1. Davolash tartibi:
a) Bemorni qabul qilish:
Bemor qabulga sintetika aralashmagan kiyimda bo‘yanmasdan taqinchoqlarsiz kelishi kerak. Eski bo‘yoqlarini imkon qadar ketkizsin. Tirnoqlari va tanasi tabiiy rangda bo‘lsin.Tashxisga kelishdan bir kun oldin tatuirovkalridan qutilsin. Qoplama tishi bo‘lsa, shifokoriga uchrab tarkibini yozdirib va ichayotgan dorilaridan namuna olib kelsin. Avvalgi kuni yengil taom yeb, keladigan kuni nahorda ko‘proq suvga 50 g o‘simlik yog‘i qo‘shib huqna (klizma) qilib, nonushtasiz kelsin. Tashxisga kelishdan avval umumiy laboratoriya tahlili va oilaviy shifokori tavsiyasi bilan kelsin. Agarda bepushtlikdan davolanmoqchi bo‘lsa, o‘zi ginekologiya laboratoriyasi yangi analizlari va ginekolog tavsiyasi, eri urolog tavsiyasi va yangi spermagramma qildirib birga kelsin. Shuningdek, bolalar va o‘zlarining yuqumli kasalliklarini davolash eru xotin birga kelishi lozim. Nasliy kasallikni davolashda tashxisga ota-onasi va bobo va buvisi qo‘shilib, oilaviy vrach tavsiyasi bilan kelsin. Yotoq bemorlarni uyda tashxis qilishga chaqirganda yangi umumiy labaratoriya analizi bilan oilaviy vrach qatnashmog‘i kerak.
b) Tashxisga ertalab 9 da, davolanishga boshqa vaqtda kelinadi. Juma kunidan boshqa payt kuniga tashxisga bir kishi va davolashga 3 bemor qabul qilaman.
s) Oddiy kasallar parhez taom oddiy davolash vositalari bilan oz vaqtda davolanadi. Og‘ir va murakkab dardli bemorlar parhez va kompleks davolash vositalari bilan uzoq vaqt davolanadi.
d) Tashxisdan o‘tgandan keyin balzam va yig‘ma dorilar beraman. Yengil kasallar tuzalguncha har 10 kunda, og‘ir bemorlar har uch oyda qayta uchraydilar.
2. Murakkab kasali aniqlangan vodiydagi bemorlar Namanganda o‘g‘lim Mahdiyda +998939151944 ga telefon qilib, boshqa o‘lkalardagilar Toshkentda +998948420045 telefoni orqali Nargiza qizimga murojaat qilib davolanadilar. Qayta ko‘rikka menga uchraydilar.
Boshqa yurt va o‘lkalardan tashxisga menga kelgan bemorlar davolanish uchun uylariga yaqin biorezonans markazlariga uchrashadi.