Ibn Sino ilohiyoti - metafizika

Ergashaka 2025-04-17 12:32
Ibn Sino Alloh va inson haqida
Tojik zamonaviy faylasufiQosim Muʼminoʻgli
Bu maqolada ibn Sinoning Alloh va inson tushunchalariga aniqlik kiritish madsad qilingan. Bayoni uchun ibn Sino falsafasining Alloh va inson haqidagi mulohazalariga murojaat qilmoqchimiz. Ibn Sinoning falsafiy qarashlari oʻziga xosdir. U mavjudotni kelib chiqishi, tartibi, oʻzaro munosabati, biridan ikkinchisiga oʻtishini tekshirish uchun zaruriyat, imkoniyat, voqelik va sababiyat prinsiplarini asos qilib oladi. Ibn Sino Alloh va inson haqidagi tushunchalarini bir necha: "Ah - Shifo", "an - Najot", "al - Ishorat vat - tanbihot", "Risola fil. Kalom", "Hayy ibn Yaqzon", "Risolatul Arshiyya", "Ahvolun Nafs" asarlarida aks ettirgan. Maqolada ibn Sino Alloh va inson haqidagi fikrlarini qanday ifoddalaganligni koʻrib chiqmoqchimiz.
Ibn Sino dunyo qarashi nafaqat Farobiy asarlari taʼsirida shakllangan, balki yunon faylasuflari Arastu, Aflotun va Plotinusdan ham foydalangan. U ijtimoiy falsafiy masalalarda Farobiy qarashlarini davom ettirdi, falsafiy oqimni yangi tabiiy ilmiy fikrlari bilan boyitib sistemalashtirib yangi bosqichga koʻtardi.
Ibn Sino Allohning qanday yagona ekanligini oʻsha payt yozgan falsafiy asarlarida mulohaza qilgan.
Alloh ilohiyligi va inson nafsi va aqli mulohaza manbaidir. Ibn Sino borliqni ikkiga boʻladi: zaruriy vujud (vujudi vojib) va imkoniy vujud (vujudi mumkin). Zaruriy vujud yagona Allohdir, qolgan narsalar koinotdan tortib imkonidir. Vujudi vojib va vujudi mumkin sabab va oqibat munosibatidadir. Bu jarayon emanatsiya tarzida, yaʼni quyoshdan chiqadigan nur shaklida asta-sekin amalga oshadi.
Shu tartibda imkoniyat shaklidagi mavjud boʻlgan aql, idrok, nafs, jon va jism, osmon sferalari... Bular bari substansiya - javhardir.
Endi ibn Sinoning Alloh va inson nazariyasi tamoyillariga toʻxtalamiz. Ibn Sino "Risolatul Arshiyya" asarida Alloh haqidagi fikrlarini quyidagicha ifodalaydi:
1. Borliqning zaruriy boʻlishi; Zaruriy borliq bor boʻlishi lozim.
2. Illatsizlik - illatsiz boʻlgan borliqning hech qanday sababi yoʻq.
3. Yagona boʻlishi - uning oʻxshashi yoʻq.
4. Oddiylik - murakkab va birlashgan emas.
5. Qudratlilik - ilmli va aqlli. Bular bari Allohga tegishli. Alloh borligi zaruriy boʻlib, olamlar borligi mumkindir.
Turli manbaʻlarni tadqiq qiladigan boʻlsak, masala qadimiy Greklarga borib taqaladi. Ularda Alloh olamdan munazzah bir borliq emas, aksincha olam bilan bir borliqdir. Bu munosabatni keyinchalik xristian faylasuflari Promo, Avgustin va Boyetsiylar qoʻllashgan. Alloh va olamning azaliy ekanligi Aflotunning Timur bilan boʻlgan dialogida keltirilgan. Aflotun fikriga koʻra, "Demiurg" meʼyorida keltirilishicha, belgili va belgisiz moddalardan narsalar shakl olgan, yani Alloh borliqni yoʻqdanmas, bor narsalardan yaratgan (xuddi xozirgi ixtirolar kabi). Buni oʻsha vaqt xrictianlari qabul qilishgan.
Xristianlardan keyin yaratish masalasi bilan islom faylasuflaridan asosan Kindi, Farobiy va ibn Sinolar mashgʻul boʻlishgan. Xususan, ibn Sino qadimiy Grek tushunchasidagi olamning Alloh bilan bir ekanligi dunyo qarashlarga, soʻngra xristianlik va kalomchi moʻtazilalarda yunon falsafasidagi azaliylik tushunchasidan taʼsirlanib oʻrtaga qoʻygan fikrlarga oʻta ehtiyotkorlik bilan qarshi turgan.
Ibn Sinoning borliq haqidagi tushunchasida panteizm (Xudo bilan tabiat bir narsa, degan taʼlimot) negizlari bor deguvchilar ham boʻlgan.
Sabab (arqon) va musabbib (bogʻlanish) nuqtai nazaridan olib qaraganda, ibn Sinoning Allohning borligini biron bir ilm masalasi boʻlishdan uzoq boʻlib, faqatgina maqsadi boʻlaolishi mumkin. Balkim sabab va musabbib pogʻonalarini batafsil oʻrganib chiqilsa, evolyutsiya tabiatda bor narsa ekanligini ibn Sino dunyo qarashidan koʻrish mumkin. Chunki Alloh yaratgan har narsa bu evolyutsiya qonuni asosida harakatga va hayotga egadir. Ibn Sino sof aql tahlili va tanqidi bilan Allohning bor ekanligi tushunchasiga koʻp toʻxtalgan. Bu jihatdan olib qaraganimizda, ibn Sino bir panteist faylasuf ekanligini aytishimiz mumkin emas. U har na sabab Arastuda boʻlgani kabi sabablarni "moddiy, sunʼiy, gʻoyaviy va gʻofil"sabab oʻlaroq toʻrtga ajratgan boʻlsa ham borliq va mohiyat jihatidan olib qaraganda Arastuda nuqtai nazarda ajralib turadi. Alloh zaruriy borliq boʻlgani uchun hamma mavjudotning ilk sababi hisoblanadi, deydi ibn Sino. Bu jihatdan olib qaraguvchi boʻlsak, aslo Allohning jinsi - nasli yoʻq. Bu sabab Allohga "nima" yoki "nega" savolini berolmaymiz. Uning borligi moddiy va maʼno jihatdan boʻlinishi mumkin emas. Allohniňg bir oʻxshashi (nidd), qarshisi (zidd), oʻrtogʻi (sherigi) va turi (navi) yoʻqdir. Uning borligi aql ila Irfon bilan bilinadi, deydi ibn Sino. Borligi va mohiyati bir boʻlgani uchun haqiqiy borliq (haq) Allohning oʻzi. Ibn Sino Allohning jinsi va turi boʻlmagani uchun u javhar emasligini ham asoslagan. Alloh moddiymas va har turli moddiy boʻlgan narsalardan ham munazzah (uzoq) dur. Bu sabab ibn Sino tushunchasida panteistik yoʻnalishning bor ekanligini aytish oʻrni yoʻq. Faqat Allohning yaratgan narsasidan, boshqacha aytganda olamda evolyutsiyasi borliq masalasi asoslantirishi mumkin.
Ibn Sino, mohiyati va borligi bir boʻlgan zaruriy borliqning bu xususiyati sababli modda va moddaga asoslangan har turli xislatdan munazzah ekanligini, shuning uchun sof aql boʻlishi kerakligini ifoda qilgan. Bu sof aql oʻlaroq Alloh Aql va Maʼqul boʻlgan Allohdir. Bu sababi kim, ibn Sinoning Alloh Tushunchasida panteistik tushuncha yoʻq deb aytishimiz mumkin. Chunki ibn Sino Alloh ila olamni bir deb hisoblamaydi. Unga koʻra Alloh zaruriy borliq, olamlar esa yaratilgan materiyadir. Ibn Sinoda Spinozadagi kabi panteistik nuqtai nazar yoʻq. Ibn Sino Allohning (al-aqlul-vujud) borligini isbot qilishda Ashʼariy va moʻtazila kabi kalomchilarning nuqtai nazarlaridan taʼsirlangani ham maʼlum. Ibn Rushdning fikriga koʻra, zaruriy borliq bilan mumkin borliq orasidagi sababli aloqani falsafa ilmiga bogʻlagan inson ibn Sino boʻlgan. Bu tushunchaga koʻra har mumkin boʻlgan narsaning bir asosi boʻlishi shart. Bu asosi qadim esa Allohdir. Ibn Sinoning fikriga koʻra mohiyati va borligi bir va ayni boʻlgan zaruriy borliq bu xususiyati sababli har qanday materiya va moddaga xos xususiyatdan uzoq boʻlgani uchun sof Aqldir (al-aqlul-Mahz). Ibn Sino Allohni oʻz oʻzini bilgan Aql va Maʼqul boʻlgan borliq deb hisoblaydi.
"...Agar mohiyat zotidan esa aql etar va zotining keragi, oʻziga bitishi ajralmagan mujarrad mohiyatlarning hammasini aql etar (tushungandan). Bu sabab ila uning oʻzi bizzot aql va aql etilgandir. Bu borada aql etgan aql etilgan boʻlishini na zotdan va na eʼtiborda ikkilik emasligini tushungan boʻlding....qoʻlga kiritilgan maqsad, boʻlinmagan yagona bir boʻlgan narsadir. Uning aql etgan va aql etilgan boʻlishining, unda har qandayin kasratlarning boʻlishiga ehtiyoj boʻlmaganligi oʻrtaga chiqmoqda" [ibn Sino].
Ibn Sinoning bu nuqtai nazarida olam va Alloh orasidagi munosabatni ham oʻz tushunchasida har qanday panteistik tushunchadan ajrata yotgan ekanligini koʻrishimiz mumkin. Ibn Sino "an-Najot" nomli asarida muxolifatning qarsi fikriga qarata Allohning zamon va zamon ila boʻlgan harakatida oldin ekanligi haqida juda ham maʼqul fikrlar bayon etgan. Bu fikrlarga qaraganimizda shularni tushunishimiz mumkin. Muxoliflar Allohning olam bilan birlikda harakatga boʻlgan borliq ekanligini bildirganda, ibn Sino yaratilgan narsaning Alloh ilk zamonda birlikda bor ekanligini tushunsak har ikkalasining yaratilgan ekanligini tushunishimiz zarur boʻladi. Faqat Alloh uchun aql etishi yaratmasi ibn Sino tushunchasida bir xil boʻlib, Alloh zoti ila zamonni ham yaratgan narsasi bilan birlikda bor qilgan. Bu jihatdan olib qaraganimizda Alloh zamondan ham avval zaruriy bor boʻlgan borliq. Yaratguvchining yaratgan narsasi ila birlikda boʻlishi uning avval boʻlishiga halal keltirmaydi. Ibn Sinoning bu yerdagi taʼsiri juda muhim. Ibn Sino Aflotunning nazariyasini va keyinchalik falsafa anʼanalarida quyosh misolida tabiiy zaryriylik fikrini oldinga surgan nazariyalarni ham rad qilgan. Buning sababi ibn Sinoga koʻra bunday fikr, Alloh-olam oʻrtasidagi bogʻni, oʻzini bilgan zaruriy borliqning oʻzidan boshqa narsaga bu bilimni kerakli anglashilishiga olib kelmoqda deb aytadi. Bu shakldagi mexanik tushuncha sabab va natija orasidagi zaruriy aloqaning Allohning (aqli) va bilgisidan kelishi tushunchasini rad qilish boʻlib sanaladi. Bu esa ibn Sinoning zaruriy borliq tushunchasi bilan batafsil qarama qarshidir. Ibn Sino tushuncha sistemasida Zot qandayin zotiy /Zotini bilishdan boshqa boʻlmagani kabi ilohiy iroda ham bu bilishdan boshqa emas. Chunki yuqorida aytib oʻtilgani kabi Zaruriy Borliqning bilishi va iroda bir va ayni boʻlib bir biridan ajralgan emasdir.
Ibn Sino tushunchasida kosmik tartibining zaruriy prinsipi ilohiiy aqldir. Ilohiy aql/tushunmogʼi olamdagi yaxshilik/goʻzallikni zomining borligining dalili boʻlib hisoblanadi. Chunki ilohiy aqlning bu prinsipi tomonidan olib qaralganda "jud" ila "vujud" konsepsiyasi oʻrtasida ontologik bogʻ bor. Alloh saxiy borliq boʻlgani uchun olamga bu saxovati sababli bor boʻlishni vujudga keltirmoqda. Bu jihatdan olib qaraganda ibn Sinoning konsepsiyasiga koʻra Allohning bir Borliq oʻlaroq Bergan-borliq oʻlaroq olam bilan boʻlgan munosabatida uch tomondan taʼkid etilmoqda. A) taqaddum-taaxxur(oldin boʻlish-soʻngra kelish); b) stigna-xajet (mustaqillik-qaramlik) c) vujub-imkan (zaruriylik-zaruriy emaslik). Ibn Sinoning bu zaruriyatidan harakat qilgan xolda uning Alloh va olam orasidagi munosabatini Aflotun va keyingi falsafa anʼanalardan farqli ravishda islom dinining eʼtiqodlari charchavasida izoh va tahlil qilganligini aytish mumkin.
Ibn Sinoga koʻra har bir bor boʻlgan narsa qudratli bir borliqqa oʻxshagani harakat qiladi. Bu jihatdan olib qaraganda hamma narsa tamalda ilk sababga, yaʼni Allohga oshiq boʻlgani oshiqadir. Arastuning "falak mashuqning harakat ettirishi kabi harakat qildirgan abadiy quvvat bilan harakat etmoqda" soʼzi falaklar ham tubanlikka qarata bor boʻlgan harakat sababining sevgi boʻlganligini oʻrtaga chiqarmoqda. (Ibn Sino) Falakning sevgisi sababli Allohga itoat qilishi natijasida ilk harakat yuzaga kelgandir. (Ibn Sino) Ibn Sinoga koʻra bu ilk harakatning gʻoyasi Allohdir.
Olamda butun mavjudotga qadar bu ilk borliq sevgisi oy osti olamigacha tushadi. Oy osti olamida bor boʻlgan mavjudotlardan biri aqlga ega boʻlgan insondir. Boshqa mavjudotlardan farqli oʻlaroq inson oʻzining ustidagi borliqqa oʻxshagani harakat qiladi. Chunki Farobiyning ifoda qilgani kabi uning ustida faol aql bor. Ibn Sino insonlarning shuning uchun faol aqlga oʻxshagani harakat qilishadi degan. Faylasufning tushunchasiga koʻra insonlar faol aqlga oʻxshash va uning bilan aloqa qilishicha moddiy olamdan uzoqlashib maʼnaviy olamga yaqinlashishi kerak. Faol aql bilan aloqaga oʻtishning oʻzi - bir boʻlagiga ulashmoqdir.
Ibn Sino Alloh va Inson bilgisi ustida fikr yuritar ekan, u koʻp islom olimlari ega boʻlmagan epistomologiya (gnesologiya sinonimi - bilish,bilgi nazariyasi) tushunchasini oʻrtaga qoʻygan. Ibn Sinoga koʻra anglashga sabab boʻlgan har bir narsa alohida, yolgʻiz narsa boʻlib uning anglashilishi uchun biron bir aloqa kerak. Boshqacha qilib aytganda insonning yolgʻiz narsalarni tushuna olishi , anglay bilishi uchun tuygʻu aʼzolari bor. Yolgʻiz narsalar koʻp va ular oʻzgarishga egadirlar. Atay aytgani kabi ibn Sino tushunchasida Allohning hamma narsani bilishi undagi bilgida biron oʻzgarishga olib kelmaydi.

Davomi bor.