Suyaklar haqida (davomi)

Ibn Sino, Ergashaka 2025-05-22 17:53
Birinchi fasl Suyaklar va boʼgʼinlar haqida umumiy soʼz [davomi]


Suyaklar o'rtasida qo'shniliklar turlicha bo'ladi. Ulardan baʼzilari bukiladigan bo'g'inlar orqali, ba'zilari suqib kiritilgan, tikilgan yoki yapishtirilgan bo'g'inlar orqali qo'shiladilar. Bukiladigan bo'g'in shunday [bo'g'indirki], undan ikki suyakdan biri yengil harakat qiladi, boshqasi esa harakatlanmaydi. Masalan, bilak bilan bilakuzuk suyaklari o'rtasidagi bo'g'in. Tarang, ammo harakatsiz bo'lmagan bo'gin shunday bo'gʼinki, [unda] suyaklardan birining harakati qiyinlashgan va oz bo'ladi. Bilakuzuk va kaft suyaklari o'rtasidagi bo'g'in yoki kaft suyagining ikkala suyagi ortasidagi bo'g'in ana shundaydir.
Harakatsiz bo'g'inlarga kelsak, u shunday bo'gindirki, unda ikkala suyaklardan birortasi ham ayrim harakat qila olmaydi; masalan, to'sh suyagining bo'g'inlari.


Ikki suyakning birida do'nglik, boshqasida chuqurlik bo'lib, o'sha do'ng joy o'sha chuqurchaga qimirlay oimaydigan bo'lib o'rnashgan bo'lsa, [u] suqulib kirgan bo'g'in bo'ladi. Masalan, tish suyaklari o'zlarining o'sib chiqqan joylarida ana shunday joylashganlar. Ikkala suyakning har birida arradagiga o'xshash tishlar (ildizi) va chuqurchalar bo'lib, suyaklardan birining qirra va tishlari misgarlar mis taxtachalarini birlashtirgandek, ikkinchi bir suyakning chuqurchalarida joylashadi. Bunday birikishni "chok" yoki "tikma" deb ataladi. Bosh suyaklari ana sunday [qo'shilgan].
Yopishtirilgan bo'g'inlar uzunasiga yopishtiriladi. Masalan, bilakning ikki suyagi o'rtasidagi bo'g'in. Ba'zan ko'ndalangiga ham yopishgan bo'ladi. Masalan, umurtqa ustuninig dumg'aza suyagidagi bo'g'inlari; ustki umurtqalar harakatsiz bo'lmagan bo'gʼinlar bilan qo'shiladi.