Shamollar keltirib chiqaradigan xodisalar haqida
Biz havo o‘zgarishlari haqida gapirganimizda shamollar haqida ham bir oz gapirgan edik. Endi boshqa bir tartibda u haqda yakunlovchi so‘zni aytmoqchimiz. Gapni shamoldan boshlaymiz.
Shimoliy shamollar haqida. Bu xil shamol [gavdani] kuchli va pishiq qiladi; [xiltlarning gavda] tashqarisiga qarab oqishlariga monelik qiladi, badan teshiklarini berkitadi, hazmni kuchaytiradi, ichni qotiradi, siydikni haydaydi, vaboli sasigan havoni tozalaydi. Agar shimoliy shamoldan ilgari janubiy shamol essa va undan keyin shimoliy shamol essa, janubiysi [xiltlarni] oqizadi, shimolisi esa ichkariga qarab siqadi; baʼzan [xiltlar] tashqariga yorib ham chiqadilar. Shu sababdan bunday vaqtlarda boshdan moddalarning o‘qib tushishi, ko‘krak kasalliklari va turli shimoliy kasalliklar, asab og‘riqlari, shu jumladan qovuq va bachadon og‘riqlari, siydik tutilishi, yo‘tal, qobirg‘a, biqin va ko‘krak og‘riqlari va nihoyat, badan xurpayishi xollari yuz beradi.
Janubiy shamollar haqida. Janubiy [shamol] quvvatni bo‘shashtiradi, badan teshiklarini ochadi, xiltlarni qo‘zg‘atib, tashqari tomonga qarab harakatlantiradi va xislarni susaytiradi. U yaralarni og‘irlashtiradi, kasalliklarni qaytalatadi,[kishini] zaiflashtiradi, yaralar va niqris kasalligi ustiga qichiq paydo qiladi, bosh og‘rig‘ini qo‘zg‘atadi, uyquni keltiradi, sasishdab paydo bo‘ladigan isitmalarni qo‘zg‘aydi, lekin tomoqni qirmaydi.
Sharqiy shamollar haqida. Agar bu xil shamollar kechaning oxiri va kunning boshida kelsalar, quyosh taʼsirida muʼtadillashgan yumshoq va namli havodan keladilar va ular quruqroq va mayinroq bo‘ladilar. Agar ular kunning oxiri va kechaning boshida kelsalar, buning teskarisi bo‘ladi. Umuman, sharqiy shamollar g‘arbuylaridan yaxshiroqdirlar.
G‘arbiy shamollar haqida. Agar bu shamollar kechaning oxiri va kunning boshida kelsalar, ular quyosh taʼsir qilmagan havodan keladilar va zichroq va quyuqroq bo‘ladilar Agar kunning oxiri va kechaning avvaliga kelsalar, buning teskarisi bo‘ladi.