Hayotiy quvvatlar haqida
Hayotiy quvvat deb aʼzolarda vujudga kelib, ularni his va harakat hamda hayot faoliyatini qabul qilishga tayyorlaydigan quvvatni tushunadilar. Qoʻrqish va gʻazab harakatlarini ham bunga qoʻshadilar, chunki bularda shu harakatga mansub boʻlgan ruhda faydo boʻladigan yozilish va siqilish xolatlari bordir. (Terapiyani psixatriyadan ayirish xato, ular bir-birlarini toʻldiradilar).
Bu qisqa gapni toʻlaroq qilib aytamiz: biror mizoj taʼsiri bilan xiltlarning zichlik-quyuqligidan aʼzo yoki aʼzo boʻlagidan iborat boʻlgan zich javhar tugʻilganidek, xiltlarning biror mizojga muvofiq boʻlgan bugʻlik va latif qismidan ruhdan iborat boʻlgan latif javhar tugʻiladi. Tabiblarcha, jigar birinchi xil tugʻilishning mambai boʻlganidek, yurak ikkinchi xil tugʻilishning manbaidir. Ruh agar unga kerak boʻlgan mizoj orqali vujudga kelsa, biror quvvatni qabul qilishlikka loyiqdir. Bu quvvat hamma boshqa quvvatlarni qabul qilishlikkka qobiliyatli qiladi, masalan, nafsoniy va boshqa quvvatlar.
Nafsoniy quvvatning ruh va aʼzolarda paydo boʻlishi faqat shu [hayotiy] quvvatning paydo boʻlishidan keyingina boʻladi. Biror aʼzo oʻzining nafsoniy quvvati (immuniteti) ni yoʻqotib hali bu - [hayotiy] quvvatini yoʻqotmagan boʻlsa, u aʼzo tirik boʻladi. Koʻrmaysanmiki, karaxt yo falaj boʻlgan aʼzo darxol xis va harakatlarini yoʻqotadi. Bularni [xis va harakatlarni] qabul qilishlikka buzuq mizoj yoki miya bilan shu aʼzo orasida, unga keluvchi asabda tiqilma xosil boʻlishi toʻsqinlik qiladi; lekin bu xolda ham [aʼzo] tirikligini yoʻqotmaydi.
Oʻlgan aʼzo xis va harakatni yoʻqotadi; u irib buzila boshlaydi. Demak, falajlangan aʼzoda hayotni saqlab turadigan bir quvvat boʻladi va moneʼlik yoʻqolsa, unga xis va harakat qivvati qaytadi va u qaytadan ularni qabul qilish xususiyatiga ega boʻladi. Chunki unda hayotiy quvvat sogʻdir. Moneʼlik qilgan narsa shu quvvatning amalda qabul qilishiga halal bermagan narsadir. Oʻlgan aʼzoda bunday emasdir.
Bu xususiyatni beruvchi yolgʻiz oziqlantiruvchi quvvatgina emas. Bu quvvat saqlanganda aʼzo tirik boʻlib va bu quvvat yoʻqolganda aʼzo oʻldi deb boʻlmaydi. Xuddi shunga oʻxshash muxokama oziqlantiruvchi quvvatga ham aloqadordir; baʼzan uning taʼsiri biror aʼzoda tugasa ham, bu aʼzo tirik qoladi va baʼzan oziqlantiruvchi quvvat saqlansa ham, aʼzo oʻladi. Agar oziqlantiruvchi quvvat, oziqlantiruvchi boʻlgani xolda, [aʼzolarni] xis va harakatga layoqatli qilsa edi, oʻsimliklar ham shubhasiz xis va harakatni qabul qilishga qobiliyatli boʻlgan boʻlardilar. Demak, bu xususiyatni beruvchi biror boshqa [boshlangʻich] quvvat bor ekanligini bildiradi. Bu [boshlangʻich] quvvat ayrim mizojga boʻysunadi va hayotiy quvvat deb ataladi. (Bu yerda ibn Sino mizojni bilmay kasallikni davolab boʻlmaslikni isbot qildi). Ruhdagi bu birinchi quvvat ruh xiltlarning latif qismidan paydo boʻlganda vujudga keladi. Soʻngra ruh, faylasuf Aristotelning fikricha, shu qivvat bilan birinchi boshlangʻichga ham birinchi nafs (jon)ga boradi; soʻngilaridan boshqa quvvatlar tarqaladi, lekin ularning taʼsiri eng avval ruhdan boshlanmaydi va tabiblarning fikkricha, ruh teri, til va boshqa aʼzolarga oʻtmaguncha, sezgilar ham miyada joylashgan nafsoniy ruhdan chiqmaydi.
Miya boʻshligʻida ruhdan bir qism xosil boʻlsa, bu bilan [ruh miyada] avvaldan mavjud quvvat taʼsirlari sodir boʻlishiga yaroqli mizojni qabul qiladi. Jigar va moyaklarda (endokrin sistemasida) ham xol shundaydir. Tabiblarcha, ruh miyada oʻz mizojini oʻzgartirmaguncha, harakat va sezish manbai boʻlgan nafsni qabul qilishga qobiliyat paydo qilmaydi. Shunday xususiyat, garchi birinchi aralashish birinchi hayotiy quvvat qabulini ifoda qilgan boʻlsada, jigarda ham bordir. (Bu xolni zamonaviy meditsina tushunib yetmagan). Shuningdek, tabiblar fikricha, har bir aʼzo uchun turli taʼsirlarni koʻrsatishda ayrim nafs boʻlishi kerak. Nafs - yagona boshlangʻich [manbaʼ] boʻlib undan barcha amallar sodir boʻladi deyish yoki nafs koʻpdan-koʻp [ruhlarning] toʻplami deyish xatodir. Gap shundaki, agar birinchi aralashish takomillashib, ruh va kuch paydo boʻlgan hamma yerda birinchi hayotiy quvvatni qabul qilish xususiyatini tugʻdirgan boʻlsa, bu quvvatning yolgʻiz oʻzi, tabiblar fikricha, unda ayrim mizoj xosil boʻlmaguncha ular vositasi bilan boshqa kuchlarni ruh tomonidan qabul qilishlikka yetarli boʻlmaydi.
Aytishlaricha, bu quvvat hayotga tayyorlovchi boʻlish bilan birga, latif ruh javharini aʼzoga yetkazish, nafas olish va tozalanish uchun qisish va yozish manbai ham boʻlgan. Goʻyo bu quvvat, hayotga nisbatan taʼsirlanib, nafasning ishlariga va tomir urishiga nisbatan taʼsir koʻrsatadi. Bu quvvat oʻzidan sodir boʻlgan ishlarda irodasiz boʻlmaganligidan, tabiiy quvvatlarga oʻxshaydi va taʼsirlari aniq boʻlganidan nafsoniy quvvatlarga oʻxshaydi. Chunki bu quvvat qisish va yozishni birdan qilib, bir-biriga zid boʻlgan ikki harakatni bajaradi. Lekin qadimgilar [faylasuflar] yer nafsini "nafs" deb ataganlarida qurol boʻlgan tabiiy jism kamolini tushunganlar va ayni xolda har bir quvvatning boshlanmasida paydo boʻlgan harakat va turli taʼsirlarning bir-biriga qarama-qarshiligini nazarda tutganlar. Demak, qadimgilar fikricha, bu quvvat nafsoniy quvvat boʻladi. Xuddi shunga oʻxshash, biz aytgan tabiiy quvvatlar ham ularcha nafsoniy quvvat deb atalar edi. Ammo "nafs"dan bu maʼno tushunilmasdan, balki biror idrokdan biror iroda bilan sodir boʻladigan idrok va harakatlantirishning manbau tushunilib, "tabiat"dan jismida shu suratiga teskari feʼl sodir boʻladigan bir quvvat fahmlansa, u vaqtda bu quvvat nafsoniy boʻlmasdan, balki tabiiy va tabiblarning tabiiy deb atalgan quvvatlarining aʼlo darajalisi boʻladi. Agar oziq va uning xolatini boshqaradigan bir quvvat tabiiy quvvat deb atalsa, uning boshqarishi hox shaxsning mangu boʻlib turishi uchun boʻlsin, hox turning mangu boʻlib turishi uchun boʻlsin, bu quvvat tabiiy boʻlmaydi, balki uchinchi jins [quvvat] boʻladi. [Yana bir dalil]: gʻazab, qoʻrqish va bularga oʻxshashlar shu quvvatdan taʼsirlanish natijasi boʻlganidan, ularning manbai sezish, hayol va idrok qiluvchi quvvatlar boʻlsalar ham, bular shu quvvatlarga mansub boʻladilar. Bu quvvatlarni haqiqatlab bayon qilish, ularning bittami yoki bittadan koʻpmi ekanligini aniqlash xizmatining bir qismi boʻlgan ilmiga topshiriladi.