Jagʼ va burun suyaklari to‘g‘risida
Jag' choklarini bayon qilganda yuqori jag'lar va chakkalardagi suyaklarning choki ma'lum bo'ladi. Shunday qilib biz aytamiz: yuqori jag'ni yuqoridan u bilan manglay o'rtasida umumiy bo'lgan, chakkadan-chakkaga qosh ostidan o'tgan chok cheklaydi. Pastdan yuqori jag'ni tish kataklari, ikki tomondan esa, quloqlar tarafidan keluvchi chok cheklab turadi. U [chok] yuqori jag'lar va "ponasimon" suyaklar o'rtasida umumiydir. "Ponasimon" suyak oziq tishlarning orqasida joylashgan. Boshqa tomondan uning uchi egiladi - men aytmoqchimanki, u "lom" shaklidagi chokning ichki tomoniga egilib, ozgina chetga chiqadi.
Bu chokni ajratuvchi yana bir chok bor. [Bulardan boshqa] yana bir chok bor, uning to'g'risida [keyinroq] so'zlaymiz.[Bu chok] tanglayning tepasini uzunasiga kesadi.Yuqori jagʼning chegaralari ana shulardir. Bu yuqori jag' chegaralaridagi ichki choklarga kelsak, [ulardan biri] tanglayning yuqori qismini uzunasiga kesuvchi chok va yana biri ikki qosh o'rtasidan boshlanib. ikki kurak tish o'rtasidagi oraliqning qarshisigacha cho'ziladigan chok, yana biri bu chokning boshidan boshlanadi va undan ayrilib, kurak tish va o'ng qoziq tish o'rtsidagi oraliqning qarshisigacha pastlashib tushadi. Ana shunday chok [qoziq tishning] so'l tomonida ham bor. Shunday qilib, bu uch chok bilan , ya'ni o'rta va ikki yonbsh choklar va eslatib o'tilgan tish kovaklari qarshisidagi joy o'rtasida ikki uchburchak suyaklar chegaralanadi. Bu uchburchak suyaklarning asosi tish kataklari yonida emas, balki ular oldida burun teshiklari asosiga yaqin joyda joylashgan kondalang chok bor. [Chunki] uchchala chok ko'ndalang chokdan nariga . oldin eslatib o'tilgan joylargacha boradign bo'lgani uchun uchburchak suyaklar ostida , uchburchak suyaklarning asosi. tish chuqurchalari va tashqi choklarning bo'laklari o‘rtasida butunlay yotadigan ikkita suyak tashkil topadi. Bir suyakni boshqasidan o'rta chokning davomi ajratib turadi, chunki har ikkala suyakda ularni ajratib turuvchi chok yonida-ikkita to'gʼri burchak paydo bo'ladi, qoziq tish yonida otkir burchak va burun teshiklari yonida o'tmas burchak bo'ladi. Umumiy yuqori chokdan ko'zlarga qarab tushib keluvchi chok ham yuqori jag' choklaridandir. Ko'z chuqurligiga yetgah, u uch tarmoqqa bo'linadi; [ulardan]bittasi peshona bilan tutahgan chokning tagidan va k'oz chuqurligining yuqorisidan o'tadi va qoshga kelib yetadi, undan pastroqda ikkinchi chok ham qoshgacha boradi, ammo ko'z chuqurligiga kirmaydi, uchinchi chok ko'z chuqurligiga kirib, so‘ngra- qoshgacha boradi.Bu choklar qosh ostidagi choklarga nisbatan qanchalik past bo'lsalar, yuqorti chok tegib turgan joydan shunchalik uzoq bo'ladilar.Lekin uch chokning birinchisi ajratib turgan suyak eng katta , undan keyingi ikkinchi chok ajratib turgan [suyak] turadi.
Burunga kelsak, uning foydalari aniq. Ular [uch] xildir. Ulardan biri shundaki, burun o'zidagi kovak tufayli havoning tortilishiga yordam beradi, [shuning natijasida] unda havo ko'p miqdorda saqlanadi va uning [issiqligi] miyaga o'tgancha ancha mu'tadillashadi. Chunki olinuvchi havo umuman o'pkaga borsa ham, uning ma'lum miqdordagi bir qismi miyaga ham o'tadi.
Hidlash uchun [havoni] tortishda [burun], [hid] kuchliroq va to'g‘riroq sezilsin uchun bir muncha havoni hidlash a'zolari oldida bir joyga yig'adi. Bir manfaatdagi uch foyda ana shudir.
Ikkinchisiga kelsak, burun tovushlarni ajratishga yordamlashadi, chunkip ularni ajratib chiqarish yengilroqdir, ma'lum miqdor havo chiqarilganida , tovushlarni ajratmoqchi bo'lgan joylarda hamma havo to'planmaydi. Bir manfaatdagi ikki foyda ana shudir. [Ichida havo] to'silib qolmasligi uchun surnaydagi teshiklar nima qilsa, tovushlar uchun havoni o'lchab taqsimlashda burun ham oʼshani qiladi.
Uchinchi foyda shundaki, burun boshdan chiqariladigan chiqindilarni ko'rsatmaydi, berkitib turadi, yana, shuningdek, [havo] chiqarich yo'li bilan ularni chiqarib tashlashga yordamlashuvchi a'zo bo'lib xizmat qiladi.
Burun suyaklari uchburchakka o'xshash ikki suyakdan iborat bo'ladi. Bu uchburchakning burchaklari yuqorida tutashadi, asoslari esa burchak oldida bir-biriga tegib turadi va ikki burchaklari bilan bir-biridan ajrab turadilar. Bu ikki suyaklardan har biri yuz suyaklari chokidan pastroqda . yuqorida ayttib o'tilgan tashqi choklarning biruga borib tegadi.Suyaklarning pastki uchida ikkita yumshoq tog'ay turadi. Ular o'rtasida o'rta chok bo'ylabyuqori qismi pastki qismidan qattiqroq bo'lgan bir tog'ay bor. Bu tog'ayning o'zi qolgan ikki tog'aydan biroz qattiqroqdir. Orta tog'ayning foydasi shundaki, u burunni ikki burun katagiga bo'ladi, [buning natijasida] miyadan keluvchi chiqindi tushib kelayotganda, ko'pincha burun kataklaridan biriga buriladi va miyadagi ruhga rohat beradigan havoni yetkazuvchi nafas yo'lining hammasini berkitib qo'ymaydi. Ikkala chekkadagi tog'aylarning foydalariga kelsak, ular uch [xil]dir. Bu [birinchidan] umumiy barcha suyaklarning oxirlaridagi tog'aylarga xos bo'lgan umumiy-lfoyda, - biz buni aytib o'tdik; ikkinchi foyda shundaki, tof'aylar titrab, silkinibva tebranib, nafas chiqarishpb vaqtidabug'larni chiqarib tashlashda yordamlashadilar. Har ikkila burun suyaklari yumshoq va yengil qilib tuzilganlar, chunkiyengillik bu yerda maxkamlikka qaraganda zarurdir, ayniqsa, shuning uchunki, bu ikki suyakzaralanishi mumkin bo'lgan a'zolarga borib taqalmaydilar va shunday o'rnashganlarki. sezgi ularni saqlab turadi.
Quyi jaqqa keksak, uning syaklarining surati, foydalari ma'lum.U iyak owstida harakatsiz bo'g\in orqali qo'shiladigan ikki suyakdan iborating boshqa ikki uchida egilgan balandlik bor. [U balandlik chakka] suyagidan chiqib, o'sha yerda tamomlʼ bo'luvchi [o'sha balandlikka] moslangan o'siq biln qo'shiladi. [Pastki jag' ] suyaklari o'z tutashgan joylarida boyloq bilan birikkandirlar.