Kaft, barmoqlar va tirnoqlar haqida

Ibn Sino, Ergashaka 2025-06-01 14:22
Hammani oʻz shoiri bor,
Oʻqirmanlarimni safi tor.


Tuyuqlarim mahzi quyuq,
Qalbingizga qilingiz uyuq.


Hayoting boʻlsa ham haqir,
Ruhiyatingni qilmagʼil faqir.


Masnaviylarim ildizi qaviy,
Hajmi arzu samoday hoviy.


Maqsad qil boʻlmoqqa ulugʻ,
Jiddu jahdla ilming qil bulugʻ.


Kaft va barmoq suyaklari va tirnoqlar xususiyati va anatomiyasi


Kaft ham zararlanish yuz berganida [hamma suyaklarga] yoyilib ketmasin uchun va qo'l panjasi yumaloq narsalarni ushlaganda kaftda chuqurlik tashkil qila olsin uchun, yana shuningdek, qo'l panjasi (va kaft)da suyuqlikni tutish mumkin bo'lsin uchun bir necha suyaklardan tashkil topgan. Bu suyaklarning bo'g'inlari harakatsizdir, [u] suyak tarqalib ketmasin va qo'l panjasi ushlashda kuchsiz bo'lib qolmasin uchun o'zaro maxkamlangan.

Agar qo'l panjasining terisi shilib olinsa, bu suyaklarning birikkan ekanini va bo'g'inlarning sezilmas ekanini ko'rish mumkin. Shu bilan birga boyloq ularni qattiq ravishda bog'laydi, lekin ular yengilgina yaqinlasha oladilar va qo'l panjasining ichki qismida chuqurlik xosil qilishga layoqatlidirlar.

Kaft orqasi suyaklari torttadir, chunki ular tortta barmoqqa yoyiladilar. Bilak tomonidan ular o'zaro jips yopishgan va qo'shilgan suyaklari bilan yaxshi qo'shilish uchun yaqinlashadilar, barmoqlar tomonida esa , bir-biridan ajraladigan va uzoqlashadigan suyaklar bilan yaxshi qo'shilish uchun ular bir oz ajraladilar. Ichki tomondan ular, o'zing biladigan cabab bo'yicha, chuqur qilinganlar. Kaft orqasi bo'g'ini (va] bilaguzuk suyaklari uchidagi chuqurchalar vositasi bilan birlashadi. [Ularga] tog'aylar bilan birikkan kaft orqasi suyaklarining do'ngliklari kirib turadi.

[Barmoqlar] narsalarni tutishga yordamlashuvchi quroldirlar. Ular suyakdan xoli ravishda go'shtdan tuzilgan emas, chunki ular agar suyaksiz tuzilganda, ko'p qurt-qumursqa va baliqlar kabi har xil yengil harakat qilgan bo'lardi.

Barmoqlar o'zlarining harakatlari qo'li [doim] titrab turadigan kishilarning harakatidan ham zaifroq bo'lmasin uchun suyakka ega bo'lganlar, lekin ular tomiri tortib qoladigan [kishilarda bo'ladigani] kabi o'zlarining harakatlari qiyinlashmasligi uchun bir suyakdan iborat qilib yaratilmagan. Suyaklar soni uchtaginadir, chunki agar ularning soni ko'proq bo'lganda edi, bu xol [barmoqlar] harakatining ko'payishiga sabab bo'lar [bu esa], albatta qattiqroq ushlanishi lozim bo'lgan narsani ushlashda bo'shlik va zaiflikni keltirib chiqarar edi. Shuningdek, barmoqlar uchta [suyakdan] ozroq qilib yaratilganda, masalan, ikki suyakdan iborat bo'lganda, ularning qattiqligi yetarli, harakatchanligi esa oz bo'lar edi. Barmoqlarga esa xaddan tashqari, qattiqlik [emas], turli harakatlarga yordamlashuvchi erkinlik zarur.

Barmoqlar asoslari keng, boshchalari esa torroq bo'lgan suyaklardan tuzilganlar. Quyida yotuvchi suyaklar asta-sekin kattalashib boradilar, shu sababli barmoqlarning uchi eng ingichka suyak bo'ladi, bu ko'taruvchi va ko'tariluvchining nisbati to'gri bo'lsin uchundir. Ularning suyaklari zararlanishdan saqlanish uchun yumaloq qilib tuzilganlar, ular maxkamdirlar, harakat, ushlash va ko'tarishda chidamli bo'lsin uchun kovak va ilikka ega boʼlmaydilar. Barmoqlarning suyaklari ichki tomonga egilgan va tashqariga bo'rtib chiqqan xolda yaratilganlar, shuning uchun ushlagan narsani yaxshi tutadilar, uqalaydigan va siqadigan narsani yaxshi uqalaydilar va siqadilar. Yondosh barmoqlarning ayrim qismlarida chuqurlik yo do'nglik yo'q, shunda bir butun suyak vazifasini bajarish to'g'ri kelganda, ular bir-birlari bilan yaxshi birikadilar va go'yo bir butun suyak tashkil qiladilar. Lekin tashqisi, chetki barmoqlar, masalan, boshmaldoq va jimchiloq bir tomonga egilganlar. Ular bir-biriga tegmaydigan tomonga egilganlar. Siqish paytida yumaloq shakl paydo qiladi va bularni zararlanishdan saqlaydi. Barmoqlarning ichki tomoni tayanch berish uchun va ukar biror narsani ushlaganlarida cho'zila jlsin uchun go'shtli qilib yaratilganlar. Tashqaridan esa bunday emas. Bular og'ir bo'lmasin uchun hamda birlashganda zarba beruvchi a'zo bo'lishi uchundir.

Barmoqlar tutashganda yaxshi joylashishlari [va] yopishib ketishlari uchun sergo'sht qilib tuzilgan. O'rta qo'l bo'g'inlari eng uzun, so'ngra nomsiz barmoq, songra ko'rsatgich, songra jimchiloq turadi, [bu] siqilgan vaqtda ularning uchlari barobar tursin va ular o'rtasida biror oraliq qolmasin, kaft tutib olgan yumaloq narsa ustidan egila olsin uchundir. Boshmaldoq [boshqa] to'rt barmoqni barobar tutadi va u boshqa joyda bo'lganda, befoyda bo'lar edi .

Boshmaldoq kaft suyagi bilan bog'langan emas. Bu ular o'rtasidagi masofa toraymasin uchundir. To'rt barmoq bir narsa ustidan biror tomondan qo'shilsa va boshmaldoq boshqa tomondan unga qarshi tursa, unda kaft katta narsani ushlay oladi. Boshmaldoq yana tiqin bo'lib xizmat qiladi va kaft uchlab turgan narsani berkitib turadi. Jimchiloq va nomsiz barmoq ostdan qapqoq kabi bo'ladilar. Barmoq suyaklarining hammasi chuqurchalar va do'nglik bilan qo'shilganlar. Ular o'rtasida yopishqoq suyuqlik bor. Barmoq bo'g'inlari maxkam boyloqlar va tog'aysimon pardalar bilan o'ralganlar. Bo'g'inlarning oralari yaxshiroq maxkamlanish uchun 'kunjutsimon suyak" deb ataladigan kichik suyaklar bilan to'ldirilgan.

Tirnoqlar to'rt xil foyda uchun tuzilganlar. [Birinchidan], ularning barmoqlar uchun himoya bo'lishi va barmoqlar biror narsani qattiq siqib turganda kuchsiz bo'lib qolmasligi uchun; ikkinchidan, barmoqlar yerdan mayda narsani tera olsin uchun; uchinchidan, tirnoqlar orqali tozalash va qashish mumkin bo'lsin uchun; to'rtinchidan, [tirnoqlar] ayrim xollarda (yengil) qurol bo'lib xizmat qilishi uchun. Birinchi uch [foyda] incon turiga loyiq, to'rtinchisi esa boshqa hayvonlarga munosib. Tirnoqlar ma'lum sabablarga ko'ra yumaloq chetli qilib tuzilganlar va yumshoq suyakdan iboratdirlar, [bu] biror narsa ularni bosganda siniib ketmasliklari uchundir. Tirnoqlar doimo o'sib turadilar, chunki ular ko'p yedirilish va yulinishlarga uchraydilar.

(Tirnoqlar uchi oralig'ida kir, mikrob va zamburug'lar to'planmasligi uchun haftada bir-ikki marta qirqib turiladi. Yana, tirnoqlarning eng katta foydalaridan biri - tirnoqlarga qarab, turli kasalliklarni aniqlab tashxis qo'yiladi. Yaqin kunlarda ushbu saytimda bu to'g'rida katta maqola beraman).