Elka, bilak va bilaguzuk mushaklari

Ibn Sino, Ergashaka 2025-06-10 23:03

Yelka, bilak va bilaguzuklarni harakatlantiruvchi mushaklar anatomiyasi


Yelka mushaklaridan, ya'ni yelka bog'inini harakatga keltiruvchi mushaklardan uchtasi ko'krakdan kelib, qo'lni pastga tortadi. Ulardan birining boshlanish joyi emchak ostida bo'lib, u o'mrovning pastga tushadigan yerida, yelkaning old qismiga yopishadi. Bu mushak yelkani ko'krakka yaqinlashtiradi va shu bilan qo'lni pastga tushirib, uning orqasidan kurakni ergashtiradi.

[Boshqa] mushak esa, to'sh suyagining yuqori qismidan o'sadi va yelka suyagi boshi ich tarafining atrofidan aylanib o'tadi. U, yelkani ko'krakka ozgina ko'tarish bilan yaqinlashtiradi. [Yana] katta qo'shaloq mushak bor, u to'sh suyagining butun davomida boshlanib, yelka suyagi boshining tubiga old tarafdan tutashadi. O'zining yuqori qismidagi tolalari bilan harakat etib, yelkani ko'krakka yaqinlashtiradi va uni [yuqoriga] ko'taradi. Qachonki, boshqa qismining tolalari harakat qilsa, yelkani pastga tushirib, kokrakka yaqinlashtiradi. Agar ikkala qismbirga harakat qilsa, yelkani ko'krakka to'g'ri qaratadi.

Yana ikkita mushak bel tarafidan kelib, ko'krak suyagidan ko'tariluvchi katta mushaklarga nisbatan ichkariroq yopishadi. Bu mushaklardan biri - kattadir. U beldan va orqa qobirg'alardan kelib, to'g'ri xolatda qo'lni orqa qobirg'alarga tortadi.

Ikkinchi mushak - ingichka bo'lib, bel suyagidan bormay, bel terilari ostidan boradi. U oldingiga qaraganda o'rtaga moyil bo'lib, chuqurlashgan xolda emchak tomonda ko'tariladigan paylar bilan tutashadi, [Ikkinchi] mushak birinchi mushakning ishini yordamchi sifatida qiladi, lekin u ozgina orqaga moyil bo'lib keladi.
Yana beshta mushak kurak suyagidan boshlanadi. Ulardan biri kurak qirrasi bilan kurakning yuqori qirg'og'i ortasida joylashadi.

Bu mushak yelka suyagi boshining yuqori qismi tarafiga o'tib, bir muncha ichkari tarafiga yo'naladi. U [qisqarganda] qo'lni ichkariga qarab uzoqlashtiradi.

Bu beshtadan ikkitasining chiqadigan yeri kurakning yuqori qirg'og'idadir. Ulardan bittasi katta bo'lib, o'zining tolalarini pastki qismiga yuboradi va qirra bilan kurakning pastki qirg'og'i oralig'ini ishg'ol qiladi. U, yelka suyagi boshiga [uchiga] sirt tarafdan tutashadi va yelkani sirtga burib, [ko'krakdan] uzoqlashtiradi.
Ikkinchi mushak birinchi mushakka shunchalik yopishib ketgsnki, xuddi uning bir bo'lagi bo'lib qolgan va u bilan birga o'tadi hamda bir xil vazifani bajaradi. Lekin ikkinchi mushak kurakning yuqori qicmi bilan yaxshi bog'langan emas. U yelka suyagining tashqi qismiga qiyshiq borib tutashadi va yelkani sirtga buradi.

Tortinchi mushak kurak suyagining botiq joyini ishg'ol qiladi. Uning payi yelka suyagi boshining ichki qismlariga yopishadi. Bu mushakning ishi yelkani orqa tomonga aylantirishdan iboratdir. Yana bir mushak kurakning pastki qirg'og'i oxiridan boshlanadi. Uning payi yelkaga beldan ko'tariluvchi katta mushakdan yuqoriga tutashadi. Vazifasi -- yelka suyagi boshini yuqoriga ko'tarishdir. Yelkada bitta ikki boshli mushak bor, u ikki [mustaqil] ishni va bitta [boshqa mushakka ] umumiy bo'lgan ishni bajaradi. Bu mushak o'mrov va bo'g'in tarafdan kelib, yelka suyagi boshini o'rab o'tadi va ko'krakdan ko'tariladigan katta mushak paylarining yelka suyagiga tutashadigan yo'liga yaqinlashshadi. U mushak ikki boshining biri ichkaridan bo'lib, biroz qiyshayish bilan uni ichkariga moyil qiladi, ikkinchi bosh esa - sirtdan bo'lib, kurakning orqa tarafining pastki qismida joylashgan va ozginagina qiyshaytib, [kurakni] tashqi tomonga buradi, deb ham aytadilar.

Qachonki, bu ikki mushakning payi ikkala [qismlari] blan o'z ishini bajarsa, yelkani tog'ri xolda yuqoriga ko'taradi. Ba'zi odamlar yelka mushaklariga yana ikki mushak qo'shganlar: birinchisi emchakdan keluvchi kichkina mushak va ikkichisi yelka bo'g'iniga bekingan mushakdir. Ba'zi vaqtlarda uni tirsak mushaklari bilan birga umumiy harakat qiladi, deb xisoblaydilar.

Bilakni harakatga keltiruvchi mushaklarning ba'zilari bukuvchi va ba'zilari yozuvchi bo'ladi; bular bilakda joylashgan. Yana ulardan ba'zilari kaftni yuqoriga [supinatsio] va ba'zilari pastga [pronatsio] qaratadilar. Bu mushaklar bilakda yotmaydilar. Yozuvchi mushaklar bir juft bo'lib, bir toqasi ichkariga qarata og'dirib yozadi. Chunki u bilakning oldingi qismidan, kurakning pastki qirg'og'idan boshlanib, tirsakning ortasida tutashadi.Ikkinchi toqasi esa [bilakni tashqariga moyil qilib yozadi. Chunki u. Bilakning orqasidan kelib, tirsakning tashqi tomoniga tutashadi. Bu ikki mushak o'z ishlarida birlashsa, albatta, bilakni to'g'riga yozadi.

Bukuvchi [mushaklar] ham bir juft bo'lib bulardan bir toqasi - kattasi - ichkariga og'dirib ukadi. Chunki u, kurakning pastki qirg'og'idan va tunshug'idan boshlanadi. Har bir mushakning boshlanish joyiga alohida [mushak] boshlari joylashtirilgan. [Bu mushak] bilakni ichki tomoniga [moyil qiladi] va uning asabsimon payi bilak suyagining oldingi qismiga yopishadi.

Ikkinchi toqa mushak bilakni sirtga qarab egish bilan bukadi, chunki u orqada, yelka suyagining sirtki tarafidan boshlanadi. Uning hammasi bilakka o'tib, bilak bo'g'iniga yaqinlashguncha ichkari qarab botib boradi. U bilak suyagi uchidan ichki qismga keladi va unga pardasimon payi bilan yopishadi.

Bilakni pastga qarab mukkasiga aylantiruvchi mushak bir juft bo'lib, tashqi tomonga joylashgan. Uning bir toqasi yelka suyagi boshining ichki tomonining yuqorisidan boshlanib, bilaguzuk bo'g'imiga yetmasdan bilak suyagi bilan tutashadi. Ikkinchisi esa - kattaroq bolib, uning asabsimon tolalari ko'ndalang yo'nalib, tirsak suyagidan boshlanadi va bilak suyagi bog'inining yuqori tomoniga birikadi.

Bilaguzuk bog'inini harakatga keltiruvchi mushaklarga kelsak, ulardan [ba'zilari] bukuvchi, [ba'zilari] yozuvchi. [ba'zilari] mukkasiga qarab buruvchi, ba'zilari esa - chalqahchasiga buruvchidir.

Yozuvchi mushaklarga boshqa mushaklarga tutashib xuddi bir mushakdek bo'lib ketgan mushak ham kiradi. Lekin bu mushak tirsak suyagining o'rtasida boshlanadi va uning payi boshmaldoqqa tutashadi. U mushak yordami bilan boshmaldoq ko'rsatgich barmoqdan uzoqlashadi. Ikkinchi mushak esa - bilak suyagidan boshlanadi. Uning paylari, bilaguzuk suyagidan birinchisiga, ya'ni boshmaldoqning qarshisida qo'yilgan suyakka tutashadi. Qachonki, bu ikki [mushak] barobar harakat qilsa, bilaguzukni ozgina mukkasiga yozadi. Agar yolg'iz ikkinchisiga harakat qilsa, bilaguzukni chalqasi (chalqanchasi)ga buradi. Faqat birinchi mushak harakat qilsa, boshmaldoqni korsatkich barmoqdan uzoqlashtiradi.

Yana bir mushak tashqari tomondan bilak suyagi ustiga tashlangan. U yelka suyagi boshining pastki qismlaridan boshlanadi. U ko'rsatkich va o'rta barmoqlar oldidagi panja o'zagiga tutashuvchi ikki boshli paylarni yuboradi. Bu paylarning boshi bilaguzuk oldida bilak suyagiga tayanadi va bilaguzukni mukkalatib yozadi.

Bilaguzukni bukuvchi mushaklarga kelganimizda, ular bir juft bo'lib, bilakning tashqi tomoniga joylashgan. Ulardan pastkisi yelka suyagining ichki boshidan boshlanib, jimchiloq barmog'i oldidagi kaft suyagiga yetib boradi. Yuqoridagisi esa - unga qaraganda yuqoriroqdan boshlanib, o'sha yergacha boradi.

Ular bilan birga yuqorida aytilgan mushaklarning orasida, yelka suyagining pastki qismidan yana bir mushak boshlanadi. Uning ikkita uchi bo'lib, ular bir-birlari bilan almashinib, kesishadi. So'ngra ko'rsankich va orta barmoqlarning o'rtasiga kelib birlashadi. Bu ikki mushak birga harakat qilsa, panjani bukadi.

Bu eguvchi va yozuvchi mushaklar [kaftni] mukkasiga burish va chalqanchasiga burish ishlarini ham qiladi. Qachonki, jimchiloq oldidagi kaft suyagiga yopishuvchi mushak bitta o'zi harakat qilsa, panjani aylantiradi. Agar unga boshmaldoq mushagi yordam bersa, u haqda biz keyin gapiramiz, panja butunlay chalqanchasiga aylanadi. Agar boshmaldoq oldida bilaguzukka tutashuvchi mushak bitta o'zi harakat qilsa, panjani bir ozgina mukkasiga buradi. Agar bu jimchiloq mushagi bilan harakat qilsa, panjani butunlay aylantiradi, u tog'rida yana gapiramiz.