Ko'krak umurtqakalari anatomiyasi
Ko'krak umurtqalari nafas olish a'zolarini o'rab turuvchi qobirg'alar birikadigan umurtqalardir. Ular o'n bitta o'tkir o'siqli va ko'ndalang o'siqli umurtqalar va bitta ko'ndalang o'siqsiz umurtqadan iborat bo'lib, jami o'n ikkitadir. Ulardagi o'tkir o'siqlar bir xil emas: ulardan muhimroq a'zolarga borib taqaladiganlari kattaroq va maxkamroqdir. Ko'krak umurtqalarining ko'ndalang o'siqlari boshqalarnikidan ko'ra qattiqroqdir, chunki ularga qobirg'alar borib birikadilar. Yettita ustki umurtqalardagi o'tkir o'siqlar katta, ko'ndalang o'siqlar esa yo'g'on bo'lib, bular yurakni himoya qilish uchun tuzilgan. Umurtqalarning tanalari band bo'lib qolgani uchun, ularda bo'g'in o'siqlari qisqa va keng qilib yaratilgan, o'ninchidan boshqa yuqori umurtqalarda yuqoriga qaratilgan bo'g'in o'siqlari bor. Ular ostki o'siqlardagi do'ngliklariga loyiq va ularning kirishi uchun [tuzilgan] chuqurchalarga egadirlar. Pastga qaratilgan o'siqlarda esa, chuqurchalarda joylashgan donggliklar bor. [Bu umurtqalarning ] o'tkir o'siqlari pastga egilgan. O'ninchi umurtqaga kelsak, uning o'siqlari to'gri turadilar; bo'g'in o'siqlarida esa har ikki tomoda chuqurchalar bor, ammo do'ngliklar yo'q, chunki ularga ham yuqoridan, ham quyidan [bo'g'in o'siqlarri] kiradilar. Songra o'ninchidan pastdagi [umurtqalar] turadi.Do'ngliklar ularda [yuqoriga], chuqurchalar quyiga qaragan, tishlar esa yuqoriga tortib turadi. Ularning foydalari to'g'risida so'ngroq gapiramiz.
Onikkinchi umurtqada ko'ndalang o'siqlar yo'q, chunki qobirg'alar bo'lgani uchun ularga ehtiyoj kam. Uning hammasi boshqacha foyda bilan qo'shilgan. Mana buning izohi bel umurtqasi kattaroq bo'g'inlarining maxkamroq bo'lishi talab qilinadi, chunki ular yuqoridagi narsalarni o'zlarida ko'tarib turadilar. Ularda chuqurchalar va dongliklarning ko'proq bo'lishi zarur, ularda bo'g'in o'siqlari ikki qavat qilingan. O'n ikkinchi umrtqaning unga yondosh tomoni o'shanga o'xshatib ikki qavat qilingan. Ko'ndalang o'siqlarga ishlatilishi lozim modda shu o'siqlarga ishlatilib ketgan. [O'n ikkinchi umurtqa] shunday kengaytirilganki, uning kengaygan qismi o'siqqa o'xshaydi va har ikki foyda shu shaklda ifodalanadi. Ko'krak qorin to'sig'ining bir uchi o'n ikkinchi [umurtqa]ga kelib yopishadi.
Bu umurtqadan yuqorida yotadigan umurtqalarga kelsak, hajmlari kichik bo'lgani tufayli, ularning bo'g'in o'siqlarini ko'paytirish bilan mustaxkamlashga xojat yo'q; ammo ularda o'tkir o'siqlar va ko'ndalang o'siqlar ko'p bo'lib, shu sababli ular bilan satxlari band bo'ladi.
Ko'krak umurtqalari bo'yin umurtqalaridan katta bo'lgani uchun ularning umumiy teshiklari har ikki umurtqa o'rtasida barobar taqsimlangan emas, balki [nisbati] asta-sekin o'zgarib boradi.Yuqori umurtqada teshik ko'proq, pastda yotganida esa ozroqdir. Nihoyat, oxirida teshiklar butunlay bitta umurtqada joylashgan. Ularning oxiri o'ninchi umurtqaga boradi.
Boshqa orqa umurtqalari va bel umurtqalariga kelsak, ularning tanalari butun teshikning joylashishiga imkon beradi. Bel umurtqalarida sabning chiqishi uchun o'ng tomonda va so'l tomonda teshiklar bor.