Ibn Sino ilohiynomasi - metafizika haqida (davomi)
Buning sababi Alloh ham aql ham aql etilgan hamda aql etgan borligidir (Atay).
Allohning bir koʻp yolgʻiz narsalarni bilishi bir k`oʻp aql yuritishni zaruriy qilgay. Bu esa Alloh uchun tushunishi mumkin boʻlmagan narsa. Alloh hamma narsani universal (bir butun) oʻlaroq biladi, faqat yolgʻiz yakka narsalarni bilmaydi deyolmaymiz. Chunki hech bir yakka va yolgʻiz boʻlgan narsa undan yashirincha boʻlolmaydi (ibn Sino). Ibn Sinoga koʻra Alloh olamdagi har bir narsani azaliy ilmi bilan bir butun oʻlaroq bilguvchi zaruriy borliqdir. U Quyosh tutilishi namunasini misol qilib bu masalada yorugʻlik kiritgan.Chunki quyosh tutilishi zamon tushunchasiga bogʻliq anglashilishi mumkin boʻlgan voqeadir. Anglash bilan maʼlum boʻlgan narsa yakka yolgʻiz narsadir. Alloh esa quyosh tutilishi zamoni, joyi va qanday ekanligi oʻzgaruvchi kabi oʻzgaruvchilardan taʼsirlanmagan xolatda bilguvchi zotdir. Ibn Sino bu xususda juda ham jiddiy boʻlib, "yakka, yolgʻiz narsalarni, universal , bir butun tomondan bilish" deya biron tushunchani inkor qilgan odam bilan fikr almashtirishni keraksiz deb bilgan .
Ibn Sinoga koʻra butun olamning yaratuvchisi Alloh. Olamdagi barcha mavjudotning uning bilan aloqasi bor. Alloh butun ilmlarning tamal sababdir. Lekin uning bilgisi avvaldan emas oxirda oʻrganiladi (ibn Sino, Donishnoma). Bir insonning biron narsani bilishi unga bir boshqa bilgining qoʻshimcha qilinishidir. Bu jihatdan olib qaraguvchi boʻlsak, Allohning olim (bilguvchi) sifati bugun uchun kerakli. Chunki uning bilgisi insonniki bilan bir emas. Insonda yuzaga kelgani kabi olamdagi har bir voqea uning bilgisida biron bir oʻzgarishga sabab boʻlmaydi. Allohdagi bilgi zamonning ustiga boʻlgan bir bilgidir. Insondagi har bir bilgi zamon ichida yuzaga kelgani uchun unda oʻzgarisshga ega. Allohning bilgisi ibn Sinoga koʻra, astranomiya masalasida tilga keltirgani kabi, yulduzlarning harakatini qayerda, qaysi vaqtda qanday harakat qilishini bir lahzada biladi. Allohning bilgisi universal boʻlgani uchun butun bularni zamon ichida emas zamondan munazzah (behojat) ravishda biladi.
Ibn Sinoning bu masaladagi xususiyati shunchalik kerakligi, u Plotinus va keyingi Yangi Aflotunchilarning "emanation/tashima" nazariyasida bu tushunchani ham oʻz tanqidiga olmoqda. U olamning azaliyatini jismda va zamondagi azaliyat oʻlaroq izohlaydi. Chunki agar Alloh olamni biron bir aniq vaqtda yaratgan boʻlsa uning boshida bir halim yuzaga kelishi kerak boʻladi. Bu esa zamondan avval bir halim yuzaga kelishini shart qilishidir va bu esa mumkin emas. U xolda zamon va jism ham azaliy boʻlib bular faqatgina zamon va jism jihatidan azaliy sirlar. Zot jihatidan boʻlsa faqatgina Alloh afzaldir.
Ibn Sino bu masalada olamdagi mukammal qonunning borligini uniňg yaʼni Allohning aql etishiga bogʻlab, olamning uning aql etishi soyasida yaratilganligini tushunmoqda. Chunki Alloh yaratganda zaruriy boʻlgan borliq boʻlgani sababli uning aql etishi bilan yaratmogʻi ayni bir narsadir. Gʻazzoliy va yana boshqa ilm ahllari bu sababli ibn Sinoni olam va Allohga azaliyat yuklamoqda deb, panteist deb tanqid qilishgan/qilmoqdalar. Bu esa ularning ibn Sinoning qaygʻularidan bexabar ekanliklarining natijasidir.
Haqiqatni zamon ichida qidirish va zamon bilan tushunishga yoʻl ochgan metafizik muammolardan biri insonning ozod boʻlgan borliq ekanligi bilan bogʻlik masala boʻlsa kerak. Zamon usti bir irodaga va bilgiga ega Alloh qarshisida inson ozod boʻla oladimi? Bu muammo qadar/taqdir masalasi boʻlib, Musulmonlar orasida juda koʻp munozaralarga yoʼl ochgan.
Maqolamizning ikkinchi qismida ibn Sinoning inson haqidagi fikrlariga toʻxtalmoqchimiz. Chunki bu muammo faqatgina taqdir masalasi emas, balki asrimizda inson hayotini jamiyat bilan boʻlgan munosabatlarida oʻzini koʻrsatgan shaxsiyat masalasi eng oldingi muammolardan biri boʻlib sanaladi.
Abi Ali ibn Sinoning inson haqidagi gʻoyalari
Inson bir tomondan aqlga ega borliq, bir boshqa tomondan esa ruhga ega borliqdir. Inson ruhiy tomonini oydinlikka olib chiqish bilan birga ozodligini va avtanomligini qoʻlga kiritib, organik ehtiyojlarining ustiga chiqish bilan birga hayvonlardan boshqacha bir darajaga ega boʻladi. Bu xususiyati insonda ruhli va jonli borliq boʻlishini taminlaydi.
Ibn Sinoning tushunchasida inson markazi bir yerga ega. Ibn Sino metafizik tushunchaning tamalida borliq fikrining yotganini ifoda qilish bilan birga bu borliq tushunchasining inson zehnida oydin ravishda bor ekanligini bildirmoqda. Bu oydinlik ibn Sino nazarida borliq gʻoyasi (tushunchasi)asosi oʻlaroq, inson zehnida bor ekanligi masalasidir. Bu tushuncha "zaruriy" va "narsa" konsepsiyalari uchun ham bir xel. Ibn Sinoning tushunchasida insonni inson qilgan uni shaxsiyati borliq qilgan narsa, insonning axloqiy, fel atvori hisoblanadi. Axloqi borliq boʻlgan inson bu axloqi inson xususiyatiga Alloh tushunchasiga ulashish bilan erishmoqda. Shuning uchun ibn Sino inson haqida oʻz tushunchasini asarlarida bayon qilayotib birinchi navbatda insonning nafs borliqi haqida tamallantirguvchi fikrlarini yozgan. Ibn Sino Qadimiy Yunondan kelgan aql egasi inson Yahudiy-Xristiyan madaniyatidan kelgan yaratilish haqida fikrga ega inson tasavvuri haqidagi tushunchalarni yaxshilab oʻrgangan. Ibn Sino Aflotun va Arastuning noaniq tashlagan bir qancha muammolarini ochib bergan va inson haqidagi uning "nafs" xususiyati borasida yana ham tizimli bir shaklda oʻzining fikrlarini bayon qilgan.
Kalom va tasavvuf tushunchasida, falsafada boʻlgani kabi tizimli bir ravishda "nafs" tushunchasining bor ekanligini aytmasligimiz mumkin emas. Ibn Sino oʻz asarlarida Moʻtazila va Ashʼariy kalom ilmining "nafs" ning moddiy boʻlgan javhar oʻlaroq qoʻlga olganliklarini bayon qilgan. Ibn Sino Farobiyning "nafs" tushunchasining bularga fikran bogʻliqligini, soʻngra esa nafs mohiyati haqida oʻz fikrlarini asoslantirgan. Bu asosga koʻra "nafs" surʼat, quvvat, surʼat va kamol, foydalilik va mukammallik xususiyatlari bilan qaralishi mumkin. Ibn Sino kalomchilardan farqli oʻlaroq nafsni, ruhni moddiy surʼat emasdir, harakatga keltiruvchi surʼat ekanligini, bu tomondan olib qaraganda nafs, ruh, aqliy quvvat, hayvon va bitiklarning feʼli bor boʻlishini soʻzlagan "surʼat" ekanligini bildirgan. Ibn Sino ash-Shifo, Kitobin Najot, Al--Ishorot Vat-tanbihot asarlarida "nafs" haqida tushunchalarini tizimli ravishda tabiat va metafizik bilimlari orasidagi aloqalarini tahlil qilgan. Nafs, Ruh haqida yozgan "Mabhas ʼanil quvvan-nafsoniyya (nafsoniy quvvatlar haqida baxslar)" asarida ibn Sino "shaxsiyat" tushunchasining metafizika/ilohiyot haqida maʼlumot bergan yoʻllarning boshida kelganligini aytib, avliyo (Alloh doʻstlari) va ilm arboblarining "oʻz nafsini bilgan odam Robbini bilgʻay" tushunchasida hamfikr boʻlganligini bildirgan. Ibn Sino bu borada Qurʼoni Karimning Xashr surasi "Ular Allohni unutti, Alloh ham ularga oʻzlarini unuttirdi (19-oyat)" ni misol keltirib, insonning ruhi, maʼnaviyati xususiyatining ahamiyatini tahlil qilgan. Durisoy ifoda qilgani kabi ibn Sino inson nafsi ham fizik hamda metafizika olami toʻgʻrisida maʼlumot ola bilish quvvatiga ega ekanligini bildirgan. Fizik olami haqidagi maʼlumotlar nafsning aql quvvatiga yoʻnalar ekan, metafizika olami haqidagi maʼ`lumotlar toʻgʻri nafs va ruhning oʻziga yoʻnalmoqda ekanligini bildirgan.
Xususan, an-Najot nomli asarida ibn Sino nafsning qadim Yunon falsafasida zikr etilgan xususiyatlari haqida oʻz taxminini bayon qilgan. U, Arastuning nafs haqidagi kitobi boʻlgan "De Anima - Hayvonot" nomli asariga sharx yozishi bilan birga bu asarda zikr etilgan oʻsimlik, hayvonot va insonni nafslari xususiyatlari haqida oʻz fikrlini yozib qoldirgan. Ibn Sino inson nafsini ikki omili bor ekanligi ustida toʻxtalib, uni anglatuvchi va bilguvchi kuchini izlagan. Soʻngra inson aqlining nazari va amali kuchini izlab ularning funktsiyalarini yozib qoldirgan. Ibn Sino inson aqlining na faqat psixologik tomoniga, ayni paytda uning tahayyul, vahm va anglashuvchi, idrok qiluvchi funktsiyalari ustida juda koʻp izlangan. Chunki inson aqli va ahloqi ibn Sino uchun borliq ekanini yuzaga keltiruvchi yagona xislatdir.
Xususan, "ahvolun-Nafs" kitobida ibn Sino insonning psixologik (ruhiy) holatlarining tamal prinsiplarini ishlab chiqqan. Bu prinsiplarga qaraganimizda insonning ruhiy holatining eng tuban pogʻonasidan eng yuqori boʻlgan pogʻonasiga qarata qilgan harakati, belgili bir marta unga ulashgan nafsning bir narsani idrok quvvatiga ulasha bilishi va idrok qilingan narsa va voqea ustida ular bilan boʻlgan aloqasidagi yangi harakat faoliyatlari yarata bilishi quvvati insonning ega boʻlgan nafs quvvatlarini bildirmoqda. Ibn Sino bu asarida inson nafsining insonn badani bilan birga oʻrtaga chiqishini isbotlash bilan birga bu nafsning qay martabalarga idrok quvvatiga erishmoqda ekanligini batafsil asoslab bermoqda. Bulardan birinchisi oʻsimliklarga, ikkinchisi hayvon va uchinchisi nafsi notiqa quvvatlari boʻlib, insonni inson qilgan xususiyat nafsi notiq quvvatiga ega boʻlishi xisoblanadi. Ibn Sinoga koʻra gapiruvchi nafs, boshqacha qilib aytganda tushunganini soʻzlardan axtaruvchi nafs boʻlib, inson bu idroki soyasida butun olam va Alloh bilan boʻlgan munosabatlarini axloqiy munosabatga qarata bilmoqdadir. Ibn Sinoning bu asarida qoʻlga olgan idrok etguvchi nafs, uning aqliy quvvati, yaʼni aqldir. Ibn Sino inson aqlining idrok quvvatining har bir pogʻonasini ishlash bilan birga aqlning alohida va universal narsalarning idrok qilish xususiyatlariga ham katta etibor bergan. Chunki insonni baxtli qilgan xolat insonni universal boʻlgan narsalar maʼnosiga erisha bilish xolatidir.
Ibn Sino Kantning asrlardan soʻngra sof va malakaviy aql haqida bayon qilgan aqlning bu ikki xislati yoki xususiyati toʻgʻrisidagi fikrini asrlar avval batafsil izohga qovushtirgan. Ibn Sino bir narsa haqida inson aslida yuzaga keluvchi omillarni har bir pogʻonasini izohlab bergan. Xatto inson aqlning moddiy boʻlgan narsalardan moddiy boʻlmagan, maʼnaviy boʻlgan borliq tushunchalarning qandayin idrok maʼnolarga olib chiqqani, tahayyul quvvatlari haqida koʻpdan koʻp misollar keltirgan.
Inson shunaqa bir mavjudotki, oʻz nafsining badan bilan boʻlgan eng tuban aloqasida ham xislar bilan oldida turgan narsaning rangi, taʼmi, hidi, issiqligi, sovuqligi, ogʻirligi, yengilligi, qattiqligi, yumshoqlik kabi turli tomonlarini bir nafasda idrok qilmoqda. Keyin esa bu xususiyatlarga ega boʻlgan narsaning, hissiyotning idrok sohasidan tashqariga chiqqanidan keyin zehnida bu narsalarning maʼlum bir sifati, miqdori, joyi va xolati ichida xayol etilmoqda. Soʻngra esa jismlarga oid boʻlgan va tashqaridagi jism bilan maʼlum bir aloqasi boʻlgan bu xayoliy sifatlardan ajratib universal tushuncha xosil qilinmoqda. Bu tushunchalarni (gʻoyalar) esa aql oʻz funktsiyasi bilan birlashtirib jumlalar tashkil qiladi. Aql butun bu funtsiyalari qolmay tashkil qilgan bu jumlalarni tashqi haqiqatlarga uygʻun boʻlib boʻlmasligi tomonidan uygʻun boʻlgan toʻgʻri yoki notoʻgʻri deb baholaydi.
Ayni shaklda idrok va iroda qilingan narsalarni idrok va iroda quvvatining tabiatlariga uygʻun boʻlgan yoki boʻlmaganligi haqida baholab, ularning shirin-achchiq, yaxshi- yomon, goʻzal-xunuk kabi ekanliklari haqida fikr yuritiladi. Idrok qilish haqida fikr bergan bu narsalarning oʻzlari nima ekan degan savol bizlarni bir butun bularni oʻz ichiga olgan gʻoya bilan uchrashiladi. Bu aqlimizning eng universal funktsiyasi boʻlgan "borliq" gʻoyasidir. Ibn Sino , inson uchun metafizikani mumkin qilgan "aql quvvati" ni tahlil qilib, unda joy olgan narsani borliq, narsa va zaruriy gʻoyalar ekanligini aniqlagan.
Ibn Sino fikriga koʻra bu gʻoyalar shundayin ochiq gʻoyalar boʻlib, boshqa gʻoyalarni bilish uchun ulardan yana ham ochiq gʻoyalarga ehtiyoj bor boʻlsa, bularni bilish uchun boshqa gʻoyalarga ehtiyoj yoʻq. Faqat yolgʻizgina bularni aql anglashi uchun aqlni uygʻatuvchi alomatlar kerakdir. Ibn Sino bu alomatlar va ishoralarga "sababut tanbih" nomini bergan. Bular bilan aql bu gʻoyalarni boshqa hech qanday bilishga ehtiyoji boʻlmasdan anglay olishidir. Faylasuf fikricha aqlning borliq haqidagi baholashlarining asosi borliq va mohiyat tahliliga tayanmoqdir. Bu jihatdan olib qaraganda "an-Najot" bu insonning hamda butun insoniyatning najot topishi, oʻz aqlini mustaqil ravishda ishlata bilishiga borliq ekanligi toʻgʻrisidagi keng tushunchani baxsh etmoqda.
Ibn Sinoning boshqa bir asari "Hayy ibn Yaqzon" ham inson va uning hayoti haqida yozilgan muhim asarlardandir. Ibn Sino bu asarida fenomenal dunyo bilan haqiqat (numenal/metafizik) dunyo oʻrtasida oʻz hayotini maʼnolantirish uchun qiyinchilikda yashayotgan insonga bu olamdagi borligini (ekzistensialist) saqlash ahamiyatiga erishish borasidagi tafakkur imkoniyatidir.
Ibn Sino insonning oʻz ichki dunyosiga safar qilishi bilan oʻzini bu olamda borliqning ahamiyatiga erishishini bu asarida tahlil qilar ekan, inson aqlining ichki dunyosida keng maʼno va haqiqat tushunchalariga borish bilan birga oʻz shaxsiyatini tiklay bilishi toʻgʻrisidagi fikrlarini bayon etgan. Xatto shuni bemalol aytish mumkinki, ibn Sino asrlar avval Ekzistensialist faylasuflarining ilgari surgan; insonning bu dunyodagi borligining ahamiyatiga erishishdagi asosiy muammolar haqida tushuncha bayon etgan. Bu tushunchaga koʻra, inson bu dunyoda oʻz borligining ahamiyatiga faqatgina abadiylikni anglay bilishi bilan erishishi mumkin. Boshqacha aytganda Alloh tushunchasiga inson oʻz aqli bilan erishmagan oʻzining bu dunyoda mustaqil bir borliq ekanini bilolmaydi. Asarning oxirgi soʻzlari juda ham maʼnoli natija bilan yakunlanmoqda; "agar hohlasang orqamdan kel... seni unga olib boray!"
Ibn Sinoga koʻra "shaxsiyat" tushunchasining mantiq va metafizika borasida qiýmatimuhim boʻlib bu yerd aqlning vazifasi axloqni yetuklikka yetkazishda fazilatli va hikmatli boʻlish yoʻllarini bilishdir.
Natijada ibn Sinoning Alloh va inson haqidagi tushunchalarini bir butun ravishda qoʻlga olganimizda shu mulohazalarni misol keltirishimiz mumkin. Ibn Sino bu borada na faqat antik yunon tushunchasini ayni paytda oʻz davridagi kalom tushunchasi Alloh tarixida ilgari surgan moddiy javhar tushunchasiga qarshi oʻzining dunyo qarashlarini islom dinining aqidasiga halal bermagan xolda zaruriy borliq fikrini tahlil qilib chiqqan. Bu tushunchaga koʻra, Alloh sof aql bovar butun moddiyat munazzah bir Allohdir. Ibn Sinoning inson haqidagi allegorik (majoz) tushunchasini yaxshilab qaraganimizda, u insonni aqlli va maʼnaviy boʻlishida ilohiy xislatlarga boy boʻlgan borliq ekanligini taʼkidlagan. Shuning uchun ham ibn Sino insonni shaxsiyatga bogʻlanishi uchun oʻz aqli bilan Alloh tushunchasiga erishgandagina inson boʻlish mumkin ekanligini tilga olgan. Chunki insonning bu olamdagi hayoti maʼnosi faqatgina shu yoʻldan bormoqda. Inson bu dunyoda erkin borliq ekanligini Alloh tushunchasini oʻz shaxsiyatiga olib ciqqandagina erishiladi. Yana ibn Sino inson nafsining har turli yomonlikdan axloqsiz harakatlardan saqlashini taminlaydigan eng muhim ish (feʼl, harakat) ning ibodat ekanligini bildirmoqda. Chunki ibodat inson nafsini va ruhini har turli yomon kirdikorlardan saqlaydi va ibodatlari bilan bilimini saqlay olgan shaxs oʻz oila, ijtimoiy jamiyat va oʻzi uchun yaxshi ishlarni ishga oshiriladi. Ibodatning bir boshqa yaxshi tomoni esa insonning oxiratni obod boʻlishini taʼminlaydi.
Bu tushunchaning nuqtai nazaridan olib qaraganimizda ibn Sinoga koʻra metafizikaga insonning ulasha olishini insonning oʻz borliq xususiyatida mavjud ekanligini bildirmoqda. Bu esa insonga berilgan imkon boʻlib, bu imkonini potentsial quvvat xolatidan faol xolatga olib chiqish insonning irodasi va jahdiga erkin ravishda berilganligini ifoda qilmoqda. Yaʼni insonda bor boʻlgan bilfiil aqlning feʼliy xolatga kelishi bilangina metafizik bilgiga yetisha olishini qalamga olgan. Shuning uchun ibn Sinoga koʻra metafizika bilan shugʻullanish mumkin va bu imkoniyat insonning oʻz borliq strukturasida mavjud. Bu insonga berilgan imkoniyatni inson quvvat xolatidan harakat xolatiga olib chiqishi uning irodasining ixtiyoriga qoldirilgan. Boshqacha qilib aytganda insonda mavjud boʻlgan kuchli aqlni kuchsiz aql xoliga keltirishi bilan inson metafizika belgisiga ulasha olishi mumkin. Bu maʼnoda inson nafsi "bilfiil" aql darajasida jismdan mustaqil ravishda oʻzini tushuna bilganida, u nafs oʻzidan boshqa borliqlarni ham tushuna boshlaydi va bu xolatda inson oʻzini metafizikani oldida topadi.
Xulosa
Xulosa qilib aytganda nafs, ruh va aql gʻoyalari ibn Sino falsafasining markaziy mavzularidan biri hisoblanadi. Ushbu gʻoyalar ibn Sinovdan oldingi metafizika nafs va aql Allohning oldida metafizik prinsip oʻlaroq qabul etilgan. Ibn Sino esa nafs nazariyasini tajribalaridan kelib chiqib asoslamoqda, edi. Yuqorida taʼkidlanganidek, ibn Sino nafsning borligini uning ichki va tashqariga qaratilgan belgisidan isbotlab bergan yoʻldan metafizika oʻtadi . Chunki ibn Sino, nafsning bor boʻlishini izoh qilish bilan birga, uning badan bilan birga borligi mumkin boʻlganligi kabi metafizika nazariyasidan muhim boʻlgan asosiy gʻoyalarni qoʻlga kiritgan.
Borliq-mohiyat, vujub-imkon haqidagi izohlari ham ibn Sinoning ulashgan nuqtai nazarlaridan biri boʻlib sanalishi mumkin. Ibn Sino insonning bu olamdagi oʻrnini ham inson nafsining va ruhining borligidan Allohning borligiga yoʻnalish bilan birga , butun olamning Alloh tomonidan yaratilishini izoh qilgan. Ibn Sino borliq toʻgʻrisidagi gʻoyaolarini, bir narsa va zaruriy gʻoyasi bilan birgalikda inson zehnidan oʻlaroq bor ekanligi tushunchasidan harakat qilgan xolda ontologiyasida bor boʻlish bilan zaruriy boʻlishni deyarli sinonim oʻlaroq qoʻlga olgan. Shu xolatda bor boʻlish zaruriy borliq boʻlishdir. Oʻzi oʻziga bogʻliq zaruriy Borliq va zaruriyligini boshqasidan olmagani uchun sababli emas. Aksincha koʻp sababli borliqlarni ham sababi boʻlgan ilk Borliq Allohdir.
Bu nuqtai nazardan olib qaraganimizda ibn Sinoning mantiq, bilish (bilgi), metafizik axloq tushunchalari nafs, boshqacha qilib aytganda, inson tushunchasi bilan qattiq bogʻliq ekanligini koʻrishimiz mumkin. Ibn Sinoning insoniy nafs haqidagi tushunchalari islomiy aqidaga xos ekanligini butun filosofik asarlarida islom chizgisida ishlashga harakat qilganligini koʻrishimiz mumkin. Misol uchun, aql va vahima quvvati bilan bogʻliq izohlarida nafsning borligiga amaliy va nazariy yaxshilik borasida yomonlik va yaxshi axloq kabi muammolarning yechilishiga qaraganimizda, ibn Sinoning islom aqidasida mavjud boʻlgan Muʼmin, Orif kishining xususiyatlariga xos ekanligini ayta olamiz. Ibn Sinoning bu boradagi qarashlari oʻzidan keyingi islom va Xrictian olamida asrlar mobaynida oʻz taʼsirini koʻrsatmoqda. Chunki ibn Sino Aflotun va Arastuning noaniq, tashlangan nuqtalarini ochib bergan va ularni yana ham tizimli xolatga solgan. Bular oldida ibn Sinoning oʻrtaga qoʻygan Alloh va inson nazariyasi nafaqat oʻzining yashab oʻtgan zamonidagi inson va Alloh tasavvurini ochib bermoqda, ayni zamonda zamonaviy insonning erkin xolatda ishonch va axloq tushunchasini ham bizlarga shunday boʻlishi kerakligi toʻgʻrisida keng tushunchalar bilan izoh qilgan. Adolat, sahovat, haqiqat borasida ham oʻz fikrlarini faqatgina bu xislatlarga ega shaxs toʻla bayon qila oladi. Oʻz fikrlarini erkin bayon qila olgan shaxs gina oʻz irodasini turli tushunchalar oldida oʻrtaga qoʻyaoladi. Aqlni ibn Sino aytgani kabi universal boʻlgan tushuncha yoki borliqni bilishi uchun ishlatmagan odamning adolat, huquq, tiriklik, durustlik kabi masalalarda ham yetarsiz qolmoqchiligi bilingan. Ibn Sinoning Alloh va inson haqidagi tushunchasini yaxshilab izoh qilganimizda, bu tushunchalarning ʼʼfalsafasida" ibn Sino markaziy joyga ega ekanligini koʻrishimiz mumkin. Shunday xolda ibn Sino falsafasini toʻliq tushunish uchun, uning inson, nafs va Alloh haqidagi tushunchalarini anglamogʻimiz kerak.