Tabobat mavzulari

Ibn Sino, Ergashaka 2025-05-06 13:05
Tib Qonunlari
. Birinchi taʼlim, ikkinchi fasl,
. Tibning mavzulari toʻgʻrisida.
Tib odam gavdasining sogʼligʼ va kasalligini oʼrganadi. Har bir narsani bilish, u narsaning sabablari boʼlsa, shu sabablarni oʼrganish orqali xosil boʼladi va kamolga yetadi. Shuning uchun tibda sogʼliq va kasallikning sabablarini bilish kerak boʼladi. Sogʼliq, kasallik va ularning sabablari goho ochiq, goho mahfiy boʼlib, unga xis bilan emas, balki belgilarga asoslanib fikr yuritish bllan erishiladi. Shunindek, tibda sogʼliq va kasallikda yuz beradigan xodisalarni ham bilish kerak boʼladi.
Haqiqiy ilmlar [hikmat ilmlari] da aniq boʼlganki, har bir narsani bilish, agar uning sabablari boʼlsa, shu sabablarni va tub asoslarini oʼrganish bilan xosil boʼladi. Agar sabablari boʼlmasa, unga xos va xos boʼlmagan belgilarini oʼrganish orqali boʼladi. Sabablar esa toʼrt xil boʼladi, moddiy, faol [taʼsir qiluvchi], shakliy va tugallovchi sabablar.
Moddiy sabablar shunday negizlarki, sogʼliq va kasallik shu negizlarda barpo boʼladi. Eng yaqin negiz aʼzo yoki ruhdir.
(Ruh soʼzi mazmun jihatidan yunoncha "pnevma" dan olingan boʼlib, inson gavdasida yuruvchi efirsimon bir jismni ifoda qiladi. Ibn Sino va uning davridagi (unga hamfikr) olimlar asarlarida ruhni materialistik qarashga yaqin nuqtai nazarda turib ifodalaganliklari koʼrinadi. Ibn Sino ruhga faylasuflar atagan "jon" maʼnosini bermaydi. Undagi ruh taʼbiri eski yunonchadagi "pnevmasoluk" maʼnosiga mos boʼlib, bu taʼbirdan koʼzda tutilgan maʼno Evropada XVIII asrda "force vitale" - "qon quvvati" nomi bilan takror maydonga chiqdi. Ibn Sinoning fikricha, ruh unsurlarning aralashuvidan vujudga kelgan va osmon jismlariga oʼxshash bir xolga ega boʼlgan - jismoniy modda, yaʼni jismdir. Ruh yurakdan boshqaruvchi aʼzolarga oʼtib tarqaladi. Ibn Sino ruh bilan nafs boshqa-boshqa narsa deydi. Nafs nafsoniy hayotning moddiy boʼlmagan boshlanishi, sezuv, iroda va aqliy quvvatlarning jamidir. Ruh esa boshlanishda moddiy boʼlib, inson va hayvonʼlardagi hayotiy quvvatni tashuvchisidir. Ruh va nafs orasidagi bunday farqni biz Aflotunda ham Aristotelda ham uchratmaymiz, bu oʼrinda ibn Sino originaldir). Undan uzoqroq negiz xiltlar va undan ham uzoqrogʼi unsurlardir (ularni yaxshi bilasiz). Keyingi ikkitasi asosan tarkib eʼtibori bilan negiz boʼlib, baʼzan oʼzgarish eʼtibori bilan ham negiz boʼladilar. Harbir shunday negiz tarkib va oʼzgarishda biror birlikka yoʼnaltiriladi. Koʼplikka yoʼnaladigan shunday birlik bu yerda yo mizoj, yo tuzilish, yo shakl boʼladi. Ammo, mizoj oʼzgarish eʼtibori bilan, tuzilish esa tarkib eʼtibori bilan [vujudga keladi].
Taʼsir qiluvchi sabablar odam gavdasining xolatlarini oʼzgartiruvchi yoki oʼzgarmagan xolda saqlovchi sabablardir. Ular esa havolar va ularga aloqador narsalar, ovqatlar, suvlar, ichimliklar va ularga aloqador [va chiqindilarning] toʻxtatilishi, shaharlar, turarjoylar va bularga aloqador narsalar, jismoniy va nafsoniy harakat va osoyishtaliklardir. Jumladan, uyqu va uygʻoqlik ham faol sabablardandir. Bir yoshdan boshqa bir yoshga oʼtish, yosh va jins eʼtibori bilan farqlanish, hunarlar, odatlar, odam gavdasiga tegib, uning tabiatiga yo teskari boʼlmay, yo teskari boʼlib tushadigan narsalar ham taʼsir qiluvchi sabablardandir.
Sh a k l i y s a b a b l a r mijozlar, ulardan keyin paydo boʼladigan quvvatlar va tarkiblardir.
T u g a l l o v ch i s a b a b l a r faoliyat [ishlar] dir. Ishlarni oʼrganishga quvvatlar va ularni tashuvchi ruhlarni oʼrganish ham kiradi. Kelgusida buni bayon qilamiz. Tib sanʼati odam badanining sogʼligʼi va kasalligidan baxs qilishi sababli, ana shular bu sanʼatning mavzularidir. Ammo shu bahsning tamom va toʼliq boʼlishi jihatidan, sogliqni saqlash va kasallikning tuzatishning sabablari va vositalari eʼtibori bilan tib sanʼati uchun yana boshqa mavzularning boʼlishi ham zarur.
Bu ikki xolatning sabablari yeyiladigan va ichiladigan narsalarning tadbiri, havoni tanlash, harakat va tinchlikning miqdorini aniqlash, dori bilan davolash, qoʼl bilan muolaja qilish kabi tadbirlardir.
Bularning hammasi tabiblar tomonidan uch turkumga: sogʼlar, kasallar va oʼrtadagilarga boʼlinish eʼtibori bilan [ishlatiladi]. "Oʼrtadagilarni" hech qanday tartibli qism bilan bogʼlanmagan xolda sogʼlar va kasallar oʼrtasida turadi deb xisoblashni [quyida] aytaman.
Ana shu bayonlarni tafsil etgach, bizda bunday xulosa xosil boʼladi: tib unsurlar, mizojlar, xiltlar, oddiy va murakkab aʼzolar, ruhlar va ularning tabiiy, hayotiy [hayvoniy] va nafsoniy quvvatlari, ishlar, sogʼlik va kasallik va ikkisining oʼrtasidan iborat boʼlgan xolatlar va u xolatlarning sabablari boʼlgan yeyiladigan narsalar, ichimliklar, havolar, suvlar, turar-joylar, boʼshalish, toʼxtalish, hunarlar, odatlar, jismoniy va nafʼsoniy harakatlar, harakat qilmaslik, yosh va jins, gavdaga taʼsir qiladigan chet narsalar, ovqatlar va ichimliklar bilan qilinadigan tadbirlar, havoni tanlash, harakat va osoyishtalikning miqdorini belgilash, davolash usullari, dorilar, sogʼliqni saqlashdagi qoʼl ishlari va har bir kasallikni [oʼziga xos] davolashdan [baxs qiladi].
Tabibga, tabibligi tufayli, endi shu narsalarning baʼzisining mohiyatini ilmiy tasavvur qilish tib uchun mavzuligi tabiatshunos olimlar tomonidan qabul qilinganiga asoalanib, uning mavjudligini tasdiq qilish lozim boʼladi. [Mana shunday dalilga muhtoj] mavzular tib uchun tub negizlar boʼlib, tabib ular mavjudligini isbot qilishni boʼyniga olishi kerak boʼladi. Albatta, ayrim ilmlarning tub negizi ishonchli va aniq boʼʼlib, oʼzidan oldin turgan ilmlarda dalil bilan bayon qilinadi. Dalil bilan bayon qilish davom etib, nihoyat hamma ilmlar negizi °ilmu mo baʼdat tabiʼa° [metafizika] deyiladigan birinchi hikmatga borib taqaladi.
Tabiblikni daʼvo qiluvchilardan birortasi unsurlar, mizojlar va tabiiy ilmga oid mavzulardan ularga yondoshib keluvchi narsalarni isbot qilishga tutinsa, tib sanʼatiga oid boʼlmagan narsani tibga kiritganligi va bu bilan bir narsani isbot qilmoqchi boʼlganligi jihatidan xato qiladi va albatta, bayon qila olmaydi. Endi tabib faqat mohiyatini tasavvur qilishi lozim boʼlgan narsalar quyidagilardan iborat:
Unsurlar mavjudmi? Ular nechta? Mizojlar mavjudmi, ularning mohiyati nima va ular nechta? Xilt va ularning mohiyatlari nima va nechta? Quvvatlar mavjudmi va ular nechta? Ruhlar mavjudmi, ular nechta va qayerda? Xolatning har bir oʼzgarishiga va uning barqaror qolishiga albatta sabab bor. Sabablar nechta?
Ammo aʼzolar [ning tuzilishi] va ularning manfaatlariga tabib xis (xis deganda beshta aʼzo: quloq, koʼz, burun, ogʼiz va qoʼllar orqali sezish tushuniladi) va tashrix [anatomiya] bilan yetishmogʼi kerak. Tabibning tasavvur qilib dalil keltirmogʼi zarur boʼlgan narsalar, kasalliklar, ularning oʼziga xos sabablari, alomatlari va qanday qilib kasallikni ketkazilishi va sogʼlik saqlanishidir. Albatta, tabib ana shu mavjudligi maxfiy narsalar [ning borligi], miqdori va [oʼtish] davriga batafsil dalillar keltirishi lozim boʼladi.
Jolinus [Galen] [tibning] birinchi qismini dalillar bilan asoslamoqchi boʼlganda, tabiblik nuqtaʼi nazaridan emas, balki tabiiy ilmda faylasuf sifatida soʼzlashni sevar edi. Shunga oʼxshash, huquqshunos (mulla, faqih, qozi) jamoat (podshoh) fikriga ergashish zarurligini isbot qilishga uringanda, huquqshunosligi jihatidan emas, balki mutakallim (Kalom ilmi bilan shugʼullanuvchi olim, muʼtazila, vahobiy) sifatida urinadi. Lekin tabib tabib boʼlaturib [oʼz fikrini] qatʼiy isbotlashga qodir emas. Aks xolda, ish mujmal daʼvoli masalaga aylanadi.