“Tib qonunlari” da sabab (arqon) – bog’lanish
Ibn Sino: - Biz tib nazariyasi deganda tibning asosiy qoidalarini o’rganishni tushunamiz”, – deydi. Bu asosiy qoidalarni o’rganish muallifning tutgan yo’li – insonning sog’lig’i va kasalliklariga oid xolatlarning sabablarini bilish va shularga asoslanib fikr yuritishdan iboratdir.
Bu sabablarni muallif to’rt guruhga bo’ladi:
Demak, muallif organizmning normal funktsional holatining saqlanishi yoki patalogik o’zgarishini mana shu to’rt guruh sabablar bilan aloqador ekanini qayd qiladi.Bu sabablar ichida biz tananing individual xossalarini, tashqi muhitdan ta’sir qiluvchi turli omillarni, ichki funktsional va organik o’zgarishlarni va boshqalarni ko’ramiz.
Bu erda yana ibn Sinoning “tugallovchi sabab” deb organizmdagi turli sistemalarning faoliyatini – funktsiyasini tushunishini alohida qayd qilib o’tish kerak. Umuman muallif organizmning funktsional xolatiga alohida ed’tibor beradi. “Sog’liq, - deydi u, - shunday malaka yo xoldirki, u sabab a’zolardan sog’lom ishlar vujudga chiqadi”.
Yuqorida keltirilgan klassifikatsiya o’zining bir daraja primitiv ekanligiga qaramay, konkret amaliyotni aniqlab beruvchi ratsional gipoteza sifatida ahamiyatga loyiqdir.