“Tib qonunlari” da tomir ko'rish haqida
Tomir urishining qisqacha tahlili
Ibn Sino tomir urishi turlarini o’ntaga bo’ladi; Har bir tur o’z galida bir necha hillarga bo’linadi.
Tomir urishi turlarini aniqlashda quyidagi hususiyatlar nazarda tutiladi:
1)pulsning hajmi – “kengayish miqdori”, “uzun”, “qisqa” va mu’tadil. “keng”, “tor” va mu’tadil, “past”, yuqori” va mu’tadil, murakkab sifatli tomir urishlaridan – “katta”, “kichik”, “yo’g’on” va “ingichka”;
2)”harakat qilib turgan tomirlarning barmoqqa urish kayfiyati” - “kuchli”, “zaif” va “o’rtacha” pulslar;
3)”har bir harakat zamoni”: “tez”,”sekin”va o’rtaqcha tomir urishlar;
4)”tomir tarkibi” – “qattiq”, “yumshoq” va mu’tadil;
5)”tomir bo’shligi” va “to’laligi” – “to’la”, “bo’sh” va o'rtacha tomir;
6)”ushlab ko’riladigan joy issiq yo sovuqligi” – “issiq”, “sovuq” va mu’tadil;
7)”tinish (pauza) zamoni” - “ketma-ket”, “siyrak” va mu’tadil;
8)”tekis” va “notekis” tomir urishi – “tekis”, “notekis” va boshqa holatlari;
9)”tartibsiz notekis” va “tartiblangan notekis”;
10)”tomir urish vazni” – “og’ir” va “yengil”;
Bulardan tashqari ibn Sino bir necha hil murakkab tomir urishlarini farqlaydi: “kiyiksimon”, “to’lqinsimon”, “chuvalchangsimon”, “chumolisimon”, “arrasimon”, “sichqon dumisimon”, “ikki zarbalik” tomir urishi va boshqalar.
Ibn Sino klinik ta’limotida asosiy masalalardan biri hisoblangan tomir urishi haqidagi ta’limotni chuqur o’rganish nafaqat tabiblar, balki har bir terafevt uchun ham muhim va zarurdir.
Suningdek, ibn Sino siydik va najasni tekshirishga ham qattiq e’tibor bergan. Siydik rangi, konsistensiyasi, tiniq va loyqaligi, cho’kmalari, miqdorini hisobga olishni buyuradi. Tekshirish uchun ertalab nahorgi siydik keltiriladi. Bemor bir necha kun oldin iloji boricha dori ichish va siydik rangi, miqdori, tarkibi va sifatlarini o’zgartiradigan narsalar iste’mol qilishdan saqlanishi kerak. Siydik keltiriladigan idish ishlatilmagan yo distillangan bo’lsin.
U paytlarda mikroskop bo’lmagani sabab, najas keltirilmay, holat va sifatlarini bemordan so’rab bilingan.