Kalla tub suyaklarining anatomiyasi haqida
Kallada shu [aytib o'tilganlardan] so'ng yna beshta suyak bo'lib, to'rttasi devorga o'xshagan, bittasi asoslik [vazifasini bajaradi].
Bu devorlar tepa suyagiga qaraganda qattiqroq qilib tuzilganlar, chunki ularning yiqilishdan va urilishdan zararlanishlari ko'proq yuz berib turadi,[bundan tashqari] kalla suyagi va tepa suyagi ikki sababga binoan ilma-teshik [g'ovak] bo'lishi zarurroq. Bu sabablardan biri shundaki, ular orqali miyadan ajraydigan bug'lar o'tishi, ikkinchisi esa ularning miyani og'irlashtirmasligi uchun.
Devorchalarning hammasidan ko'ra qattiqroq qismi ularning orqa tomonidir, chunki u [tashqi] sezgilar bilan himoya qilinmagan. Birinchi devor peshona suyagi. Uni yuqoridan toj choki, pastdan esa toj suyagining uchidan boshlab ko'zlar ustidan o'tadigan boshqa chok suyak turadi.Uning oxiri toj chokining ikkinchi uchiga kelib tutashadi. Oʼngda va chapda joylashgan devorlar quloqlar turgan suyaklardir. O'zining qattiqligi natijasida ularni "ikki toshcha" deb ataladi. Ulardan har birini yuqoridan tangasimon chok, pastdan esa lomsimon chokning uchidan boshlanadigan va [nariroqqa] borib, tojsimon chokning yonida tamom bo'ladigan chok cheklab turadi. Ularni oldindan tojsimon chokning bir qismi, optdan esa "lom"simon chokning bir qismi cheklab turadi. Tortinchi devorni yuqoridan lomsimon chok, pastdan esa lomsimon chokning chetlarini birlashtirib turadigan va kalla bilan ponasimon suyak o'rtasida umumiiy bo'lgan chok cheklab turadi.
Miyaning ostidagi asosi esa, boshqa suyaklarning hammasini ko'tarib turadigan suyakdir. Uni "ponasimon" [suyak deyiladi] va u ikki foyda uchun qattiq qilib tuzilgan. Bu foydalardan biri shundaki, qattiqlik ko'tarib turishga yordamlashadi, ikkinchisi esa, qattiq sauyak [miyadan] ajraluvchi chiqindilardan kamroq chiriydi. Bu suyak [uning ustiga] doimo quyilib turuvchi moddalar ostida joylashgan, shuning uchun u extiyot yuzasidan qattiq qilingan. Chakkalarda har ikkala tomondan ikkitadan qattiq suyaklar bor, [ular] chekkadan o'tadigan asablarni berkitib turadilar. Ular chakkaning uzunasiga qiya turadigan va juft deb ataluvchi suyaklardir.