Suyaklar haqida

Ibn Sino, Ergashaka 2025-05-21 20:01

Davomuyaklar toʼgʼrisida, O'ttiz fasldan iborat

Birinchi fasl, suyaklar va boʼgʼinlar to‘g‘risida ymumiy soʼz


Biz aytamiz: suyaklar ichida shundaylari borki, ular gavdaga asos bo'ladilar va gavda ulardan quriladi. Masalan, umurtqa ustunining umurtqa suyaklari ana shunday. Umurtqa ustuni gavdaga asos bo'lib, kema dastlab yog'och ustiga qurilgani kabi quriladi.Ba'zi suyaklar esa gavdaga nisbatan qalqon va himoya xizmatini o'taydilar, masalan, bosh tepa suyagi, ba'zi suyaklar zarba va aziyat beruvchi [narsalarni] qaytaradigan qurolga o'xshaydi, masalan, umurtqalarning o'tkir o'sig'i, ular orqa umurtqalarida tikanaklarga o'xshab [joylashganlar]. Ba'zan suyaklar bo'g'inlar o'rtasidagi oraliqni to'ldirib turadilar. Masalan, barmoq bo'g'inlari orasidagi kunjutsimon suyarlar. Ba'zi suyaklar gavdaning osilib turishi lozim bo'lgan [qismlarini] [o'zlariga]osib turadilar; lom harfi shaklidagi tilosti suyagiga xiqildoq, til mushaklari va boshqa mushaklar osilib turishadi.


Suyaklar majmui gavdaga tayanch bo'lib xizmat qiladi. Bu suyaklardan himoya va suyanch uchun kerak bo'ladigan, ammo harakat uchun xizmat qilmaydiganlari, garchi bo'lishi zarur bo'lgan yoriq va teshiklarga ega bo'lsa ham, yaxlit bo'lib tuzilgan. Harakat uchun ham kerak bo'ladigan suyaklarda esa kovaklar hajmi kengaytirilgan va [suyak] o'rtasidagi kovak bir butun qilingan. Suyak tanasi bir-biridan ajralgan oziq o'rinlariga muhtoj bo'lmasin uchun shunday qilingan. [Agar bir-biridan ajralgan oziq o'rinlari bo'lganda], suyak bo'sh va g'ovak bo'lib qolgan bo'lardi. Xolbuki, suyak tanasi mustaxkamdir. Suyakning ozigʼi, ya'ni ilik uning ichida yig'ilgan. Kovak miqdorining kengayishidan foyda - suyakning yengillanishida, kovakning bir butunligidan foyda suyak tanasining pishiqlanishidadir. Suyak tanasining pishiqligidan foyda uning qo'pol harakatlar vaqtida sinmasligida, suyakdagi iliklardan foyda shuki, u oldin to'liq aytib o'tganimizdek, suyakni oziqlantiradi va doimo namlab turadi, natijada suyak harakatning quritishi orqasida uvalanib ketmaydi; shunday qilib suyak, garchi uning ichida kovak bor bo'lsa ham, yaxlitga o'xshaydi. Kovak maxkamlik kerak bo'lgan joyda kam bo'ladi, yengillik kerak bo'lgan joyda ko'p bo'ladi.


Naysimon suyaklar yuqorida aytilgan oziqlanish ishi uchun ana shunday qilib tuzilgandirlar. Yana ular orqali havo bilan iskaladigan hid g'alvirsimon suyak orqali o'tgani kabi, biror narsa o'tishi kerak, miyadan haydaladigan chiqindilar ham ular orqali chiqarib tashlanadi.


Barcha suyaklar [o'zaro] shunday yopishgan va uchrashgandirlarki, biror suyak bilan unga yondoshib turadigan [suyak] o'rtasida katta oraliq bo'lmaydi. Ammo ulardan ba'zilari o'rtasida tog'ay yoki tog'aysimon "qistirma"lar to'ldirib turgan oz miqdordagi oraliq bo'ladi. Ular tog'aylarga xos foydali vazifani bajarish uchun yaratilganlar, bu foydali vazifa ko'zlanmagan yerda, suyaklar o'rtasidagi bo'g'inlar "qisnirma"siz yaratilgan. [Masalan], ostki jag'.

Davomi bor.