Yil fasllarining hukmlari va o‘zgarishlari haqida
Yil fasllarining har biri o‘ziga munosib sog‘lom mizojda bo‘lgan kishiga muvofiq keladi va o‘ziga munosib bo‘lmagan yomon mizojli kishiga to‘g‘ri kelmaydi. Lekin faslning mo‘tadillikdan chiqishi juda ko‘p bo‘lganda, quvvatni tushirganidan, munosib bo‘lganiga ham muvofiq kelmaydi. Qachonki ikki fasl o‘z tabiatlaridan chiqsalar va shuning bilan birga bir-birlariga zid bo‘lib chiqsalar, so‘ngra bu juda uzoq muddatga cho‘zilmasa, masalan, qish issiq bo‘lib, uning orqasidan sovuq bahor tushsa, ikkinchisining birinchisiga ulanishi gavdalarga muvofiq bo‘lib, ularni mo‘tadil xolga keltiradi. Chunki bahor qishning xatosini tuzatadi. Agar qish juda quruq va bahor juda ho‘l bo‘lsa, bahor qishnin quruqligini mo‘tadillaydi. Ho‘llik o‘ta darajada bo‘lmasdan va fasl cho‘zilmaganda, bahorning taʼsiri mo‘tadillikdan zararli ho‘llashga burilmaydi. Bir faslda ob-havoning o‘zgarishi ko‘p fasllar mobaynida o‘zgarishiga qaraganda vaboni kamroq jalb qiladi. Bu o‘zgarish vaboni jalb etguvchi o‘zgarish bo‘lib, biz yuqorida aytgan birinchi o‘zgarish tuzatuvchi o‘zgarish emasdir.
Havo mizohlarining chiritib sasitishga aqinrog‘i issiq va ho‘l mizojdir. Havoning o‘zgarishi ko‘pincha satxi tekis bo‘lmagan joylarda va chuqurliklarda sodir bo‘ladi. Tekis yerlarda, ayniqsa, balandliklarda bunday bo‘lish kam uchraydi. Yil fasllari o‘zlariga lozim bo‘lgan xususiyatlari bilan kelishlari kerak. [Yaʼni] yoz issiq bo‘iishi, qishning sovuq bo‘iishi va, shuningdek, boshqa fasllarning ham o‘ziga xos bo‘iishi kabi. Agar bu buzilsa, yomon kasallarga sabab bo‘ladi.
Fasllari doimo bir turli kayfiyatda bo‘lgan yil yomon yildir, masalan, yilning hamma fasllari ho‘l yo quruq, issiq yoxud sovuq bo‘lsa, bunday yillarda o‘z kayfiyatlariga munosib kasallliklar ko‘p bo‘ladi va bu kasalllklarning muddatlari ham uzun bo‘ladi.[Hatto bir fasl o‘ziga munosib kasallliklar qo‘zg‘atsa, nimaga bir butun qo‘zg‘atmasin? Masalan, sovuq fasl balg‘am mizojli gavdaga taʼsir qilib, tutqanoq, falaj, sakta, yuz asablari falaji, tortishish va shunga o‘xshash kasallliklarga olib boradi; issiq fasl safro mizoj gavdaga taʼsir qilib, jinnilik, o‘tkir isitma va issiq shishlarni keltirib chiqaradi. Agar butun yil bir fasl tabiatiga o‘xshasa, bu to‘g‘rida nima ham deyish mumkin?
Agar qish o‘z vaqtidan ilgari kelsa, qishki kasallliklar ham avvalroq boshlanadi, agar yoz vaqtliroq kelsa, yozgi kasallliklar ham vaqtliroq boshlanadi va avvalda bo‘lgan kasallliklar shu fasl hukmi bilan o‘zgaradilar. Agar biror fasl uzayib ketsa, tegishli kasallliklar ko‘payadilar, ayniqsa, yoz va kuz fasllarida.
Bilginki, bir fasldan ikkinchi bir faslga o‘tishda bir taʼsir yuz beradi. Lekin bu, davrdan kelmaydi, chunki davr bir vaqtdir, balki u bilan birga bo‘lgan kayfiyatdan keladi; xollarning o‘zgarishlarida buning buyuk taʼsiri bordir. Shuning kabi, agar havo bir kunda issiqdan sovuqqa aylansa, bu gavdaning sog‘lig‘i o‘zgarishiga, albatta sabab bo‘ladi. Eng sog‘lom vaqt, kuzning yomg‘irli va qishning o‘ta sovuq bo‘lmasdan shu mamlakatga xos mo‘tadil darajada sovuq bo‘lishidir. Agar bahor yomg‘irli bo‘lib, yoz ham yomg‘irdan xoli bo‘lmasa, bu eng sog‘lomdir.