Ko'tariluvchi arteriya

Ibn Sino, Ergashaka 2025-06-22 19:38
Chapdast kishi arteriyadek gurs-gurs yuradi,
Yalqov esa venasimon go'yo mudrab turadi.
Yuqoriga ko'tariluvchi arteriya anatomiyasi haqida

Aortaning ikki bo'lagidan ko'tariluvchi qismiga kelsak, u ikkiga bo'linadi. Bularning kattasi o'mrov osti chuqurchasi tomon yo'naladi. So'ngra, o'ng tomonga qiyshayib, tutsimon g'ovak go'shtga borib yetadi-da, uch qismga bo'linadi. Bu qismlardan ikkitasi "uyqu" arteriyasi deb ataladi; ular chuqur joylashgan ikkita bo'yin venalari bilan birlikda va ularning so'ngilariga tarmoqlanishda hamroh bo'lib, o'ngdan va so'ldan yuqoriga ko'tariladi. Chuqur yotuvchi bo'yin venalari va ularning tarmoqlanishi haqida biz keyin gapiramiz.

Uchinchi qismiga kelsak, ular to'shda, birinchi chinqobirg'alarda, bo'yinning olti yuqori umurtqalarida va o'mrov suyagi soxasida tarqalib, kurak suyagining uchigacha borib yetadi. Keyin u kurak yonidan o'tib, ikki qo'lga o'tadi. Aortaning yuqoriga ko'tariluvchi ikki qismidan kichik qismiga kelsak, u qo'ltiq tomoniga boradi va u ham katta qismining uchinchisidek bo'linib ketadi.