Mizojlar haqida

Ibn Sino, Ergashaka 2025-05-10 13:16
Abu Ali ibn Sino. Tib qonunlari
Uchincni taʼlim. Mizojlar toʼgʼrisida
Uch fasldan iborat. Birinchi fasl
Mizoj haqida


Men aytaman: ynsurlarning nihoyat darajada mayda boʼlaklaridagi qarama-qarshi kayfiyatlarning bir-biriga taʼsiri maʼlum bir chegaraga yetganda paydo boʼlgan kayfiyatga mizoj deyiladi. (Unsurlar toʼrtta - anosir arbaaʼ). Ularning toʼrttasi ham oddiy jism buʼlib, odam tanasi va boshqa murakkab narsalar uchun dastlabki boʼlaklardir. Unsurlar shunday oddiy jismlarki, ular surati turlicha boʼlgan boʼlaklarga boʼlinmaydi, balki murakkab jismlar oddiy jism (unsur) larga boʼlinadi. Oddiy jismlarning qoʼshilishidan olamda turli suratdagi navlar paydo boʼlgan kayfiyatga mizoj deyiladi.

Unsurlarning eng kichik boʼlaklaridagi kayfiyathar bir unsurning aksar boʼlaklari boshqasining aksar boʼlaklari bilan aralashishi uchun lozimdir. Bu unsurlar oʼz quvvatlari bilan bir-birlariga taʼsir qilishlari natijasida ularning hammasiga mos bir kayfiyat vujudga keladi. Ana shu kayfiyat mizojdir. Yuqoridagi unsurlardagi dastlabki quvvatlar toʼrtta: issiqlik, sovuqlik, hoʼllik va quruqlik. Maʼlumki, buzilib va mavjud boʼlib turgan jismlardagi mizojlar dastlabki quvvatlardan vujudga keladi. Umuman qarashda mizoj aqlan taqsim eʼtibori bilan, boshqa narsaga nisbat bermagan xolda ikkiga boʼlinadi. Birinchisi: mizojning haqiqiy muʼtadil boʼlmogʼi shu asosdagi, mizoj egasidagi qarama-qarshi kayfiyatlarning miqdorlari teng boʼladi. Ana shu miqdorlarning oralaridagi oʼrta kayfiyat haqiqiy muʼtadil mizojdir. Ikkinchisi: qarama-qarshi kayfiyatlar orasidagi mizoj mutlaqo oʼrtada boʼlmay, ikki tomonning biriga, [yaʼni] sovuqlik va issiqlikning biriga yoki hoʼllik va quruqlikning biriga, yoki har ikkisiga moyilroq boʼlishidir. Lekin tib sanʼatida muʼtadil va nomuʼtadil [soʼzlari] dan anglashiladigan narsa birinchi [xol]ga ham toʼgʼri kelmaydi. Tabib tabiatshunos olimdan shuni qabul qilishi kerakki, bu xilda muʼtadillik odam mizoji yoki odam gavdasining mizoji boʼlishi bir yoqda tursin, aslo topilishi mumkin boʼlmaydigan narsalardandir. Shuningdek, tabibning bilmogʼi kerakki, tib olimlarinig oʼz baxslarida ishlatadigan muʼtadil degan soʼzlari ogʼirlikdagi barobarlikdan iborat boʼlgan "taoʼdul" soʼzidan olingan emas, balki taqsimdagi barobarlikdan iborat boʼlgan "adl" soʼzidan olingan.

Muʼtadillik - mizoj egasining butun gavdasida yoki bir aʼzosida unsurlar miqdori va kayfiyatlari bilan odamning mizojiga keragicha eng toʼgʼri taqsimlanib, eng toʼgʼri nisbatda toʼla-toʼkis boʼlinganligidan iboratdir. Lekin odam gavdasida toʼla-toʼkis boʼladigan shu boʼlinish goho birinchi [xolda eslatilgan] haqiqiy muʼtadilga juda yaqin boʼladi. Odam gavdasiga nisbatan olingan hamda birinchi xolda aytib oʼtilgan tabiiy muʼtadillik kayfiyatiga odamdek yaqin boʼlmagan va bunday muʼtadillikka ega boʼlmagan boshqa narsalarga nisbatan aniqlanadigan bu muʼtadillik sakkiz xil boʼlib, [quyidagi] nuqtai nazardan koʼrib chiqilishi mumkin:
1. Muʼtadillik yo turga qarata boʼlib, oʼsha turdan tashqari turgan turli narsalarga nisbatan boʼladi,
2. yo turga qarata boʼlib, u tur ichidagi turli narsalarga qiyosan boʼladi,
3. yo turning sinfiga qarata boʼlib, sinfdan tashqari va turda bir turli narsalarga qiyosan boʼladi,
4. yo turning sinfiga qarata boʼlib, u sinf ichidagi turli narsalarga qiyosan boʼladi,
5. yo tur sinfining shaxsiga qarata boʼlib, shaxsdan tashqari, ham sinfda, ham turda bor turli narsalarga qiyosan boʼladi,
6. yo shaxsga qarata boʼlib, shaxsning oʼzidagi turli xollarga qiyosan boʼladi,
7. yo aʼzo eʼtibori bilan boʼlib, aʼzodan tashqari va tanada bor turli narsalarga qiyosan boʼladi,
8. yoki ayrim aʼzo eʼtibori bilan boʼlib, aʼzoning oʼzidagi turli xollarga qiyosan boʼladi.
B i r i n ch i xil muʼtadillik boshqa borliqqa nisbatan odamga xos muʼtadillikdir. Uning xos bir kengligi bor va u biror chegarada toʼxtab qolmaydi, lekin bu tasodifiy ham emas, uning haddan tashqari ortiqligining va yetishmasligining ikki chegarasi bor, u chegaralardan chiqqanda odam mizoji boʼlishdan oʼtib ketadi.
I k k i n ch i qism - shu keng mizojning ikki tarafi oʼrtasidagi vositadir. Shu ikkinchi qism muʼtadillik oʼsish yoshining nihoyatiga yetgan juda muʼtadil sinfning juda muʼtadil sinfning juda muʼtadil shaxsida topiladi. Bu xil muʼtadillik, fasl boshida eslatilgan, vujudga kelmagan haiqiy muʼtadillik kabi boʼlmasa ham, vujudga kelishi qiyin va kam uchraydigan muʼtadilliklardandir. Shu xil muʼtadillikda odam mazkur haqiqiy muʼtadillikka yaqin turadi, ammo u yaqinligi hamma kayfiyatda boʼla bermaydi. Lekin uning aʼzolari, masalan, yurak kabi issiq, miya kabi sovuq, jigar kabi hoʼl, suyak kabi quruq boʼlib, mizojlari bir-biriga teng boʼladi. Shu aʼzolar [mizojlarda] barobar va teng boʼlganda haqiqiy muʼtadillikka yaqin boʼlishadi. Ammo odam mizoji oʼzidagi har bir aʼzo eʼtibori bilan muʼtadil boʼlmaydi, lekin birgina aʼzo, yaʼni teri eʼtibori bilan muʼtadil boʼladi, buning sifatini kelgusida aytamiz. Ammo [odamning] ruhiy va boshqqaruvchi aʼzolariga nisbatan haqiqiy muʼtadillikka yaqin boʼlishi mumkin emas, balki muʼtadillikdan issiqlik va hoʼllik tomonga chiqishi mumkin, chunki hayotning boshlanish joyi yurak va ruh boʼlib, bu ikkisi haddan tashqari darajada issiqlikka moyildir. Hayot - issiqlik bilan, oʼsish - hoʼllik bilandir, aniqroq qilib aytganda, issiqlik hoʼllik bilan barpo boʼladi va hoʼllik bilan oziqlanadi.

Boshqaruvchi aʼzolar uchta: kelgusida buni bayon qilamiz. U uchtaning bittasi sovuq boʼlib - bu miyadir. Miyaning sovuqigi yurak va jigarning issiqligiga teng boʼlolmaydi. U uchta boshqaruvchi aʼzolarning qurugʼi yoki quruqlikka yaqini bitta boʼlib, - bu yurakdir. Yurakning quruqligi miya va jigar hoʼlligiga teng boʼlolmaydi. Miya ham u darajada quruq emas, yurak ham u darajada quruq emas. Lekin yurak miya va jigarga qaraganda quruq, miya esa miya va jigarga qaraganda sovuqdir.

U ch i n ch i qism [mutadillikning] kengligi birinchi qismnikidan torroq. Lekin uning keragicha kengligi ham bor. Bu uchinchi qism havo va iqlim eʼtibori bilan xalqlarning biriga toʼgʼri keladigan mizojdir, chunki hind xalqining oʼziga xos mizoji bor, u bilan sogʼlom boʼladilar. Slavyanlarning boshqacha mizojlari bor boʼlib, ularga faqat oʼsha mizoj xos boʼlib, shu bilan sogʼlom yuradilar. Hind va slavyanlarning har biri oʼziga nisbatan muʼtadil mizojli boʼlib, boshqasiga nisbatan muʼtadil boʼlmaydilar, chunki hindi badani slavyan badanining mizoji bilan kayfiyatlansa kasal boʼladi yoki [xatto] xalok boʼladi. Slavyan badanini hind badani mizoji bilan kayfiyatlangandagi xoli ham shunday. Bas, endi yerning xalq yashovchi qismidagi har bir guruh uchun iqlimning havosiga muvofiq xos mizoji boʼladi. U mizojning [maʼlum] kengligi boʼlib, u kenglikning ortiqligi va yetishmasligidan iborat ikki tarafi bor.

T oʼ r t i n ch i qism: bu qism iqlim mizoji kengligining ikki tomoni oʼrtasida boʼladi. Bu qism iqlim eʼtibori bilan boʼladigan mizojlarning eng muʼtadilidir.

B e sh i n ch i qism: bu qism birinci va uchinchi qismdan torroq. Bu mizoj muayyan bir kishida boʼlishi kerak. U kishi [shu mizoj bilan] mavjud, sogʼlom va tirik boʼladi. Buning ham ortiqlik va yetishmaslik bilan chegaralangan kengligi bor. Bilishing kerakki, har bir kishi oʼziga xos boʼlgan [maʼlum] bir mizojga ega boʼladi; boshqa bir kishining u bilan bir xil mizojga ega boʼlishi kamdan kam uchraydi yo uchramaydi.

O l t i n ch i qism: bu ham shaxsiy mizoj kengligining ikki tarafi oʼrtasida vositadir. Bu shunday mizojki, maʼlum bir kishida u xosil boʼlsa, u kishi mizojning eng yaxshisiga ega boʼlgan boʼladi.

E t t i n ch i qism: bu shunday mizojki, aʼzolarning har biri uchun boʼlishi lozim. [Azolarning har bir] turi shu mizoj bilan boshqa turdan farq qiladi. Suyakka xos boʼlgan muʼtadillikda quruqlik koʼproq boʼladi, miyaning muʼtadilligida hoʼllik, yurakning muʼtadilligida issiqlik va payning muʼtadilligida sovuqlik koʼproq.
Bu mizojning ham ortiqcha va yetishmaslik bilan chegaralangan kengligi bor. Buning kengligi oʼtgan mizojlarda eslatilgan kenglikdan torroq.

S a k k i z i ch i qism: bu shunday mizojki, har bir muʼtadil aʼzoga xos boʼlib, xatto bunga ega boʼlmagan aʼzo eng yaxshi mizojda boʼladi. Bu qismning [yuqoridagiday] ikki chegarasi boʼladi. Bu shunday mizojki, maʼlum bir aʼzoda xosil boʼlsa, u aʼzo kerakli mizojning eng afzaliga ega boʼlgan boʼladi.

Endi eʼtiborga olganda, haqiqiy muʼtadillikka eng yaqin tur odamdir. [Odamlarning] turini koʼrar ekanmiz, shunga ishonamizki, agar odamlar muaddilin nahor [ekvator] ga yaqin manzilda tursalar yerning obodligini biron yerga mansub sabab, yaʼni togʼlar va dengizlar buzmasa, u yerning odamlari muʼtadillikka yaqin guruhga mansub boʼladi. Yana, oʼshanday joy quyoshga yaqinligi sababli muʼtadillikdan chiqadi, deb gumon qilish notoʼgʼridir; chunki ekvatorning toʼgʼrisidagi joyda quyoshning bosh ustida boʼlishining zarari va bu xolatning havoni oʼzgartirishi oʼzga yerlardagi quyoshning [yerga] yaqinligining zararidan va havoni oʼzgartirishidan kamroqdir, oʼzga kattaroq kenglikda quyosh bosh ustida boʼlmaganida ham shunday boʼladi. Bundan tashqari, ekvatorda yashovchilarning [turmush] xollari afzalroq boʼlib, oʼzlariga munosib boʼladi, havo ularga sezilarli qarshilik qilmaydi, balki doim mizojlariga munosib boʼladi. Chunki bular ikkinchi va uchinchi iqlim yashovchilarining koʼpi kabi kuymaydilar va beshinchi - oxirgi iqlimda va undan uzoqroqda yashovchilarning koʼpchiligi kabi doimo quyoshdan uzoqlik sababli "xom" ham "dumbul" ham emaslar.

(1999 yil dekabri oxirida ukam Abdulmalik bilan Malayziyaga shaxsiy sayoxatga bordik. Aeroport pasport kontrolchisini koʼrinishidan "oʼzbek" deb oʼzbekchalasam tushunmagach, adashganimni bilib, inglizchalab, uzr soʼrasam "siz bittamas" deb kulib qoʼydi. Haqiqatan ham u - bizdagi Hurmat nonvoyga quyib qoʼyganday oʼxshardi.
Ertalab yetib borgandik. Kvalampur markaziy mehmonxonasiga joylashib, shved stolida qornimizni rosa bepul trambalab, aylanishga chiqdik. Choʼmilish sohili yaqin ekan. Ajnabiy eru xotin qariyalar koʼpligini koʼrib, kuzatib qolgan mungli onamizni birga olmaganimizni oʼylab, oʼzimdan nafratlanib ketdim. Quyoshli navbahor havosi edi. Velosipedsimon ikki kishilik qayiqcha-aravacha ijara qilib ukam bilan sohildan yuz metrcha uzoqlasub yana qaytib-qaytib ikki soatcha miriqdik. Ammo kechga borib xursandchiligimiz burnimizdan chiqdi. Sohilga boriboq kuylagimizni echib maykachan boʼlib olgandik. Ozimizcha suvda maza qilib quyoshga mushukday tovlangandik. Mehmonxonaga kelgach uchammiz, yelka, boʼyin va qoʼllarimiz kuyisha boshlab, achishishi tobora kuchaya bordi. Medpunktga uchrasak, hamshira inglizchalab, "siz bittamas" deb kulib javob berib, mushkli krem berdi. Tezda birovini tugatib yana uchta sotib oldik. Ertalabgacha deyarli uxlamay, bir qavat terimiz sidirilib tushdi. Shved stolidan apil-tapil nonushta qilib, to tushgacha uxladik. Men oʼzimcha til bilagʼonligimga ishonib, tilmoch olmagandim. U yerda arabcha oʼtmasakan, inglizchani ham oʼzimizdan battar bilisharkan. Bir oʼzbek yosh ayol tilmoch topib bir oydan koʼproq yon shaxarlarni ham aylandik).

Agar [sakkizinchi qism muʼtadillik] shaxsda [kishining butun gavdasida] boʼlsa, u kishi eng muʼtadil guruhning eng muʼtadil kishisi boʼladi.
Aʼzolar muʼtadilligiga kelsak, [yuqorida] maʼlum boʼldiki, boshqaruvchi aʼzolar haqiqiy muʼtadillikka unchalik yaqin emas, balki bilmogʼing kerakki, haqiyqiy muʼtadillikka eng yaqin aʼzo gosht, goʼstdan ham yaqinrogʼi teridir, chunki teri sovuq va qaynoq suvning teng aralashmasidan taʼsirlanmaydi, zararlanmaydi va undagi ruh va qonning qizdirish [quvvati] ga teng keladi. Suningdek, teri yarmi juda quruq va yarmi juda yumshoq moddalarning aralashmasidan ham taʼsirlanmaydi [zararlanmaydi]. Chunki teri bunday jismni xis qilmaydi. Bunday jism terining oʼziga oʼxshab qolganidan teri undan taʼsirlanmaydi. Arar u jism teriga qarama- qarshi boʼlganda edi, undan taʼsirlangan boʼlardi. Chunki unsurlari bib- biriga muvofiq, tabiatlari esa qarama-qarshi narsalarnning baʼzisi bir-biridan taʼsirlanadi. Lekin tabiati oʼxshash boʼlgan narsalargina bir-biridan taʼsirlanmaydi.
Gavda terisining eng muʼtadili qoʼl terisi boʼlib, qoʼl terisining eng muʼtadil [joyi] kaft terisi, bundan muʼtadilrogʼi barmoqlar terisi, bundan mutadilrogʼi koʼrsatgich barmoq terisi, buning eng muʼtadil joyi barmoq uchining terisidir. Suning uchun koʼrsatkich barmoq va boshqa barmoqlar uchlari tegib bilinadigan narsalarning darajalari haqida hukm chiqarib beruvchilardir. Hukm chiqaruvchi ikki tarafga teng barobar nisbatda boʼlishi kerakki, taraflarning oʼrta va muʼtadillikdan chiqqanini seza olsin. [Yuqorida] bilganlarning qatorida shuni ham bilmogʼing kerakki, biz maʼlum bir dorini muʼtadil desak, uning haqiqatda muʼtadil ekanini iroda qilmaymiz, bunday xol [boʼlishi] mumkin emas, hamda u dorining odam mizojidagi mutadillik bilan muʼtadil ekanini ham iroda qilmaymiz. Agar shu odamdagi muʼtadillikni tushunsak, u dori odam javharining [substantsiyasining] xuddi oʼzidan vujudga kelgan boʼladi. Lekin u soʼzimizdan shuni iroda qilamizki, odam gavdasida dori tugʼma issiqlikdan taʼsirlanganida, bur kayfiyat bilan kayfiyatlansak, u kayfiyat odam kayfiyatidan chiqib tenglikdan chiqqan ikki tomonning biriga oʼtib ketmasa, [agar oʼtib ketsa] odam gavdasiga muʼtadil boʼlmagan bir taʼsir beradi; u dori odam gavdasidagi taʼsiri bilan muʼtadildir.

Shunga oʼxshash maʼlum bir dori issiq yo sovuq desak, u dori oʼz moddasida issiqlik yo sovuqlikning nihoyatda degan maʼnoni tushunmaymiz, hamda oʼz moddasida odam gavdasidan issiqroq yo sovuqroq degan maʼnoni ham tushunmaymiz. Bu xolda mizoji odam mizojiga oʼxshash boʼlgan dori muʼtadil boʼlar edi. Lekin bu dori issiq yo quruq deyishdan murodimiz bu doridan odam gavdasida boʼlib turganidan yuqoriroq issiqlik yo sovuqlik paydo boʼladi degan maʼnodadir. Shuning uchun goho dori odam gavdasiga qaraganda sovuq, chayon gavdasiga qaraganda issiq boʼladi, yo inson gavdasiga qaraganda issiq, ilon gavdasiga qaraganda sovuq boʼladi. Balki bir dori Eshmat gavdasiga nisbatan issiq boʼlganidan koʼra, Toshmat gavdasiga nisbatan kamroq issiq boʼladi. Shuning uchun muolaja qiluvchilarga bir dori mizojni oʼzgartirishda foyda bermganida doim oʼsha dorini qoʼllaay bermaslik buyuriladi.

Esda tutilsinki, mutadil mizoj haqidagi soʼzlarni tamomladik. Endi muʼtadil boʼlmagan mizoj bayoniga koʼchamiz va aytamizki, muʼtadil boʼlmagan mizojlarning muʼtadil emasliklari turga yo guruhga, yo shaxsga, yo aʼzoga qarata boʼlsada, mutadil mizojga teskari boʼlganlaridan, sakkizga boʼlinadilar. Bu sakkiz turli muʼtadil boʼlmagan mizojlar quyidagicha paydo boʼladilar: mutadillikdan chiqqan mizoj yo sodda boʼlib, chiqishi birgina ziddiyatda boʼladi, yo murakkab boʼlib, [muʼtadillikdan] chiqishi ikki ziddiyatda birdan boʼladi. Birgina ziddiyatda muʼtadillikdan chiqqan mizoj yo taʼsir qiluvchi ziddiyatda boʼladi. Bu ham ikki qismdir; [I qism] yo keragidan ortiq quruqroq boʼlib, keragidan issiqroq va sovuqroq boʼlmaydi, yoinki [II qism] keragidan hoʼlroq boʼlib, keragidan issiqroq va sovuqroq boʼlmaydi. Lekin shu toʼrt xil oddiy mizojlar oʼlchovda bir vaqt ichida barqaror boʼlib toʼxtab turmaydi. Chunki keragidan ortiq issiq boʼlgan mizoj gavdani ortiqcha quruq qiladi va keragidan ortiq sovuqroq mizoj gavdani chet hoʼlliklar bilan keragidan ortiq hoʼl qiladi. Keragidan quruqroq mizoj gavdani tezda sovuq qilmaydi. Keragidan ortiq hoʼl boʼlgan mizoj agar ortiqcha darajada boʼlsa, gavdani sovutishda quruqlikdan tezroq sovutadi. Agar ortiq darajada boʼlmasa, gavdani koʼproq muddat sogʼlom saqlab, oxirida keragidan sovuqroq qilib qoʼyadi. Endi shundan fahmlaysanki, muʼtadillikning yo sogʼliqning issiqlikka munosabati sovuqlikka munosabatidan kuchliroqdir. Ana shular toʼrt turli oddiy mizojlardir.

Murakkab mizojlarga kelsak, ularda muʼtadillikdan chiqish ikki xil ziddiyatda birdan boʼladi, buning misoli: mizoj keragidan ortiq issiq va hoʼl boʼladi, yo keragidan ortiq issiq va quruq boʼladi, yo keragidan ortiq sovuq va hoʼl boʼladi, yo keragidan ortiq sovuq va quruq boʼladi. Lekin birdaniga issiq va sovuqroq boʼlishi va birdaniga hoʼl va quruq boʼlishi mumkin emas.

Shu sakkiz turli muʼtadil boʼlmagan mizojlarning har biri yo moddasiz boʼladi yoki modda bilan boʼladi.

1. Moddasiz boʼlishi mana shunday: oʼsha mizoj gavdada tanho bir kayfiyat yaratadi, lekin gavdadagi bu mizoj unga biror xiltning taʼsiri natijasida paydo boʼlmaydi. Masalan, yanchilayotgan narsaning issiqligi kabi; sovuq urgan, sovuq tekkan va qor bosgan narsalarining sovuqligi kabi
2. Modda bilan boʼlishi mana shunday: gavda oʼzidagi mizoj kayfiyatiga buzilgan xiltning taʼsiri natijasida erishadi. Odam tanasining shisha kabi tiniq balgʼam sababli sovushi yoki gandano [porey piyozi] rangidagi safro sababli qizishi shundaydir. Kelgusida, uchinchi va toʼrtinchi kitobda, oʼn olti mizojning har biriga misol topa olasan.

Bilginki, modda bilan boʼladigan mizoj ikki xil boʼladi. Chunki aʼzo goho moddaga botgan va modda bilan hoʼllangan boʼladi va goho modda aʼzo ichidagi yoʼllarda va uning ichkari qismida qamalib qolgan boʼladi, bu qamalish natijasida baʼzan shish paydo boʻladi va baʼzan boʼlmaydi. Mizojlar haqidagi soʼzlar mana shulardiir. Endi tabib oʼziga haqiqati ravshan boʼlmaganlarini tabiat olimining koʼrsatishicha qabul qilsin.