinchi va to'rtinchi juftlarda qaysi biri tanho xolda og'sa, boshni o'z tomoniga og'diradi. Bular ikkovlari birdan qisqarsa, bosh og'masdan orqaga bukiladi.

Boshni bo'yin bilan birlikda bukuvchi mushaklarga kelsak, ulardan uch jufti chuqur o'rnatilib, bir jufti urguvchi sifatida [boshqalarni] qoplab turadi. So'ngi juft mushakdan [qoplovchi mushakdan] har bir toqasi uchburchak shaklda bo'lib, ularning asosini miyaning orqasidagi suyak tashkil etadi. Buning yana bir toqasi bo'yingacha tushadi.

Bu mushaklarning ostiga yoyilgan uch juft mushaklarga kelsak, bir jufti umurtqalarning ikki tomoni bo'ylab tushgan, bir jufti ko'ndalang o'siqlar tomon qattiq moyil bo'lib, [nihoyat] bir juft umurtqa yonlari ham ko'ndalang o'siqlari oralig'idan ketadi.

Boshni ikki tomonga [og'diruvchi] mushaklar ikki juft bo'lib, boshning tanaga tutashgan yeriga yopishgan. Bulardan bir juftining o'rni oldinda bolib, bu boshni ikki umurtqa bilan tutashtiradi. Bundan bir toqasi oʼngda va bir toqasi so'lda turadi. Ikkinchi juftning o'rni orqada bo'lib, birinchi umurtqa bilan boshni tutashtiradi. Uning bir toqasi o'ngda va bir toqasi so'lda turadi.

Bu to'rt juft mushaklardan qaysi biri qisqarsa, bosh uning tomoniga qiyshayib og'adi. Bir tomondan qaysi bir jufti qisqarsa, bosh ular tomon qiyshaymasdan og'adi. Agar oldindagi ikki mushak qisqarsa, boshni pastga tushirishga yordam beradi. Agar ikki orqa tomondan mushaklar qisqarsa. boshni orqaga bukadi. Agar toʼrttala mushak birdan qisqarsa, bosh to'g'ri turadi. Bu to'rt mushak mushaklar ichida eng kichik bo'lsalar ham, lekin ularning yaxshi joylashganliklari, yaʼni boshqa mushaklar ostida saqlanib turishlari boshqalarning o'z kattaliklari natijasida ega bo'lgan fazilatlarining o'rnini bosadi.

Boshning bo'g'ini uchun bir-biriga zid ikki narsa kerak. Bulardan biri - mustaxkamlik - bu esa bo'g'inning pishiqligi va harakatga kam berilishini taqozo qiladi. Ikkinchisi - harakat sonlarining ko'pligi bo'lib, bu bo'g'inni harakatga beriluvchanligiga bog'liq.

Boshning tanaga ulangan joyi harakatlarining yaxshi bo'lishi uning mustaxkamligini kuchaytiradi, bu boshni o'rab olgan mushaklarning bir-biriga jips o'ralganligi bilan vujudga keladi. Barcha olamlar Allohi ulug'dir!