Kasalliklar davrlari haqida
Bilginki, kasalliklarning koʼpchiligida toʼrt davr bo‘ladi: boshlanish, zo‘rayish, [zo‘rayishda] nihoyatga yetish davri va pasayish davri. Bu [davrlardan] tashqarigi vaqt sog‘lik davridir.
Boshlanish va nihoyatiga yetish davrlaridan kasallikning hali zohir bo‘lmaydigan [ko‘rinmaydigan] ikki tarafini tushunmaymiz, balki ikkovidan har biriga sezilarli va maxsus hukm va zamon bor deb tushunamiz. Boshlanish davri — kasallik paydo bo‘lib ortib turganligl zohir bo‘lmagan [bilinmagan] davri, o‘sish davri — kasallik vaqt o‘tishi bilan zoʼrayishi. Nihoyatga yetish davri kasallik hamma vaqt bir xolatda bo‘lib, to‘xtagan davridir. Pasayish davri kasallik kamaygani bilingan davridir. Shu davr qancha cho‘zilsa, kasallik kamayganligi shuncha ravshanroq bo‘ladi.
Bu davrlar goho kasallikka ko‘ra avvalidan oxirigacha uning [barcha] navbatlarida bo‘ladi va ularni umumiy davrlar deyiladi. Vaqtlar goho ayrim tutish navbatlariga muvofiq bo‘ladi va buni xususiy davrlar deb ataydilar.