"Tib qonunlari" haqida

Ergashaka 2025-03-28 00:06

"Tib qonunlari" haqida

Maʼnaviy ustozim ibn Sinoning eng yirik shoh asari "Tib Qonunlari" dunyoshumul ahamiyatga ega. Kitoblar qachon yozilgani haqida muallifning oʻzi aytmagan. 25 yil davomida u bilan birga yurib xizmat qilgan shogirdi Abu Ubayda Jurjoniy talabiga koʻra ibn Sino Qonunning 1-kitobini Gurjonga kelganidan keyin 1012-yilda yozishga boshlaydi. Boshqa tafsilotlarda Qonunning boshqa juzlari 1015-1024 yillarda Ray va Hamadonda yozilganligi ehtimoli bor.
Asosan, "Tib qonunlari" barcha kitoblari qoʻlyozmalari XI asr birinchi yarmida arab tilida tez tarqala boshlaydi. Koʻp oʻtmay Qonun tabobat olamidan oʻzigacha boʻlgan barcha tibbiy qoʻllanmalarni surib chiqarib, arab va fors mashhur tabiblari qoʻlida asosiy dasturga aylanib, koʻpchilik tomonidan darslik sifatida tan olindi.
Avvallari tabiblik hunar sanalgan boʻlsa, ibn Sino uni fan darajasiga koʻtardi. XII asr ensiklopedik olimi Nizomiy Aruziy Samarqandiy: "Kimki tabobatni toʻlaqonli oʻrganmoqchi boʻlsa, ibn Sino "Tib qonunlari" ni yod olsin. Qonunning birinchi jildini egallasa, undan tabobat ilmiga doir mushkullinklar va nazariy ham amaliy masalalardan birovi yashirin qolmaydi. Agar Buqrot (Gippokrat) va Jolinus (Galen) tirilib kelishsa Qonunga sajda qilishardi". - deydi.
Darhaqiqat, "Tib qonunlari Osiyo va Sharqda tezda shuhrat qazonib, xatto gʻarb tabiblari eʼtiborini jalb qildi. Yuzlab tabiblar Qonunga oʻz tillarida sharx yozdilar va uni qisqartirib, tibbiy qoʻllanma va darsliklar tuzdilar.
Qonunga sharx yozgan mashhur olimlardan Faxriddin Roziy XII asr, Muhammad Naxchivoniy va ibn Nafis XIII asr, Abdulloh Oqsaroyiy, Sadididdin Kozaruniy, Qutbiddin Sheroziy va Abdurahmon Misriylar XIV asr, Hakim Ali Jiyloniy XVI asr, Ishoqxon ibn Ismoilxon XVIII asr, Hakim Shifoiyxon ibn Hakim Abdulshofiʼxon XIX asrda. Birgina Tehronlik Mahdaviy Qonunga 130 ta sharx yozgan.
Qonun birinchi bor arabchada Rimda 1593 yili chop etilgan. Yana asl matni 1873, 77, 79-yllari Qohira, 1889 yil Tehron, 1906 Laknav, 1905- yilda Loxurda bocildi.
Gʻarbda lotin tili ancha koʻp tarqalgani sabab navqiron Qonun gʻarbiy vrachlar ichida asta tarqala boshlab, kitob chop etish davri birinchi boshqalar qatorida "Tib qonunlari" oʻrin oldi. XII va XIII asrda ikki Gerard ismli gʻarb olimi Qonunni toʻlaligicha arabchadan lotinchaga oʻgirishdi.
Shunday qilib qonun gʻarb mamlakatlarida vrachlarning asosiy qoʻllanmasi boʻlib, xatto meditsina oliygohlarida asosiy oʻquv dasturiga aylandi.
Evropada Qonun 500 yil davomida tabiblarga asosiy qoʻllanma va tibbiy oliygohlarida yetakchi darslik vazifasini oʻtadi. Qonun gʻarbda 40 marta toʻlaligicha, ayrim kitob va qismlari esa yuzlab marta lotin tilida chop etildi.
XIX asr boshlaridan "Tib qonunlariga boʻlgan qiziqish yanada kuchaydi. Qonun boʻlaklarini nemis, fransuz ingliz va rus tillariga tarjima qilish boshlandi. Ammo Qonun birorta Evropa tiliga toʻla tarjima qilinmadi.
Bu ogʻir yukni oʻzbek sharqshunoslari va tibbiy olimlar oʻz gardandlariga olishib, Qonunni toʻligʻicha oʻzbek va rus tillariga oʻgirdilar. Qonunning barcha 5 ta kitobi tarjimasini1954-61 yillarda Toshkentda sharqshunoslar shifokor va tilshunoslar bilan birgalikda chop etishni roʻyobga chiqardilar.