Sabab, kasallik va ularning yuz berishi haqidagi tushunchalar haqida
Biz aytamiz: tib haqidagi kitoblarda sabab deb oldin paydo boʻladigan va odam gavdasida qandaydir bir xolatni keltirib chiqaruvchi yoki bu xolatni turgʻunligicha saqlab turuvchi [narsa]ga aytiladi. Kasallik esa kishi gavdasidagi gʻayritabiiy bir xolat boʻlib, [kasal aʼzosining] ishiga bevosita zarar yetkazadi. U gʻayritabiiy mizojdan yo gʻayritabiiy tarkibdan paydo boʻladi. Yuz berish shu [kasallik] xolatining natijasidir. Hox bu tabiatga qarama-qarshi boʻlsin, masalan, qulanj (yoʻgʻon ichak ogʻir kasali)dagi ogʻriq kabi, yoki qarama-qarshi boʻlmasin, masalan, oʻpka yalligʻlanishidagi yuzning oʻta darajada qizarishi kabi, bari bir [yuz berish] gʻayritabiiydir.
Sababning misoli - sasishlik [yaʼni irish], kasallikning misoli isitma, yuz berishlikning misoli chanqash va bosh olrigʻi, yna sababning misoli - koʻzga tushuvchi tomirlarning toʻlishi, kasallikning misoli - koʻz uzumsimon qatlamining [tomirlarida] tiqilish paydo boʻlishi, bu tarkibga aloqador boʻlgan olat kasalligidir; bunda yuz berish misoli koʻrishni yoʻqotishlik. Yana sabab misoli - oʻtkir nazla, kasal misoli - oʻpkadagi yara; yuz berish misoli - yuz yanogʻi qizarishi va tirnoqlar bukchayishi.
Yuz berish, zotiga nisbatan yoki paydo boʻlgan [kasal]ga nisbatan yuz berish deb ataladi. Tabibning uni oʻrganib, undan kasallikning mohiyatini bilishga yoʻl axtarishi eʼtibori bilan, u belgi deb ataladi.
Baʼzan bir kasallik ikkinchi kasallkka sabab boʻladi. Masalan, qulanj kasalligi hushdan ketishga, falaj va tutqanoq kasalliklariga sabab boʻladi. Xatto kasallikning yuz berishi kasallikning sababi ham boʻla oladi. Masalan, kuchli ogʻriq hysh ketishlikka sabab boʻla oladi, yoki qattiq ogʻriq, ogʻrigan oʻringa moddalar quyilishidan shishni keltirib chiqaradi. Baʼzan yuz berish oʻz-oʻzidan kasallikka aylanadi; isitmadan paydo boʻlgan bosh ogʻrigʻi kabi. Bu koʻpincha oʻrnashib mustaxkam boʻladi, xatto kasallikka aylanib ketadi. Baʼzan bir narsa oʻziga koʻra, oʻzidan oldindagi narsaga va oʻzidan keyingi narsaga koʻra kasallik, yuz berishlik va sabab boʻladi. Masalan, sil isitmasi kabi. Chunki bu oʻpka yarasiga koʻra [yuz berish], oʻz-oʻziga nisbatan kasallik va masalan, meʼda zaifligiga nisbatan sababdir. Misol uchun isitma orqasida paydo boʻladigan bosh ogʻriqʼini olsak, bosh ogʻriq isitmaning yuz berishi, oʻz-oʻziga nisbatan esa kasallikni va baʼzan barsom yoki sarsomlar (barsom-oʻpka tubekulomi, sarsom miyada paydo boʻladigan shish) ni paydo qilib, ularning sababi ham boʻlib qoladi.