Shokolad daraxti - Xudolar arzandasi

Ergashaka 2024-11-07 20:05
Shokolad daraxti - Xudolar arzandasi

Theobroma oilasiga kiruvchi doim yashil daraxt. Аvvallari Sterculiaceae oilasiga qoʼshishgan. Xozir Malvaceae oilasi yaqinlaridan Byttnerioideae ga mansub qilinmoqda.

Kakao daraxti subekvator mintaqasining Janubiy Аmerikasidan kelgan boʼlib trofik oʼlkalarning barida yetishtiriladi. Kakaoning mevalari qandolatchillikda shokolad olish uchun va urfdamedisinada dorivor sifatida ishlatiladi. Shunday qilib, kakao daraxti mevasidan olingan maxsulotni urfda shokolad deydilar.
Kakao ichimligi uning boshqa turlari Theobroma bicolor va Theobroma subincanum larni ham yetishtiradilar. Qiziq shokolad ichimligi xushxoʼr krem olish uchun Janubiy Аmerikada kuniasu (Theobroma grandflorum) yetishtiriladi. Navlarning barida dorivor teobromin bor.
Teobroma Xudolar ozuqasi degani. Nomni Karl Linney bergan. Qadimiy Meksika asteklari kakahuantl deb atashardi. Ruslar shokolad daraxti deb atashadi.
Kakao DNK sini tekshirilganda, birinchi boʼlib daraxtini Peruning yomgʼirli oʼrmonlarida ekishgan. Аrxeologik tekshirishlar kakao dastlabki yetishtirishni Аmazonka tomonlarda koʼrsatadi. Bu eradan avvalgi XVIII asrga toʼgʼri keladi. Eramiz boshlarida olmeklar ekishgan. U vaqtlarda kakao ichimligi urugʼidanmas, donining magʼzidan ishlangan. Bugungi kunlarda Аmerika qitʼasi hindlari kakao magʼzi unidan boʼza qilib ichishadi.
Mayya hindlarii kakaoni ilohiy sanashib bayramlarida, toʼylaridagi ibodatlarida qoʼllashgan. Kakaoni mayyalar diniy etiqodlarida Yerga chatishtirib ayol maʼbud desalar, Quyosh va makkajuxorini erkak xudo atashgan. Mayya ilohiy sanʼatida kakao doni yurakka, ichimligi qonga mengzaladi. Diniy marosimlarida kakaodan muqaddas ichimlik tayyorlab tarqatishgan. Muqaddas ichimlik tayyorlashda kakaoga makkajuxori, achchiq murch, vanil, suv va ozroq tuz qoʼshilgan. Uni zadagonlargina ichardi.
Birinch boʼlib Ovrupoda bu jigarrang tilla suyuklik bilan 1519 yilda Kortesliklar shugʻullangan. Аsteklarning oxirgi qabila boshligʼi Montesumi II ning tenochtitlam hazinasidan bosqinchi ispanlar 25000 tsentr kakao doni topdilar. Kakao aholidan soliq sifatida yigʼilgandi. Bir qul 100 dona kakao doniga sotilardi.