Hiqildoq mushaklari

Ibn Sino, Ergashaka 2025-06-07 21:41
Hiqildoq mushaklari anatomiyasi

Hiqildoq tog'aydan iborat bir a'zo bo'lib, tovush [quroli] (ya'ni a'zosi) sifatida tuzilgan. Bu uchta tog'aydan birikkan: birinchi tog'ay ushlab ko'rganda sezilarli bo'lib, tomoq oldida, iyak ostida joylashgan. Bu qalqonsimon tog'ay deb ataladi. Chunki buning ichi botiq va sirti do'mboq bo'lib, charm qalqonga o'xshaydi. Ikkinchi tog'ay birinchi tog'ay orqasida o'rnashib. bo'yinga yaqin turib, birinchi bilan bog'langan. Bu ismmsiz tog'ay deb mashhyr bo'lgan. Ucninchi tog'ay ikkita oldingilarini qoplab, ismsiz tog'ayga tutashadi va qalqonsimon tog'ayga yaqinlashadi. Ammo u bilan yopishmaydi. Qalqonsimon tog'ay bilan ismsiz tog'ay o'rtasida ikki chuqurchali bo'g'in [ulanish o'rni] borki, ularga ismsiz tog'aydan chiqqan ikkita o'simta, ikkita chuqurcha bilan boyloqlar orqali ulangandir. Bu [uchinchi tog'ay] tomchisimon yoki kosasimon tog'ay deb ataladi. Qalqonsimon tog'ay nomsiz tog'ayga yaqinlashishi va bir-birlaridan uzoqlashishlari natijasida hiqildoq kengayadi va torayadi. Kosasimonning qalqonsimonni yopib unga jipslashuvi va undan uzoqlashuvi natijasida hiqildoq ochilib, yopiladi. Hiqildoq va uning oldida uchburchak shaklida bir suyak bo'lib, yunon alifbosidagi lom harfi yozilishiga o'xshatib, "lomsimon" suyak deb ataqanlar. Chunki yunoncha lom mana shunday (teskari "y" kabi) yozilgan: ( I kitob, 141-bet, 14-satrga qarang). Bu suyakning tuzilishdagi foydasi hiqildoq mushagining tolalari boshlanadigan joy va uning suyanchig'i bo'lishidadir. Hiqildoq qalqonsimon tog'ayni ismsiz tog'ayga chiqadigan mushaklarga va kosa shaklli tog'ayni qalqonsimon tog'ayga siqib, uni qoplaydigan mushaklarga va kosasimon togʼayni u ikki togʼaydan uzoqlashtirib, hiqildoqni ochadigan mushaklarga muhtojdir. Hiqildoqni ochadigan mushaklardan biri lom shaklidagi suyakdan boshlanadigan bir juft mushakdir. Bu lom shaklli suyakdan boshlanib, qalqonsimon tog'ayning oldiga keladi va uning ustiga yozilib, u bilan tutashib ketadi. Bu o'zining qisqarishi bilan kosasimon tog'ayni oldinga va yuqoriga suradi, shu bilan hiqildoq kengayadi. Yana [bir] mushak halqum mushagi deb hisoblanadi, u pastga qarab tortadi, lekin bizningcha uni hiqildoq va halqum uchun umumiy mushak deb hisoblash to'g'ridir. Ko'pchilik hayvonlarda unga yana bir juft mushak hamroh bo'ladi. Hiqildoqni ochuvchi mushaklardan yana ikki juft mushak borki, ulardan bir juft mushak kosasimon tog'ayga orqadan kelib, u bilan birikadi. Bular qisqarsalar, kosasimon tog'ayni ko'taradilar va orqaga tortadilar. Bunda hiqildoq qalqonsimon tog'ayga siqilib turishdan qutilib kengayadi. Yana bir juft mushaklar kosasimon tog'aylarning chetigacha keladi. Bular qisqarsalar, kosasimon togʼayni qalqonsimon tog'aydan ajratadilar va yon tarafga tortib, uning [hiqildoqning] kengayishiga imkon beradi.

Hiqildoqni toraytadigan mushaklarga kelsak, ulardan bir jufti lom suyagi tomondan kelib, qalqonsimon tog'ayga tutashadi. So'ng u kengayadi va ismsiz tog'ayni shunday o'raydiki, xatto bu ikkala mushakning uchlari ismsiz togʼay orqalarida birlashib ketadilar. Bu juft mushaklar qisqarsa, hiqildoqning pastki qismi torayadi. Yana to'rtta mushaklar borki, bular ikkita qo'shaloq mushaklar deb gumon qilinadilar. Bular qalqonsimon va nomsiz tog'aylarning uchlarini birlashtiradilar. Bular qisqarsalar hiqildoqning ostini toraytiradilar. Ba'zan ulardan bir jufti ichda va bir jufti tashqarida yotgan deb o'ylaganlar.

Hiqildoqni bekituvchi [qoplovchi] mushaklarga kelsak, ularning eng yaxshi joylashishlari hiqildoqning ichki tarafida o'rnashganliklaridir. Chunki ular siqilsalar, kosasimon tog'ayni pastga tortib, hiqildoqni qoplaydi. Shunday qilib. bular bir juft mushak tarzida tuzilgan va qalqonsimon tog'ayning tagidan boshlanib, hiqildoqning ichidan [oʼng va chapdan] ko'tarilib, kosasimon tog'ayning chetlari va ismsiz tog'ayning ostiga borib tugaydi. Bu [mushaklar] qisqarsa, birikish yerini mustaxkamlab, ko'proq nafasni ushlab turishda va ko'krak va ko'krak-qorin to'sig'i mushaklariga qarshi turadigan darajada hiqildoqni bekitadi. Bu qoplash ham nafasni ushlab turish xizmatlarida kichikliklaridan kelgan kamchilikni yo'qotsinlar deb, kuchli qilib tuzilganlar. Bular juda oz qiyshayish bilan to'g'ri yuqoriga yo'naladilar. Bu bilan qalqonsimon togʼay va nomsiz tog'ay oralarida birikish xosil bo'ladi. Ba'zan kosasimon tog'ay ostida mazkur juft mushakka yordam beradigan yana ikki mushak joylashgan.