"Tib qonunlari" da murakkab kasalliklar tadqiqi
Murakkab – yig’ilgan kasal deganimizda bir joyga to’plangan bir necha kakalliklarnimas, balki ko’p qirrali bir kasallikni tushunamiz. Bunda shish, o'sma, yara va allergiya kabilar sodda bo’lmay, uning mizoji, tarkibi, shakli, korinishi, xatto sifati va uzluksizligi ko’p qirrali bo’ladi. Bular ibn Sinoning kasalliklar patologiyasini o'ta chuqur tushunganligidan dalolat beradi.
Ibn Sinoning klinik qarashliklaridagi alohida qayd qilinishi lozim bo’lgan bir xususiyat shundan iboratki, u ko’pincha kasallikni lokalistik pozitsiyadanmas, balki kishi organizmining yaxlitligini nazarda tutish yo’li bilan tadqiq qiladi. U turli a’zolar o’rtasidagi hamkorlik borligini ta’kidlab, yozadi, - “ Kasalliklar goho bir a’zoga hos bo’ladi, goho boshqa bir a’zo ishtiroki bilan bo’ladi. Bir a’zoning boshqasidagi kasallikka ishtiroki ularning tabiatlari bilan ulanganliklari yoki biri ikkinchisiga yo’l xizmatini o’taganligidan yo bir biriga xizmat qilgan jihatidandir”. Ibn Sino qayd qilishicha, ‘kasalliklarning ko’pchiligida to’rt davr bo’ladi: boshlanish, zo’rayish, nihoyatga etish va pasayish davrlari”.
Bu davrlar kasallikning boshlanishidan to oxirigacha o’tgan muhlatda ko’rilishi bilan birga, kasallik davomidagi har bir zo’rayishida – o’tkirlashisida ham ko’riladi. Kasallik kechishi davomida boshqa og’irroq kasallikka o’tishi mumkin. Harbir kasallikning kechishida individual xususiyatlar bo’lishi mumkin: nihoyat darajadagi sog’lomlik; sog’lik nihoyasiga yetmaganlik; na sog’ va na kasal bolmaganlik; kasallikdan tez tuzaladiganlik; kasallik nihoyasiga yetgan davr.
Ayrim vaqtlar u yo bu kasallik ommaviy qo’zg’alishi mumkin. Kuz yo bahorda avj olishi mumkinligini aytsa ham, ibn Sino buning infektsion harakterda ekanligini aytmaydi, balki vaziytat noto’g’ri kelganligiga bog’laydi. Ibn Sino yuqumli kasalliklarga tashxis qo’ygan va ularni davolaganda ham, ular infektsion harakterga ega ekanligini aytmay, mazkur kasallik bir-biriga o’tishi mumkinligini qayd etib, ehtiyot chorasini ko’rishga chaqiradi.
Ibn Sinoning kasalliklarning etiopatogenezi haqidagi fikrlariga kelsak, bu yerda bir qancha original, mantiqan tugal, o’zining umumiy fikrlarini aks ettiruvchi mulohazalarini uchratamiz.
Muallif gavda xolati o’zgarishi uch xil sabab: “oldin keluvch sabab, tashqi sabab va bog’lovchi sabab” tufayli sodir bo’lishini aytadi. Bulardan birinchi va uchinchisi u “xilt, mizoj yo tartibga tegishli” deydi. Bu fikr xozirgi klinik meditsina nuqtai nazaridan qaraganda ham ahamiyatini yo’qotgan emas.
Olim: “Gavdaga yetgan har bir sabab ham ta’sir ko’rsata bermaydi”,“Biror bir sababning ta’siri kuchsiz va kuchli odamda, sezgir va kam sezuvchan odamda bir xil bo’la bermaydi”,- deydi. Bu original fikrlar yuqorida aytilganning isboti bo’lib, xozirgi klinikada amal qilinadigan printsiplarning o’zidir.
Ibn Sino gavda xolatini “o’zgartiruvchi” va tashqi sabablarni “zaruriy” va “zaruriy bo’lmagan” deb ikkiga bo’ladi.
Zaruriy sabablarni 6 jinsga bo’ladi va ularni etiopatoganetik (kasalliklarning kelib chiqish omil va sabablari) omillar sifatida bayon qiladi:
5)Uyqu va uyg’oqlik, va nihoyat
6)Gavdadagi moddalar – xiltlar “bo’shalishi” va turib qolishi.
Mazkur zaruriy va zaruriy bo’lmagan (ya’ni inson organizmiga tasodifan ta’sir qiluvchi) sabablar turli funktsional va organik o’zgarishlarni paydo qiladi. Bu patologik o’zgarishlar yuqorida keltirilgan kasalliklarning klassifikatsiyasiga kirgan sodda va murakkab kasalliklarni yuzaga chiqaradi.
Ibn Sinoning kasalliklar simptomatologiyasi va diagnostikasiga oid fikrlari ham ma’lum nazariy printsiplarga asoslangandir.
Muallif bu belgilarning amaliy qimmatini ko’rsatish maqsadida Galenning shu haqdagi fikrlarini keltirar ekan, bizga qadim va o’rta asr tabiblarining ish uslubidagi bir muhim metodologik xususiyat ayon bo’ladi. Tabibning bu belgilar orqali bemorning bundan oldin o’tgan ahvolini va kelajakda yuz berishi mumkin bo’lgan ahvolni aytib berishi dastavval uning professional klassifikatsiyasini va tib ilmidagi yetukligini bemor qoshida namoyon qiladi va shu bilan birga bemorning tabibga bo’lgan ishonchini oshiradi.
Bemorning xozirgi ahvolini va kelajakda bo’ladigan ahvolini korsatuvchi belgilar asosida mavjud kasallik va uning yuz berishi mumkin bo’lgan oqibatlari prognozi aniqlanib, zarur bo’lgan davolash choralarni qo’llash imkoniyati tug’iladi.
Demak, ibn Sino bemorning tabibga nisbatan bo’lgan ishonchi va e’tiqodiga katta ahamiyat beradi.
Organizmdagi asosiy funtsiyalarni bajaruvchi “rais” a’zolarning ahvolini aniqlashda, olim "u a’zolar bilan aloqador bo’lgan ba’zi funktsiyalarni tekshirib ko’rishni tavsiya qiladi". Ibn Sino “miya haqida erkin harakatlarning xolatiga, sezish a’zolarining ishlariga va fikr qilishga qarab; yurak haqida tomir urishiga va nafas olishga qarab; jigar haqida esa najas va siydikka qarab xulosa chiqariladi’, - deydi.
Demak, olim ichki a’zolar ahvolini aniqlashda funktsional munosabatlarda ro’y bergan o’zgarishlarni tekshirish zarurligini qayd qiladi.
Ibn Sino kasallik belgilarini ikki kategoriyaga bo’ladi: birinchilari – gavdaning tashqarisida zohir bo’luvchi va sezgilar orqali aniqlanuvchi simptomlar, masalan, “yuzning rangi, terining qattiq yumshoqligi, issiq sovuqligi va bo’lak “ushlab seziladigan” alomatlar, ikkinchilari “uumumiy sezgilardan”, ya’ni “a’zolarning tuzilishidan va vaziyatidan. Ularning harakatli va haqrakatsiz bo’lishidan” kelib chiqadigan mulohaza va fikr qilib aniqlash orqali olinuvchi belgilar. Bu yerda kasallik belgilarining ikki kategoriyasi haqida ”Gippokirat to’plami” ga kiruvchi misollarning birida aytilgan qo’yidagi so’zlarni keltirish o’rinli bo’lar: ”Ammo, meditsina ko’krakdagi empiyemani, jigar, qorin va buyrakdagi kasallklarni, tamomila ochiq narsalarni ko’rgandek ko’ra olish imkoniyatiga ega bo’lsada, bo’lak yordamchi omil belgilardan foydalanadi; tovushning tiniqligi yo bo’g’ilganligi, nafasninig sustligi yo tezligi. O’zlariga tayinlangan yo’llar orqali chiqarilayotgan chiqiqindilar – ularning har qaysisining ba’zan higi, rangi, ba’zan suyuq quyuqligi orqali meditsina bu belgilarning qaysi kasallikka mansub ekanligini, qaysi a’zolarning zararlanishiga mansub ekanligini, qaysi a’zolar zararlangan ekanligini, qaysilarining endi zararlanishi mumkin ekanligini… aniqlaydi”. Shu maqolaning II paragrafida: ”… nimaniki ko’zi bilan ko’rish mumkin bo’lmasa, aql orqali ko’rib taniladi”, deyiladi.
Bu keltirilganlardan ibn Sinoning tashxis usullari qadim mualliflarning asarlaridagi printsiplarning keyingi takomuli natijasi ekanligi ayon bo’ladi. Bu printsip ikki asosiy etapni o’z ichiga oladi: birinchisi – sezgilar orqali barcha mavjud tashqi belgilarni aniqlash. Ikkinchisi – tabibning shu alomatlar asosida va inson orgazimining tuzilishi va uning ishi haqidagi o’z bilimiga asoslanib turib “xis” qilishi. ”Tirnoqning do’ngligiga qarab sil va ingichka og’riqi haqida chiqarilgan xulosa, - deb yozadi ibn Sino, - ko’rib bilingan belgilardan bo’lsa ham, lekin umumiy seziluvchi belgilarga oiddir. Ba’zan shu belgilar asosida tashqaridan his qilish ichki ahvolni ko’rsatadi. Chunonchi, betdagi qizillik o’pka yallig’lanishiga va tirnoqning do’ngligi esa o’pka yarasiga dalolat qiladi”.