Son, tizza bog'ini, oyoq panjasi bo'g'inlari va oyoq barmoqlari mushaklari anatomiyasi
Son mushaklarining eng kattasi uni yozuvchi [to'g'rilovchi] mushakdir, so'ngra uni bukish mushaklaridir. Chunki bu ikki harakat son mushaklarining eng muhim vazifalaridandir. Yozish bukishga qaraganda ham muhimroqdir, chunki tikka turish mushaklarni yozish bilan bo'ladi.
Keyin [sonlarni] uzoqlashtiruvchi mushaklar, yna keyin yaqinlashtiruvchi va nihoyat aylantiruvchilar keladi.
Son bo'gʼinlarini yozuvchi mushaklar ichida shunday bir mushak borki, bu gavdadagi mushaklarning eng kattasidir. Bu mushak qov suyagini va yonbosh [suyagini] qoplaydi va butun sonning atrofini ichdan va orqa tomondan o'rab olib, tizzagacha boradi. [Bu mushakning] tolalari turli yerlardan boshlanadi, shu sababdan uning vazifalari turlicha bo'ladi. Yana bir tomoni borki, unung ba'zi tolalari qov suyagining ostidan boshlanadilar va [sonni] ichkariga og'dirib yozadilar, ba'zi tolalarning chiqish joyi bundan bir oz yuqoriroq bo'lgani uchun, ular sonni faqat yuqoriga ko'taradilar. Yana ba'zi tolalarning chiqish joylari bundan ham ancha yuqoriroqda bo'lgani uchun, ular sonni ichkariga og'dirib, keyin yuqori ko'taradilar. Ba'zi tolalar yonbosh suyagidan o'sib chiqqanlari uchun ular sonni to'g'riga qarab kerak bo'lgan qadar yozadilar.
Son mushaklaridan yana bir mushak butun yonbosh son bo'g'inlarini orqa tomondan qoplaydi. Uning uchta boshi va ikkita uchi bor. Boshlari yonbosh suyagi, dumg'aza va dum suyagidan boshlanadi, ularning ikkitasi go'shtli, bittasi pardalidir. Bu [mushaklarning] ikki uchi son boshining orqa qismiga tutashadi. Agar [mushak] bir uchi bilan tortsa, sonni o'ziga og'dirib yozadi, agar uikki uchi bilan tortsa, [sonni] to'g'riga yozadi.
Son mushaklaridan yana bir mushak yonbosh suyagining butun tashqi [yuzidan] boshlanib, con suyagining katta troxanter deb atalgan katta o'sig'iga yopishadi va oldinga cho'zilib, [sonni] ichkariga og'dirib yozadi. [Oldingiga] o'xshagan yana bir mushak [bor]. U avval kichik o'sig'ining pastki qismiga tutasgadi; keyin pasayadi va o'z ishini qiladi. Lekin uning yozishi oz bo'lib, og'dirishi ko'pdir. Bu mushak yonbosh suyagining tashqi tomonining pastki qismidan boshlanadi.
Son mushaklaridan yana bir mushak yonbosh suyagining pastki qismidan o'sib chiqib, [sonni] ichki tomonga yetarli miqdorda og'dirib, orqa tomonga bipoz yozadi.
Son bo'g'inlarini bukuvchi mushaklarga kelsak, ular jumlasiga [sonni] ichkari tomonga yengilgina og'dirib bukuvchi mushak kiradi, bu to'g'ri mushak bo'lib, ikki joydan pastga qarab tushadi; ularning bittasi bel umurtqalarining oxiriga tutashadi; ikkinchisi yonbosh suyagidan boshlanib, ichki kichik o'siqqacha borib yetadi.
Boshqa mushak qov suyagidan boshlanib, kichik o'siqning pastki qismiga tutashadi. Yana bir mushak uning tomoniga qiyshiq cho'zilib, go'yo katta mushakning bir qismidek bo'lib turadi.
To'rtinchi mushak yonbosh suyagining [ustga] ko'tarib chiqib turgan qismidan o'sadi. Sonni egish bilan birga boldirni ham tortadi.
[Sonni] ichkariga og'diruchi mushaklarga kelsak, ularning ba'zilari to'g'risida ochish va bukish bobiids gapiriladi. Bu xil harakat uchun qov suyagidan o'sib chiqib, tizzagacha yetgan juda uzun mushak xizmat qiladi.
Tashqariga og'diruvchi mushaklar ikkita, ularning bittasi keng suyakdan boshlanib keladi.
Aylanuvchi mushaklarga kelsak, ular ikkita bo'lib, biri qov suyagining tashqarisidan, ikkinchisi esa ichkarisidan chiqadi. Bular bir-birlariga yo'liqib qiyshayadilar va katta o'siqning oxiri yonidagi chuqur joyda tutashadilar. Ulardan qaysi biri yolg'iz xolda tortsa, u sonni biroz yozib, o'z tomoniga buradi.
Tizza bo'g'inini harakatlantiruvchi mushaklarga kelsak, ulardan uchtasi sonning oldingi qismida joylashgan; bular sonning o'zida joylashgan mushaklarning eng kattasi bo'lib, ularning vazifasi [sonni] yozishdir. Bu uch mushakning bittasi xuddi qo'shaloqdaydir. Uninhg ikki boshi bo'lib, ularning biri katta o'siq yonidan boshlanadi, ikkinchisi esa sonning oldingi qismidan [boshlanadi] va uning ikkita uchi bor; ulardan biri go'shtli bo'lib, sonning ikki tomonidan ichkarisiga borib tutashadi.
Qolgan ikki mushakka kelsak, ulardan bittasini sonni bukuvchilar ichida aytgan edik, ikki yonbosh suyagining pardasidan o'sib chiqqan mushakdir; ikkinchisi esa sondagi tashqi o'siqdan boshlanadi. Bu ikki mushak bir-biriga tutashib, bitta bo'lib ketadi. Ulardan yagona pay paydo bo'lib, tizza qapqog'ini o'rab oladi va pastki qismlari bilan uni maxkamlab qo'yadi. Keyin u boldirning boshlangan joyi bilan tutashib, boldirni tortish bilan tizzani yozadi.
Qov suyaklarining tutashgan joyidan boshlangan mushak ham yozish uchun [xizmat qiladi]. U sonning ichki tomonidan qiyshayib o'tib, pastga tushadi, keyin boldir suyagining yuqorisidagi pay qismi bilan birlashib, boldirni ichkariga og'dirib egadi. Boshqa mushak ba'zi anatomiya kitoblarida [aytilganidek], oldingisiga tashqi tomondan ro'baro' turadi. U son suyagidan boshlanib, tashqi tomonidan qiyalab, to go'sht bilan qoplanmagan joyga yetguncha cho'ziladi. Boshqa bunday qiyg'os mushak o'zi yo'q. U boldirni tashqari tomonga burib yozadi. Ikkala mushak yozilganda esa tog'ri yozilish bo'ladi.
Boldirni eguvchilarga kelsak, ular jumlasiga yonbosh va qov suyaklaridan, ham yonbosh suyagining o'rtasidagi pardadan boshlanib ketgan hamda ichki yozuvchi [mushakning] boshlangan joyiga yaqin bo'lgan tor va uzun mushak kiradi. Songra u yuzaga chiqadi va tizzaning go'shtsiz do'ngiga tutashib tugaydi. Bu mushak orqali tovonning chap tomoniga og'dirib, boldirni yuqoriga tortish harakati amalga oshiriladi.
[Yana] uchta [bukuvchi] mushak [bor]; ichki, tashqi va o'rta; tashqi va o'rtadagi mushaklar tashqariga og'dirib, [boldirni] bukadilar, ichkarisi esa ichkariga og'dirib bukadi.
Ichki mushak quymich suyagining tubidan boshlanadi va keyin sonning orqasidan qiyshayib o'tib, boldirning ichki tomonidagi go'shtsiz joyiga borib, unga tutashadi. Bu mushakning rangi ko'kimtir bo'ladi. Qolgan ikki mushak ham quymich suyagining tubidan boshlanadi, ammo ular moyil boʻlib, boldirning ichki tomonidagi go'shtsiz joy bilan qo'shiladi. Tizza bog'inida shunday mushak borki, bu tizzaning egilgan joyida bekinib turganday ko'rinadi. U o'rta mushak bajaradigan vazifani bajaradi.
Ba'zi [odamlar gumonicha] qoshaloq yozuvchi mushakdan chiqqan bir bo'lak [mushak] pardadan o'tib, ko'pincha tizzani boshqa vosita bilan bukadi. Hamda [bu mushakning tizza bilan] qo'shilgan joyidan pay chiqib, u tizza qapqogʼiga yopishadi va uni tizza qapqog'i atrofi bilan tutashtiradi.
Oyoq panjasi bo'g'inlarini harakatga keltiruvchi mushaklarga kelsak, bu [mushaklar] jumlasiga uni ko'taruvchi va pastga tushiruvchi [mushaklar] kiradi. Ko'taruvchilar qatoriga boldirning oldingi tomoniga joylashgan katta mushak kiradi. Bu mushak boldir katta suyak boshining tashqi yuzasidan boshlanadi, oldinga ketaturib, boldir tomon og'ib o'tadi va boshmaldoqqa qarab ketadi. U boshmalqoq tagiga yaqin joyga tutashib, oyoq panjasini yuqoriga ko'taradi.
Boshqa mushak boldir kichik suyagining boshidan o'sadi. Unda jimchiloqning tagiga yaqin tutashgan pay o'sib chiqadi va u oyoq panjasini yuqori ko'taradi, ayniqsa, birinchi mushak u bilan birlikda [harakat qilganida], [ularning harakati] tekis va to'g'ri bo'lib chiqadi.
Pastga tushiruvchi mushaklarga kelsak, ularning bir jufti son boshidan o'sadi. Keyin ular pastga tushadilar va boldirning orqa qismining ichki tomonini goʼsht bilan to'lgʼazadilar. [Bu mushaklar]dan bir pay o'sadi, bu paylarning eng kattasi, ya'ni tovon payidir. U tovon suyagiga tutashib, uni tashqariga qiyshaytirib orqaga tortadi. 7Bu oyoq panjasining yerda maxkam turishiga sabab bo'ladi va unga boldir kichik suyagi boshidan o'sib chiqqan baqlajon rangli [boshqa] mushak yordam beradi. Bu mushak pastga tushib, pay chiqarmasdan to'ppa-to'g'ri go'shtli xolda suyakka o'zi tutashadi. U tovonning orqa qismiga, oldingi [mushakning] birikkan [joyidan] yuqoriroqqa yopishadi. By mushaklar yoki pay shikastlansa, tovon harakat qila olmay qoladi.
[Yana bir] mushak bo'lib, bundan ikkita pay ajralib chiqadi. Ulardan biri oyoq panjasini, ikkinchisi esa katta barmoqni yozadi. Ish shundaki, bu paylar katta boldir suyagining boshidan, ya'ni uni kichik boldir suyagi bilan uchrashgan joyidan boshlanib, ular oralig'ida pastga yo'naladi va ikki payga shoxlanadi. Bu paylardan biri oyoq panjasiga boshmaldoq oldida tutashadi; shu pay yordami bilan oyoq panjasi pastga bukiladi. Ikkinch pay [yuqorida aytilgan] mushakning bo'lagidan, ya'ni birinchi payning boshlang'ich yeridan uzoqda paydo bo'ladi. Bu qism boshmaldoqning birinchi bo'g'iniga pay yuborib, uni ichkariga qiyshaytirib yozadi.
Sonning tashqi boshidan [yana bir] mushak o'sadi, u tovon mushaklarining ikkovidan biriga borib tytashadi, keyin u boldirning ichki qismidan o'tganda mushakdan ajraladi. Bu mushakdan shunday pay o'sadiki, u kaftning ichki tomoni bo'ylab, to'shalgan mushakka o'xshab, oyoq panjasi osti bo'ylab o'tadi va butun panjaga to'shaladi hamda shu [kaft] mushagi bergan foydani beradi.
Oyoq barmoqlarini harakatga keltiruvchi mushaklarga kelsak, ulardan ko'pchiligi bukuvchi mushaklardir. Kichik boldir suyagi boshidan o'sib chiqib, pastga tushuvchi va unung ustiga cho'zilib, oʻrta va tortinchi barmoqni yozish uchun ikkiga bo'linadigan pay chiqaruvchi mushak shu mushaklar jumlasiga kiradi. Ikkinchi mushak bunga qaraganda kichikroqdir Uning boshlangan joyi boldir orqasidadir. U pay chiqarganidan keyin, uning payi ikkiga bo'linib, jimchiloqni va ikkinchi barmoqni egadi . Keyin bu ikki payning har biridan pay chiqib, oldingi payning shoxiga tutashadi, shunday qilib, ular bir payga aylanadilar; [bu keyingisi] bosh barmoqqa qarab cho'zilib ketadi va uni egadi. Yuqorida aytilgan uchinchi mushak katta boldir suyagining ichkarigi boshidan o'sib, ikki boldir suyagi orasidan pastga tushadi. U o'zidan bir bo'lakni oyoq panjasini egish uchun yuboradi. Bular oyoq barmoqlarini harakatga keltiruvchi mushaklar bo'lib, boldir va uning orasida joylashgandirlar.
Oyoqning kafti tomonida joylashgan mushaklarga kelsak, ularning o'ntasi anatomlarning [e'tiboridan] chetda qolib ketgan, bularni birinchi bo'lib Jolinus aniqlagan. Bu mushaklar barmoqlarning beshtasiga ham tutashgan; har barmoqda, o'ng va chap tomonlarda ikkitadan mushak bor. Ular barmoqlarni tortib harakatga keltiradilar, agar ikki mushak bir vaqtda harakatga kelsa, [barmoqlar] to'g'ri tortiladi, [faqat] birgina mushak harakatga kelsa, egilib tortiladi.
Bu mushaklarning to'rttasi har barmoqda bittadan bo'lib, oyoq kaftida yotadilar. Ikkala alohida mushak esa, boshmaldoq va jimchiloqni egish uchun tayinlangandir. Bu mushaklar [bir-birlari bilan] juda mustaxkam tutashgandirlarki, agar bularning biri shikastlansa, ularning alohida vazifalariga nisbatan, ularning harakati ham zaiflashadi. Shu sababdan oyoq barmoqlarinig boshlarini [egmasdan turib] bittasining o'zinigina bukib bo'lmaydi.
Barmoqlarning mushaklaridan beshtasi oyoq kaftining ustida o'rnashgan va ularning xizmati barmoqlarni tashqariga qarab og'dirishdir. Yana beshtasi oyoq panjasining ostiga joylashgan, ularning har qaysisi barmoqni ichki oraliq tomonidagi bo'laklar bilan qo'shib, harakat vaqtida uni ichki tomonga yaqinlashtiradi. Bu beshta mushak boshmaldoq va jimchiloqqa tegishli bo'lgan ikki [mushak] bilan birgalikda qo'l kaftidagi yettita [mushakka] o'xshaydi, shuningdek, oldingi o'n mushak hsm shu navdandir.
Kishi gavdasidagi mushaklarning hammasi besh yuz yigirma to'qqiztadir.