Kalla suyagi haqida

Ibn Sino, Ergashaka 2025-05-23 13:09

Kalla suyagining anatomiyasi va uning foydalari haqida


Kalladagi barcha suyaklarning manfaati shundaki, [ular] miya uchun qalqon bo'lib xizmat qiladilar, [uni] berkitib turadilar va [har turli] ofatlardan saqlaydilar. Kalla suyagining bitta emas, bir necha suyaklardan tuzilganidan keladigan foydalar ikki turkumga bo'linadi. Birinchi turkum suyakning o'ziga oid sharoitlar bilan bog'langan, ikkinchi turkumi suyak o'z ichiga olgan narsalarga bogliq. Birinchi turkum ikki foydaga bo'linadi. Ulardan biri shuki, agar kalla suyagining bir qismi zararlanib, sinish yo chirish kasalligi [yuz bersa], ular butun kalla suyagiga tarqamaydi; agarda u bitta suyakdan iborat bo'lganda tarqagan bo'lar edi. Ikkinchisi, bir suyakda qattiqlik va yumshoqlik, siyraklik va zichlik, yupqalik va qalinlik jihatidan ba'zi sharoitlar talab qilinadigan farqlar bo'lmaydi. Bu sharoitlar tog'risida biz quyida so'zlab o'tamiz. Boshqa turkum - choklar tomonidan amalga oshiriladigan foydalardir. Ulardan ba'zilari miyaning o'ziga bog'liqdir, chunki choklar miyadan ajraydigan, ammo suyaklarning qalinligi natijasida chiqib ketish uchun yo'l topolmaydigan bug'larga yo'l beradilar, shunday qilib, miya, bu bug'larni ajratib, o'zi tozalanadi.


Choklarning boshqa foydasi boshning turli qismlarida o'sadigan va miyadan chiqadigan asab tolalariga bog'liqdir, [choklar] ularga yo'l beradi. Har ikkala foyda miya va boshqa ikki narsa uchun umumiydir.


Bu foydalardan biri boshning ichiga kirib boradigan tomirlar va arteriyalarga bog'liq - [choklar] ularga yo'l beradi. Boshqa foyda miyaning qalin va og'ir pardasiga [qobig'iga] bog'liqdir: u pardaning qismlari chokka yopishib turadilar va shu tariqa miyaga tegmasdan ko'tarilib, uni ezmaydilar.


Bu suyakning (kalla kosasining} tabiiy shakli yumshoqdir, [yumaloqlik] ikki sharoit ikki foyda bilan aniqlanadi. Ulardan biri [kalla suyagining] ichki qismiga bog'liqdir. Yumaloq shakl, agar hajmi barobar bo'lganda, to'g'ri chiziqlar bilan o'ralgan shakllar egallaydigan maydonga qaraganda ko'proq maydonni egallaydi.


Boshqa foyda kalla suyagining tashqi tomoniga bog'liqdir. Yumaloq shakl zarbalardan burchakli shakl ta'sirlangan darajadan ko'ra ozroq ta'sirlanadi. Kalla suyagi yumaloq bo'lishi bilan birga cho'zinchoq shaklda ham tuzilgan, chunki miya asablari osib chiqadigan joy uzunasiga joylashgan, bu ularning siqilib qolmasliklari uchun zarurdir. Kalla suyagida [oldinga va orqaga chiqib turgan] ikkita doʼnglik bor, [ular] har ikkala tomondan pastga tushadigan asablarni saqlab turishlari kerak. Bunday shakldagi [kalla suyagi] uchta haqiqiy va ikki yolg'on choklarga egadir. Birinchi choklarga peshona bilan qo'shilib ketadigan yoy shaklidagi va toj choki deb ataladigan chok va kallaning qoq o'rtasidan uzunasiga ikkiga bo'linib, to'g'ri o'tadigan chok kiradi. Bu chokni alohida olganda "o'qsimon" deb ataydilar, toj choki bilan solishtirib qaraganda, "siqsimon" chok deydilar. Shakl bo'yicha u, ortasidan tik chiziqqa o'xshagan to'g'ri chiziq o'tadigan yoyga o'xshaydi. U bundaydir: --- )


Uchinchi chok boshning orqa tomon va tubi o'rtasidagi umumiy chokdir. U, uchi o'qsimon chokning oxiriga borib taqaladigan burchak shakliga egadir va "lom ( yunon lomi harfi) ga o'xshash" deb ataladi, chunki yunonlar alifbosidagi lom harfiga oxshaydi. Oldingi ikki chok bilan qo'shilganda uning shakli mana bunday bo'ladi: > ---


Ikkita yolg'on choklarga kelsak, ular boshning har ikkala tomonida o‘qsimon chokka parallel ravishda uzunasiga boradilar. Ular suyakka butunlay botib ketmaydilar va shuning uchun "tangasimon" (baliq tangasisimon) deb ataladilar. (1 kitob 106 betning shu joyidagi shaklga qarang).


Kallaning tabiiy shakli ana shundaydir. Kallaning g'ayritabiiy shakliga kelsak, ular uch [xildir]. Birinchi shakl - kalla suyagining oldingi doʼngligi yetishmaganligidir. Bunday vaqtda choklardan toj choki bo‘lmaydi. Ikkinchi [shakl] - ortki do'nglik yetishmasligidir. Bunday vaqtda kalladagi choklardan "lom" shaklli chok yetishmaydi. Uchinchi shakl kallada har ikki do'nglik ham bo'lmaydi va kalla soqqaga o'xshagan bo'lib - uzunasiga ham eniga ham bir xil bo'ladi. Tabiblarning fozili Jolinus bunday deydi: [Kallaning] bu shaklida masofalar barobar bo'lgani uchun haqiqat yuzasidan, choklarning taqsimlanishi ham barobar bo'lishi kerak. Ammo [kallaning] birinchi [shaklida] choklar bunday taqsimlanadilar: uzunasiga - bir chok, koʼndalangiga - ikki chok, bu yerda esa uzunasiga ham, ko'ndalangiga ham [bir chok joylashgan]. Shuningdek, koʼndalang chok kalla enining o'rtasida eniga - quloqdan quloqqacha "x" shaklida uzunasiga cho'ziladigan chok o'rtada uzunasiga yotgani kabi yotadi". Bu fozil tabib yana bunday deydi: "Miya qorinchalar yoki miya jismining o'zi shaklan biror darajada "kichiklanmay turib, kalla uzunligi enidan kam bo'ladigan to'rtinchi g'ayritabiiy shaklga ega bo'lisi mumkin emas, [miyaning yoki miya qorinchalarining ana o'shanday kamayishi esa] hayotga va [jism] tuzilishining to'gʼriligiga xilofdir". [Shunday qilib, Jolinus] kalla suyaginig faqatgina to'rt shaklda bo'lishini aniqlagan Buqrot so'zlarini topadi, xolos, shuni bilib qoying.