Jarrohlikda kuchli anatom boʻlish farz amal
Badanning ichki shishlari moddasini tomirdan qon olish yo surgi qilish yordamida kamaytirish, shishlarni qaytaruvchi doridan avval bajarilsa, unda davolash uchun uncha kuchli boʻlmagan shishni qaytaruvchi dori ishlatish kifoya qiladi, ayniqsa shish meʼda yo jigarda boʻlsa. Ortidan dardni yengil ushlab turish uchun kamquvvatroq ovqat berib turiladi.
"Qorin tagida boʻladigan shishlarda baʼzan yanglishiladi, chunki goho ular shish boʻlmay dabba boʻladi, deydi alloma, - buni yorish qoʻrqinchlidir; baʼzan shish qorin pardasidamas, ichakda boʻladi. Buni yorish ham xatarli". Olim ichki kasalliklarni davolashda bu kabi holatlarda differentsiatsiya - solishtirishga ahamiyat beradi.
Ibn Sino tashqi yiringli shishni jarrohlik yoʻli bilan ochish, chirigan aʼzo hamda gavda qismini kesib olishda davriga nisbatan oʻz usullarini anchagina qoʻllagan. U terini "kichik va katta chiziqlari yoʻlidan ochish", yaʼni terini elastik chizigʻi boʻylab kesishni tavsiya qiladi. Bu ham anatomik birlikdir. "Yoruvchi (va kesuvchi) oldida qon toʻxtatuvchi vositalar, ogʻriq qoldiruvchi dorilar boʻlishi kerak". Bular "quyon yungi, oʻrgimchak uyasi... tuxum oqi va dogʻlash (va kuydirish) asboblari" yaʼni qon toʻxtatish va ogʻriq qoldirishning primitiv vositalaridir.
Chirigan etni kesıb olish ikki bosqichda boʻlishini aytadi u: "Agar aʼzo yomon mizoj sabab buzilsa, unga nishtar urish va mos dori surtish foyda bermasa, u aʼzodagi etni kesıb tashlashdan boshqa chora yoʻq". Olim kesishdan dogʻlash (xozir mendan boshqa tabib yo vrach ishlatmaydi) ni afzal koʻradi. Dogʻlash et ustida qobiq xosil qilishi va kuchli qon toʻxtatishishi bilan oqibati yaxshidir. Ertugʻrul serialida dogʻlashni koʻp koʻrasiz.
Ibn Sino siniqni davolashda: "barobarlash, bogʻlash, toʻgʻrilash, tinch yotish va chulgʻovchi ovqat yeyishni buyuradi". Bular xozir ham xirurgiyada qoʻllaniladi. Qozogʻiston jarrox va ortopedlari yuzlab ibn Sino tavsiya qilganday qoʻlbola jarroxlik jihozlari yaratib qoʻllamoqdalar.
Allomaning yarani davolashdagi "quritish" printsipiga butun dunyo jarroxlari amal qilib kelishmoqda. Bu tabiiy muolajadir. Shuningdek, ibn Sino yumshoq joy yarasini davolash uch narsa zaruriyligini aytadi: "oqib kelayotgan moddani toʻxtatish", "ajralgan joyda et undirish", "mumkin boʻlganicha aʼzolar chirishini toʻxtatish".
U "chuqur yaralarni berkitishga shoshmaslik, avvalo, goʻsht undirishni oʻylash kerak", - deydi.
Ibn Sino yara tez tuzalishiga monelik qiladigan sabablar "mizoj yomonligi" "yara tagidagi suyak nosogʻlomligi va undan yiring oqishi", "singan suyak parchalari" ning yarada qolishidir deydi.
Ibn Sino toʻqimalar buzilishi va yeyilishini toʻxtatish, "buzuq xiltlarni tarqatish va qonashga monelik qilish hamda mizoji sovib ketgan aʼzoni kuchaytirish" uchun dogʻlash (kuydirish) ni tavsiya qiladi. Buni xozirda keng qoʻllashga erishish darkor.
Alloma ogʻriq qoldirishni davolashni nihoyasiga yetkazuvchi omil qatoriga qoʻshadi. U payt asosan, ogʻriq qoldirishda koʻknor, afyun, nasha kabi bu zamonda narkotik nomini berib, davolanishdan chetlatilgan dorilar ishlatilgan. Yaqin kunlargacha xatto nashani dori qilib ishlatgan tabibni qamashardi. Alhamdulilloh, bugungi kunda nasha (kanoplya) zararsiz dori vositasi topilib, koʻpchilik davlatlar tomonidan qoʻllanmoqda. Inshoa Alloh yaqin yillarda koʻknorni ham tabobatda qoʻrqmay ishlatishimizga yoʻl ochiladi.
Ibn Sino "shodlantiruvchilar" ogʻriq qoldirishda ahamiyatli ekanini aytadi. Jumladan, koʻknor, nasha va sharob foydali miqdorda biroz uzoqroq quvonch bagʻishlovchilardandir. Kelajakda bular tarkibi bilan qoʻshimcha ovqat (BAD) lar keng tarqalsa kerak.