Sargardonlik natijasi

Ergashaka 2026-04-04 08:35

Yiliga ikkita-uchtadan bola


Shunaqasi ham mumkinmi? Ha, xotin toʻrtta boʻlsa, yiliga uchta-toʻrttadan bola qilsa ham boʻladi. Men majburan shunday qilganman.
Sovet yillari nohaq qamalishdan qochish maqsadida toʻrt shahardan toʻrta uylanganman. Hamma joyda 10-15 kundan turib tabibchilik va duoxonlik qilardim. Melitsa turar joylarimga iskovuchlarini qoyib qoʻygandi. Mening ham ular ichida sadoqatli muxlislarim bor edi. Turar joyimni bilishlari bilan menga xabar qilishsa, uyimni tark etardim. Jizzaxda es en be xodimi otasi oʻtkir insult boʻlib, aʼzolari ishlamay tili yoʻq boʻlib qolganda bir haftada davolab yurgʻizib yuborgandim. Bir kuni qaynatamni iskovuch qilishib, bemorni davolab turgan joyimdan tutib ketishganda oʻsha xodim bir oyga qolmay chiqarib oldi.
Oʻsha yillarida yiliga ikkitadan ham farzandlik boʻlganman.