Kasalliklar oldini olish

Ergashaka 2024-11-07 20:14
Kasalliklar oldini olish
Kasalliklar deganimizda ichki va tashqi nuqsonlar sabab, umumiy quvvat kamayishiga aytamiz. Kasallik o‘tkir va surunkali bo‘ladi. O‘tkir kasallik ko‘pincha tanho bo‘lib, tezroq tuzaladi. Surunkali kasallikning ko‘p qismi tuzalmagan o‘tkir kasallik qoldig‘i bo‘lib, ular qatoriga tug‘ma va nasliy kasalliklar qo‘shiladi. Surunkali kasalliklar ko‘p xollarda tuzalmay, asta-sekin bemorning sog‘lig‘ini yemirib boradi. Surunkali kasalliklar kishi tanasida soni qancha ko‘p bo‘lsa, shuncha tez qariydi va oz yashaydi.
Avvallari kishilarni ko‘proq yuqumli kasalliklar qirgan b‘olsa, keyingi paytda infarkt, insult va ateroskleroz kabi qon tomir kasalliklari, diabet va semirish kabi endokrin kasalliklari, rak kabi ildizi noma’lum kasalliklar va SPID kabi iflos kasalliklar qirmoqda. Bular yoniga yangi kasalliklardan allergiya va kimyoviy va tibbiy kasalliklarni ham tuzalishi dargumon dardlar qatoriga qo‘shsak, odamlar yaqin ming yilliklarda og‘ir hayot kechiradi.