Moxov kasalligi
Moxov kasalligi-savdoning butun badanda yoyilishidan paydo bo`ladigan yomon bir illatdir.
Moxov:
- a`zolar mizojini
-a`zolarning ko`rinishini
-a`zolar uzluksizligini buzadi
-hatto a`zolar yeyilib,yaralanish tufayli tushib ketadi.
Moxov kasalligining eng birinchi ta`sir etuvchi sababi jigar mizojining juda issiq va quruqlikka moyil bo`lib buzilishidir.
Bunda qon kuyib savdoga aylanadi yoki butun badan mizojining buzilishidir, ya`ni bu murakkab mizoj shu darajada buziladiki, u tufayli qon sovib quyiladi.
Moxovning moddiy sababi esa, savdoni tug’diradigan ovqatlardir: balg’am tug’diradigan ovqatlar ham, agar ularni iste`mol qilganda ustma-ust me`da buzilsa, ularda harorat ta`sir qilib, suyuq qismini tarqatadi va quyug’idan savdo ko`payadi.
Aytishlaricha, duoyi bad - yomon qarg'ish olsa ham tuzalmaydigan pes yo mohov bo'larmish.
Moxov kasalligini keltirib chiqaruvchi yordamchi sabab: teri teshiklari to`silib, tug’ma haroratning bo`g’ilishi va qonning sovib quyulishi, ayniqsa, taloqning qonni torta olmaydigan va uni savdo xiltidan tozalashga quvvati yetmaydigan darajada kuchsiz bo`lishidir.
Moxov avvalo, qo`l-oyoqlar va yumshoq a`zolardan boshlanadi, shu a`zolarning mo`yi to`kilib, rangi o`zgaradi, ba`zan esa yaralanadi, so`ngra esa moxov butun badanga yoyiladi.
Belgilari:
-badan rangi qoralikka moyil bo`lib qizaradi
-ko'zda qizg’ish xiralik paydo bo`ladi
-nafas qisiladi
-o`pka va o`pka nayining zararlanishi tufayli tovush bo`g’iladi
-aksirish ko`payadi
-burun do`nqillab manqalanadi
-burunda tiqilma paydo bo`lib, hid sezmaydi
-mo’y siyraklashib kamayadi
-ko`krak va yuz atrofi terlaydi
-badan sassiq hidli bo`ladi
-tentaklik va kishilarni ko`rolmaslikdan iborat savdoyi xulq paydo bo`ladi
-savdoga tegishli daxshatli tushlarni ko`p ko`radi.
Quvvatning zaiflashishi, haroratni so`ndirishga bo`lgan ehtiyojning kamligi sababli, moxov kasalligiga uchragan kishining tomir urishi zaif bo`ladi, chunki moxov sovuq mizojdan kelib chiqadigan kasallikdir.
Davolash:
1.Kasallik og’irlashishidan oldin organizmni bo`shatish, tozalash tadbirini qo`llash
2.Kasalga qon ko`pligi aniqlansa, uning ikkala qo’lidan ham yetarli darajada qon olish kerak.
Tomirdan qon olingandan so`ng kasalga bir hafta dam berish, keyin Abu Jahl tarvuzining etidan tayyorlangan iyoraj - balzam bilan bo`shatish-ichini surish lozim.
3. Keyin ichishga beriladigan dori: af `o ilonidan tayyorlab un qilingan kulcha va elaki xargaldan 5 g dan olib, 100 g quyuq eski sharob yoki eski tilo sharobga teng suv qo'shib erta nahor va kech uyqu oldidan kuniga ichiladi.
4.Bunday kasallarga beriladigan ovqatlar esa tezda hazm bo`ladigan yaxshi kaymusli narsalar, masalan, yovvoyi qush go`shtlarining qaynatma sho`rvasi va go`shti yengil hazm bo`ladigan yangi baliqdir, bularga ziravor dorilar sepib beriladi.