Og’zaki tabobat (davomi)
Bosinqirash va cho'chish
Kattalar va bolalarda miya kamquvvatligidan bo’ladi. Ayol urg’ochi, erkak qo’chqor qo’y miyasini bir nechtasini oz-ozdan bir oy qovurib yesin. Bolalarga isiriq va sedana donidan vaqti-vaqtida yotog’iga tutatqi qilinsa kifoya.
Tez-tez tumov bo’lsa qaranful munchoq taqib yursin.
Ko’z shamollab og’risa ot tezagi qaynatmasida bir necha bor yuvish kerak.
Asalari uyasi yelimi (propolis) ni qaynoq toshga qo’yib naychada angina yo’qolguncha kuniga 2-3 bor chekadi.
Mushak, bo’g’in va bel og’riqlarida har uch kunda to tuzalguncha asal ariga og’rigan joyni chaqtiradi.
Bo’yimodoronni ezib suvini burniga tomizib, boshiga surtsa bosh og’rig’i qoladi.
Qandak jiydani so’rib yurishni odat qilsa xotirasi mustaxkamlanadi.
Chilon jiyda qaynatmasini ichib yursa qon bosimi yo’qoladi.
Toshloqda o’sadigan pakana tol bargi isitma va bodga dori.
Sil kasaliga duchor bo’lsa, 3-4 yil eshakni sog’ib shu zaxoti ichsin.
Chillashir bolani to’qol echki suti bilan boqiladi.
Toshbaqa tuxumi bepushtga dori.