Ostki jag' mushaklarining anatomiyasi haqida
Harakatni yuqori jaqqa berilmasdan, ostki jaqqa berilishi bir necha foydalar uchundir. [Birinchidan], yengil bo'lgan narsani harakatga keltirish yaxshiroqdir. Harakat zarar beradigan, muhim a'zolarni o'z ichiga olgan a'zolarni harakatga keltirishdan ko'ra, ulardan xoli bo'lgan a'zoni harakatga keltirish yaxshiroq va xavfsizroqdir. Agar yuqori jag'ni osonlik bilan harakatga keltrish mumkin bo'lsa edi, uning va boshining bo'g'inlari bu qadar ehtiyot qilinmagan bo'lar edi.
Pastki jag'ning harakatini uchdan ortishiga ehtiyoj bolmasdi: [bular] og'izni ochish-esnash harakati, og'izni yumish harakati va chaynash-ezish harakatlaridir. Ochuvchi harakat jag'ni pastga tushiradi, yumuvchi harakat jag'ni yuqoriga ko'taradi va ezuvchi harakat esa, jag'ni aylantirib, ikki tomonga moyil qiladi. Yumuvchi harakatning yuqoridan tushuvchi va yuqoriga qarab tortuvchi mushaklar bo'lishi aniqdir. Ochuvchi harakat aksincha bo'ladi. Og'izni yumish uchun ikki mushak xizmat qiladi. Ular chakka mushak ismi bilan mashhurdirlar va "o'rilgan" mushaklar deb ataladilar. Bu ikki mushak hajmining miqdori odamda kichik bo'ladi. Chunki bu ikkovi bilan harakat qiluvchi a'zo kichik hajmli, siyrak tuzilishli va yengil vaznlidir va, [shuningdek], bu ikki mushak vositasi bilan paydo bo'ladigan harakat ham yengilroq bo'ladi.
Boshqa hayvonlarga kelganimizda, ostki jag' odamning ostki jag'iga qaraganda kattaroq va og'irroq bo'ladi. [Hayvonlarda] bu ikki mushak yordami bilan bo'ladigan kemirish, kesish [uzish], tishlash harakatlari qattiqroq bo'ladi.
G'oyatda yumshoq bo'lgan miyaga, ya'ni asabning chiqish yeriga yaqin turganlari uchun bu ikki mushak ham yumshoqdir. Ular bilan miya o'rtasida birgina suyak bordir. Shuning nuchun va miyada ularda paydo bo'ladigan ofatlar hamda miya yallig'lanishiga va shunga o'xshash kasalliklarga olib boradigan og'riqlar o'tish xavfi borligi uchun Alloh Tao'lo ularni miyadan chiqadigan yerida ikki yoysimon suyaklar ichiga ko'mib [bekitib], yoysimon suyaklar va teshiklar yoriqlaridan iborat gumbaz shaklidagi pardalar tagidan o'tkazdi. Uning moddalari o'zining chiqqan yeridan uzoqlashgan sari sekin-asta qattiqlashib borsin deb shunday qilingan. Bu mushakning har birida, ostki jag' qirralariga yopishuvchi paylar xosil bo'lgan. Ular mushak qisqargan vaqtda ostki jag'ni yuqori ko'taradilar. Bu ikki mushakka yordam uchun [yana] ikki mushak berilgan. Bular og'izning ichidan o'tib, ostki jaqqacha tushadilar, chunki og'ir narsani ko'tarish yordamchi kuchni talab qiladi.
Bu ikki mushakdan o'sib chiqqan pay mustaxkam bo'lishi uchun ularning chetida osmay, o'rtasida o'sadi. Og'izni ochuvchi va ostki jag'ni pastga tushiruvchi mushaklarga kelganimizda, uning tolalari quloq orqasida joylashgan bigizsimon o'siqdan boshlanadi. Ular bir mushak bolib birlashadilar. Songra, yana ham qattiqroq bolsin uchun tolalarga ajralib, keyin bo'laklarga bo'linadi. Ular o'zining ancha uzunligidan birorta zararga uchrab qolmaslik uchun uni go'sht bilan to'ldiriladi va u, yangidan bitta mushakka aylanadi. Uni "qo'shaloq" mushak deb ataladi. Buning qo'shaloq bo'lishining sababi , cho'zilganda zarar yetmaslik uchundir. Bu mushak ostki jag'ning iyakka tomon bukilgan joyga boradi. U qisqarsa, ostki jag'ning tabiiy og'irligi uning pastga tushishiga yordam berganligidan, bu ikki mushak yetarli bo'lib, boshqa yordamchi mushaklarga ehtiyoj qolmaydi. Caynash mushaklariga kelsak, ular har tomonga bittadan uchburchak shaklidagi ikki mushakdan iboratdir. Ularning uchlari uchun yanoq suyagiga tutashgan burchagi qabul qilinsa, undan ikki teng tomonlar cho'ziladi: biri ostki jaqqa tomon, ikkinchisi yoy shaklidagi suyak chegarasi tomon boradi. Bularning orasini tub xizmatni bajaruvchi to'g'ri chiziq tutashtiradi. Tub yonlardagi har bir burchak o'ziga yaqin tomonga yopishadi.
[Bu mushakning shu shaklda bo'lishi ] qisqarganida turli tomonlar xosil bo'lib, harakat bir tekisda bo'lmasligi, xatto har xil tarafga qarab, har xil harakatning kelib chiqishiga qulaylik tug'ilishi uchundir. Shu bilan ovqatlarni ezish va chaynash amalga oshiriladi.