Quloq shang'illashi

Ergashaka va ibn Sino 2025-03-29 08:06

Quloq shang'illashi davosi

Kuchsizlikdan bir tiqilma yoki xiltdan bo`lgan shang’illashning hammasiga umumiy dori:

Qalampirmunchoq va gandano urug’i, mushk, sarimsoq va gazako`t suvi yoki eski sharob yaxshi ta`sir qiladi.

Quloqdan chirk chiqishi va miyadan quyiladigan tiqilmani davolash:

Tog’ achchiq bodom yog’ini tomizish;

Quloqqa zok – mis kukuni puflash;

Yovvoyi zira 1 misqol, choy sodasi 0,5 misqol va ularni qorishtiradigan oq anjir shirasi, bulardan pilik yasab ishlatiladi ;

Quloqqa yovvoyi zira va qichitqio`t shirasidan pilik qilinadi;

Abu Jahl tarvuzi bargining siqib olingan suvidan tayyorlab quloqqa tomiziladi - bu eng kuchli dori;

Zaytun, bobuna - moychechak va tog’ sumbuli yog’iga botirilgan pilik - kuchli pilik dori;

Indov va choy sodasidan tayyorlangan pilik dori - tiqilma uchun foydali.

Ibn Sino quloq sog’ligini saqlashda quyidagilarni nazarda tutish kerakligini ta`kidlaydi:

uni issiq, sovuq, shamollardan, yot jismlar kirishidan saqlash,

suv va jonivorlarning kirishidan ehtiyot bo`lish,

shishlar, mayda chiqiqlar va yaralar paydo bo`lishini kuzatib turish,

uning kirini tozalab turish,

har haftada 1 marta quloqqa 1 tomchi achchiq bodom yog’i tomizish,

sirkada eritilgan sariq yovvoyi ko’knor dorisidan tomizish zarur,

me`dada hazm buzilishi va buyrak shamollashini oldini olish.