"Tib qonunlari" dunyoshumul

Ergashaka 2025-04-01 15:43

“Tib qonunlari” negizi

Gippokrat, ibn Sino va ularning izdoshlari tibbiyotni og’zaki tabobat va shamanizm (kohin, parixon, folbin, duoxon, kinnachi kabilar) g’oyalaridan tozalashga qancha urinishmasin, odamlar “oy yorug’i”, “kun chiqdi”, “quyosh botdi” kabi primitiv va sog’lom aql bovar qilmaydigan fikrlaridan qutilolmasliklari singari olim tabiblar ham o’z faoliyatlarida nazariya, tashxis va amaliyotga ko’plab gipotezalarni qabul qilishgandi.

Yana shuni ham ta’kidlash kerakki, falsafada fikrlar musabbabligi qoidasi, ya’ni axborotlar uzoqlarga o’z yaqiniga bog’lanib ko’chishi. Masalan, savdogarlar Xitoy qog’ozini biri ikkinchisiga uzatib Fransiyaga yuborishgan. Shu yo’l bilan yangi eradan qariyib ming yil burun Xitoy tabibi Van Shu Xe yozgan ulkan “Ney-Tsizn” kitobidagi unsurlar haqidagi ta’limot yunonlarga yetib kelgan. Ney tsizn kitobida 5 ta kosmik element: yer, syv, olov, daraxt va havo elementlari haqida tushunchalar bayon qilingan. Kitobda (menda asarning ilyustratsiyali nashri bor) yozilishicha havodan tashqari to’rt element oziq orqali gavdaga kirib xilus paydo qilib yurakka borgach qonga aylanadi. Bu “harakatsiz, sovuq, g’aliz” qonga o’pka orqali havo ta’sir qilib, qonni qizdiradi, latiflashtiradi va harakatga keitiradi.

Shuningdek qadimiy Xitoy meditsinasida sog’liq va kasallikni, umuman inson sog’lig’ini yan va in ta’limotiga bog’lagan. Yan – ustki yo erkak, in – past yo urg’ochi. Xitoy tabobati nazariyasi va amaliyoti shu dualizmga asoslangan.

Hindiston meditsinasi kosmogonik ta’limotga asoslangan bo’lib, Sushrutaning Ayurveda kitobida to’rt kosmik unsurlar: olov, havo suv va yerga efir ham qo’shiladi. Bu yerda ham to’rt unsurdan xilus paydo bo’lib qonga aylanishi hamda unsurlarning oz-ko’pligidan sog’liq buzilishi aytilgan.

Xullas, inson organizmi tabiati haqidagi naturfilosofiyaga asoslangan bu tusunchalar yunon va Rim olimlari tomonidan rivojlantirilib, keyin Abu Ali ibn Sino o’z zamonasigacha bo’lgan bari tabobatni jamlab, ularni nihoyat darajada ixchamlab, “Tib qonunlari” ni bunyod etgan.

Olimlarimiz va davlatlar oldidagi ulug’ vazifa: bugungi meditsina tanazzuliga sabab qattol kimyo hukmronligini yengib, butun dunyoda yoppasiga tabiiy davolash yo’liga o’tish uchun ibn Sino tabobatini zaqmonaviylashtirish bilan bir qatorda fiziko genetik davolash omillari. tashbihiy davolash (gomeopatiya), biorezonans tashxisi va davolashini hamma joyda keng qo’llash natijasida kimyoviy dori ishlovchi barcha zavod va fabrikalarni yo'qotish, apteka va poliklikalardan voz kechishga erishish lozim.