Minglab yil o‘z jismidan ajralib Yerga tushgan nur bir odam badanida o‘z tebranishisimon hujayrani uchratib unga qo‘ndi va do‘stona ta’sir qilaboshladi. Do‘sti o‘lib go‘rga qo‘yilsa ham o‘z ta‘sirini to‘xtatmadi. Unga o‘lim yot edi. Do‘sti o‘lsa ham u hayot tebranishlari bilan oziqlantirib turgani sabab, o‘likning tanasi chirimay yashay berdi.
Odamlar bunday jasadlarga yuz yilliklarda bir marta tasodifan duch kelib qolishadi. Bu g‘ayri tabiiy tashbihiy hodisaga tushunmay diniy tus beradilar.
Yaqinda Amerika olimlari hujayralar yallig‘lanishi ustida ish olib borishib, o‘tkir kasallikni surunkaliga aylanishi ham organizm yo charchagan immunitet dardga boshqa tusda qarshi kurashayotganini kashf qildilar. Demak surunkali kasallik ham qarshi kurashning hujayra tizimidagi qarshi kurash jarayoni ekan. Shu sababdan uni o‘z o‘xshashi (gomeopatiya) davolarkan. Oddiy hujayralar uning kasallik jarayonini tanishmaydi.
Bitta misol. Bir kuni jon talashayotgan kishi yoniga kirib qolib, Qur’onning uchdan bir qismi kuchiga ega bo‘lgan ixlos surasini o‘qib dam urdim. Bemor daf’atan yengil nafas olib, tinchlanib men bilan so‘rashdi. Menga qo‘shilib kalimasini aytib osongina jon berdi. Baholanki, boshida turgan Qur’onning foydasi bo‘lmagandi.
Bir kuni Namangan tog‘ oldi tumani Kosonsoyga bemor tashxisiga chaqirishgandi. Qo‘shnisi ayoli yig‘lab bola ko‘tarib kirdi.
- Mulla aka (tojik ayollari notanish ziyoli erkakka shunday murojaat qiladi) bolamni ko‘rib qo‘ying, uxlab sovib bormoqda. Ertalab qattiq isitma qilgandi, qishloq hamshirasi penitsillin qilgandan keyin issig‘i tushib ko‘zini yumgancha ochmay sovib bo‘rayapti.
Tomirni ko‘rib dahshatga tushdim. Yana bir soat o‘tsa qayta uyg‘onmas ekan. Qizamiq issig‘i qaytib, jismoniy quvvat tanazzuli boshlangandi. Bunday holatlar tez yordami boʻlgan moshday Sulfur 200C ni bir choy qoshiq onasi sutiga eritib og‘ziga quygach, bir daqiqada uyg‘onib qo‘lini o‘ynata boshladi. Tezda issig‘i chiqib, dokaday rangi qizarib, badanida qizil toshmalar ko‘rinishga boshladi.
Hozirga qadar olimlar olami milliard marta potensiyalangan o‘n gramm suvdagi bir mikron Sulfur a’zolardagi moddiy kasallarni davolashi yoki oylab qimirlamay yotgan kasal baxshi childirmasi ovozida o‘rnidan turib gulxan atrofida raqsga tushishini hazm qilolmaydilar. Avliyoning silashiga o‘layotgan tirilib, yana bir qancha yashashi bo‘lgan ish. Odam badanida etarlicha osh tuzi bor. Chanqovdan og‘zi qurib o‘layotgan bemorga million marta aralashtirilgan natriy muriat M1 dan 0,001 mg (moshday) bersa, og‘ziga suv kelib bezovtaligi yo‘qoladi. Badanidagi tuz hujayralari nega ishlamadi?