Agar tibbiga sevgisiz boʻlsa yurak,
ismu zotin tabobatdan kura kurak.
Kurak xususiyati va anatomiyasi haqida
Kurak ikkita foyda uchun tuzilgan. Ulardan biri yelka va qo'lning osilib turishi va yelkaning ko'krakka zich borib taqalmasligidir: yelka ko'krakka birikkanda, bir qo'lning ikkinchi qo'l tomon erkin harakati yo'qolgan va siqilgan bo'lardi. U zarbalarga qarshi turuvchi umurtqalar bo'lmagan va ularni sezadigan sezgi yo'q bo'lgan joyda umurtqa o'tkir o'siqlari va ko'ndalang o'siqlarining o'rnida turadi. Kurak tashqariga qarab yupqalashib, ichkariga qarab qalinlashib boradi. Uning tashqi tomonida yuzagina chuqurcha paydo bo'ladi. Bu chuqurchaga yelka suyagining yumaloq boshi kirib turadi.
Kurakda ikkita o'siq bor. Ulardan biri yuqoriga va orqaga [yo'nalgan], u "sanchilgan" yoki "qarg'a tumshug'i" deb ataladi, bu o'siq kurakni o'mrov suyagi bilan bog'laydi va yelka suyagining yuqoriga chiqib ketishiga yo'l bermaydi. Ichkariga va quyiga yo'nalgan boshqa o'siq ham bor. U yelka suyagi boshining [o'rnidan] chiqib ketishiga yo'l bermaydi. Yana [kurak] ichkariga yo'nalgan xolda saqlovchilik imkoniyati orta borsin uchun har doim kengayib boradi. Kurakning ortki tomonida uchburchakka o'xshash o'siq bor. Uning asosi tashqi tomonga, burchagi esa ichki tomonga yo'nalgan. Bu orqa satxining zararlanmasligi uchundir, chunki uning asosi ichkariga yo'nalgan bo'lar edi. Bu o'siq umurtqa yonida joylashgan va umurtqaning o'tkir o'sig'i ornini bosadi va himoya uchun qilingan, u "kurakning ko'zi" deb ataladi. Kurakning kengayishi unga yopishib turgan uchi dumaloq to'g'aygacha boradi. Ana shu [tog'ay] boshqa tog'aylarni ta'tiflagan joyda aytilgan sabablar yuzasidan kurak bilan birikkan bo'ladi.