Arteriyalar kishi gavdasi oʻtxonasin yoqadi,
Venalari aʼzolarni jigar oshxonasida boqadi
Ikki qo'l venalarining anatomiyasi haqida
Qifol deyilgan kurak venasiga kelsak, undan boshlab tarmoqlanadiganlari yelka suyagining qarshisiga yetganda teri va yelka suyagining tashqi bo'laklarida taraluvchi tarmoqlardir. Keyin tirsak bo'g'ini yaqinida bu tomir uch qismga bo'linadi. Ulardan biri bilak "arqoni"dir. U bilak suyagining tashqi tomoni bo'ylab cho'ziladi. So'ngra, tirsak suyagining do'ng tarafiga burilib, tashqariga qarab ketadi va bilaguzuk tashqi bo'laklarining ost qismida taraladi. Ikkinchi bo'lak bilakning tashqi tarafida tirsakning bukilgan yeriga qarab yo'naladi va qo'ltiq venasining bir tarmog'i bilan aralashadi. Bu ikki [venadan] tirsak o'rtasidagi vena tashkil topadi. Uchinchi bo'lagi esa chuqurlashib ketadi va shu chuqurda qo'ltiq ostidan keluvchi vena tarmog'i bilan aralashadi.
Qo'ltiq osti [venasiga] kelsak, u [vena] birinchi tarmoqlanishda qo'llarga chuqurlashib kiruvchi va shu yerda yotuvchi mushaklarda taraluvchi tarmoqlarga ajraladi va birinchi tarmoqdan boshqa [hammasi] bilakka yetganda yo'qolib ketadi. Qo'ltiq osti venasi tirsak bo'g'ining yaqiniga yetganda ikkiga bo'linadi. Ulardan biri qifolning chuqurlashgan bir tarmog'iga tutashadi va u yerdan biroz birga o'tib ajraladi; [ajralgan qismdan] biri jimchiloqqa, to'rtinchi barmoqqa va o'rta barmoqning yarmiga yetguncha tuban tushib, ichkari tomonga yo'naladi. [Bu venaning] bir qismi yuqoriga ko'tariladi va qo'lning suyaklariga tegib turuvchi tashqi qismida bo'linadi.
Qo'l osti [venasining] bo'laklaridan ikkinchi qismi bilakka yetganda to'rt tarmoqchaga bo'linadi. Ulardan biri bilakning ostki qismida bilaguzukka yetguncha bo'linadi, Ikkinchisi, birinchi qismining bo'linish o'rnidan yuqorida xuddi o'shanday bo'linadi. Uchinchisi ham yuqoridagidek, bilakning ortasida bo'linadi.
To'rtinchisi - hammasidan katta qismidir. Bu sirtga chiqib, yuqoriga kotarilib tarmoqlar yuboradi. Bu tarmoqlar birgalashib qifol tarmoqlaridan birini xosil qiladi. Ulardan [tirsak o'rtasidagi] akhal (akhal - surmarang, qora ma'nosida. Bu tirsak o'rta venasi - tirsak bo'g'ininig oldingi satxida tashqi va ichki teri osti venalarini biriktiruvchi vena) vena tashkil topadi. Bundan qolgani, ya'ni qo'ltiq osti venalarining bir qismi bosliq (bosiliq) deb ataladi; u chuqurlashib boradi.
Akhal venasi ichki tarafdan boshlanib, bilak suyagi ustidan ko'tariladi. So'ngra, tashqariga qaraydi va yunoncha "lom" shaklidagi ikki tarmoqqa ajraladi. Uning yuqori qismi bilak suyagining oxiriga boradi. So'ngra, kaft tomon yo'naladi va boshmaldoq orqasida, boshmaldoq bilan ko'rsatkich barmoq o'rtasida va ko'rsatkich barmoqda taraladi. Uning ostki qismi esa, tirsak suyagining oxiriga keladi va uch tarmoqqa bo'linadi. Ulardan biri o'rta va ko'rsatkich barmoqlarning orasiga yo'naladi va yuqori qismdan ko'rsatkich barmoqqa keluvchi tomirning bir tarmog'iga tutashadi va u bilan bitta tomirday bo'lib ketadi. [Bu qismdan] ikkinchi tarmoqcha, ya'ni "kichik qutqaruvchi vena" chiqib, u o'rta va to'rtinchi barmoqlar oraligida taraladi. Uchinchi tarmoqcha to'rtinchi barmoqqa va jimchiloqqa cho'ziladi. Bularning hammasi barmoqlarda bo'linadi.