Xiltlar
Qon -yurakda ruh (kislorod) bilan to’yinib butun tanaga tarqaladi va hamma quvvatlarni boshqaradi. Issiq-ho`l safro
-qonni quyulishdan saqlaydi,
-o`pkaga borib uning ichki devorini moylaydi,
Issiq-quruq safro
-o`t qopiga to`planib, ovqat hazmida ishtirok etadi,
-organizm namligini boshqarib tananing tabiiy haroratini boshqarib turadi.
Balg’am - yetilmagan qon bo`lib, kerak bo`lganda qonga aylanadi,
-bosh va orqa miya suyuqligi sifatida ularga ho`llik berib namlab turadi,
- bo`g’imlarda sinovial suyuqlik sifatida ularni moylab turadi, organizmdagi namlikni saqlab, uni qizib ketishdan saqlash bilan birgalikda elastikligini ta`minlab turadi.
Sovuq-ho`l savdo
-qonni quyultirib, uning oquvchanligini kamaytiradi,
-oshqozon og’ziga jamlanib ishtahani qo`zg’aydi,
-taloqda jamlanib organizmning himoya faoliyatini boshqaradi,
-suyaklarda to`planib ularga qattiqlik beradi
Inson tanasidagi a`zolarning manfaati va shu manfaatlarga qarab taqsimlanishi Inson organizmini tarkibiy qismi bo`lgan har bir a`zo u yoki bu vazifani bajaradi, masalan o`pkadagi vena qonni kislorodga to`yintirib yurakka beradi, yurak esa shu qonni o`pkadan tortib olib, aorta va arteriyalar orqali butun organizmga tarqatib, modda almashinishi jarayonining uzluksizligini ta`minlab turadi. Yuqoridagi misoldan shu narsa aniqlanadiki o`pka, yurak uchun xizmat qilar ekan, arteriyalar esa o`tkazish vazifasini o`taydi. A`zolarning organizmdagi bajaradigan vazifalarini ahamiyatiga qarab Ibn Sino inson tanasi a`zolarini quyidagi guruhlarga bo`lgan:
I - guruh. Rais yoki boshqaruvchi a`zolari, bu guruh a`zolari shaxs yoki turni saqlash uchun xizmat qiladi. Rais a`zolar gavdaning dastlabki quvvat manbaidir. Shaxsni saqlovchi a`zo uchtadir: bosh miya, yurak va jigar. Tayyorlovchi xizmat, rais a`zo ishidan oldin bajariladi, o`tkazuvchi xizmat, rais a`zo ishidan keyin bajariladi. Misol: yurakni tayyorlovchi xizmatini bajaruvchi a`zosi o`pka bo`lib, qonni kislorodga to`yintirib yurakka beradi, yurak esa kislorodga to`yingan qonni o`tkazish xizmatini bajaruvchi arteriyalar orqali tanaga tarqatadi.
Rais yoki boshqaruv a`zolari. Rais a`zolar o`z faoliyatini bajarish xususiyati bilan
1-shaxsni saqlash,
2-turni saqlash kabi guruhlarga bo`linadi, chunki bu a`zolarda shaxsni yoki turni saqlashga zarur bo`lgan gavdaning dastlabki quvvatlar manbalari mavjud.
Shaxsni saqlovchi a`zolar.
Rais a`zolarning birinchi guruhi shaxsni saqlovchi a`zolar bo`lib ular uchtadir. Yurak hayotiy quvvatning kelib chiqish o`rni, bosh miya nafsoniy, his-harakat quvvatlarining kelib chiqish o`rni bo`lsa, uchinchi a`zo jigar organizmni oziqlantirish quvvatlarining kelib chiqish o`rnidir.
Turni saqlovchi a`zolar.
Rais a`zolarning ikkinchi guruhi turni saqlovchi bo`lib, to`rttadir: yurak, bosh miya, jigar va ikki moyakdir.
Moyaklarning manfaati, ular naslni saqlovchi erlik urug’ini paydo qiladi va erlik va xotinlikni tugallanishini va mizojini ifoda qiladi.
Xizmat qiluvchi a`zolar.
Xizmat qiluvchi a`zolar rais a`zolarga xizmat qilib, ularning ishini tugal va to`liq bo`lishini ta`minlaydi, bularga o`pka, oshqozon, ichak, taloq, buyraklar, tomirlar, nervlar kabi a`zolar kiradi.
Xizmat qiluvchi a`zolar rais a`zolar bajaradigan bosqichlariga nisbatan va bajaradigan manfaatlariga qarab ikki guruhga bo`linadi:
1-foydali ish yoki tayyorlash xizmatini bajaruvchi,
2-mutloq ish yoki o`tkazish xizmatini bajaruvchi.
TURNI SAQLOVCHI RAIS A’ZOLAR BOSH MIYA YURAK JIGAR VA IKKI MOYAK.
1. Naslni saqlovchi erlik urug’ini paydo qilish
2. Erlik va xotinlikni tugalligini va mizojini ifoda qilish.
Xizmat qiluvchi a`zolar guruhlaridagi a`zolar doimiy emas, ular joy joyi bilan foydali ish bajaruvchi yoki mutloq ish bajaruvchi a`zo bo`ladi. Foydali ish bajaruvchi a`zo deganda shunday tushuniladiki, bu ish bajaruvchi a`zo rais a`zoga tayyorlash xizmatini bajaradi. Mutloq ish bajaruvchi a`zo rais a`zo xizmatidan keyin o`tkazish xizmatini bajaradi.
FOYDALI ISH BAJARUVCHI A`ZOLAR RAIS A`ZOLAR MUTLOQ ISH BAJARUVCHI A`ZOLAR
O`pka Yurak Arteriya qon tomirlar Jigar va boshqa oziqlantirish va ruhni saqlash a`zolari
Bosh miya Nerv tolalari Me`da ingichka ichaklar
masoriqo qon tomirlari
Jigar
Jigardan chiquvchi vena qon tomirlari Yurak, bosh miya, jigar, buyraklar Moyaklar Nasl o`tuvchi tomirlar va erlik olati
Birinchi rais a`zo yurak hayotiy quvvat manbaidir.
Yurakka o`pka xizmat qiluvchi a`zo bo`lib, qonni kislorodga to`yintirib beradi va qondagi xiltlarning latif va bug’ qismidan yurakda ruh hosil bo`ladi.
Yurak hosil bo`lgan ruhni arteriya tomirlari orqali butun tanaga tarqatadi,
XIZMAT QILUVCHI A’ZOLAR FOYDALI ISH BAJARUVCHILAR.
Tayyorlash ishlarini bajaruvchi (foydali ish) MULOQOT ISHI BAJARUVCHILARI o’tkazish xizmatini bajarish. (muloqot ishi) ya`ni arteriya tomirlari rais a`zo yurakdan keyingi o`tkazish xizmatini o`tab, mutloq ish bajaradi. Ikkinchi rais a`zo bosh miya nafsoniy, his-harakat quvvatlarni ishga solishi uchun oziq-ovqatni jigardan va boshqa oziqlantiruvchi a`zolardan; me`da, ichak va taloqdan, ruhni esa yurakdan oladi. Demak, bosh miyaning tayyorlov ya`ni foydali ish bajaruvchi xizmat qiluvchi a`zolari jigar, me`da, taloq va yurak bo`lib hisoblanadi. Sifatli ruh va ozuqa moddasini olgan bosh miya nafsoniy quvvatning sifatli hisharakatini bajaradi. Bu vazifani o`tkazish a`zosi nerv tolalari orqali bajaradi. Uning mutloq ish bajaruvchi a`zosi nerv tolalari bo`lib hisoblanadi.
Uchinchi Rais a`zo jigar shaxsni sog’lom saqlash uchun ozuqa moddasi unga tayyorlovchi a`zolar oshqozon va ichaklardan masoriqo tomirlari orqali oladi, demak, jigarning foydali ish bajaruvchi a`zolari oshqozon va ingichka ichaklar bo`lib hisoblanadi. Olgan ozuqa moddasi xilusni jigardagi oziqlantiruvchi quvvatlar orqali hazmi tugal bajariladi va xilusdan xiltlar hosil bo`lib, vena tomirlari orqali o`tkazilib butun tana a`zolari bo`ylab tarqaladi va tana oziqlanadi. Demak, jigarni o`tkazuvchi ya`ni foydali ish bajaruvchi a`zosi jigardan chiquvchi vena qon tomirlaridir. To`rtinchi rais a`zo moyaklar. Moyaklarni rais a`zo turkumiga kiritishdan maqsad turni saqlashdan iborat bo`lib, moyaklar inson naslini doimiyligini ta`minlovchi a`zodir. Shuning uchun uni rais a`zolar turkumiga qo`shamiz. Moyaklarda maniyni hosil bo`lishi jigardagi hosil bo`lgan ozuqani sifatiga, yurakda shakllangan hayotiy ruhni sifati va miqdori, bosh miyadagi shakllangan nafsoniy ruh va quvvatlarning sifatlariga bog’liq bo`lib, bu uchala rais a`zo va ikkala buyrak tayyorlash ishini bajaradi. Ya`ni bu to`rttala a`zo moyaklarda maniy hosil bo`lishida moddiy manbalar vazifasini o`tovchi foydali ish bajaruvchi, xizmat qiluvchi a`zo bo`ladi. Moyaklarda hosil bo`lgan maniyni o`tkazuvchi, ya`ni foydali ish bajaruvchi a`zosi, moyaklardan zakarga keluvchi yo`llar va zakardagi siydik o`tuvchi kanal hisoblanadi. Chunki jinsiy aloqa qilganda maniyni, 41 ayollar jinsiy a`zosi orqali bachadon og’ziga yetkazuvchi a`zo, yuqorida zikr qilingan a`zolar hisoblanadi.
Qurol a`zolar. Qurol a`zolarga qo`l, oyoq, yuz, bosh va ko`krak qafasi kiradi. Bu a`zolarni qurol a`zolar deyishimizga sabab, ular rais a`zolar vazifasini va harakatlarini tugal bajarishi uchun qurol va vosita vazifasini bajaradilar: chunonchi ko`krak qafasi ko`krak a`zolarini himoya qilish bilan birga nafas olish aktida qatnashadi va o`pkadagi gazlar almashinuvida bilvosita ishtirok etadi yoki qo’l va oyoqlarda hayotimizda asosiy harakat va ishlarni bajaradigan qurol a`zolardir. Arterial qon bilan bosh miyaning oldingi qorinchasiga yetib kelgan hayotiy ruh uning mizojini qabul qila boshlaydi va unda sifat o`zgarishi natijasida nafsoniy ruh shakllana boshlaydi. O`rtà qorinchadan o`tib oxirgi to`rtinchi qorinchaga yetib borib to`liq shakllanib yetiladi, ana shu shakllanish jarayonida birinchi qorinchada o`rnashgan tashqi sezgi quvvatlarni qabul qilib, ko`rish, eshitish va ta`m bilish a`zolarini faoliyatini amalga oshiradi. Agar bu joyda nafsoniy ruhning sifati yoki o`tishi qiyinlashsa, a`zo o`z faoliyatini qisman bajaradi yoki umuman yo`qotadi. O`rta qorinchada esa ichki idrok quvvatlarini qabul qilib, yod olish, tafakkur, fikrlash qobiliyatini harakatga keltirsa, orqa qorinchada to`liq shakllanib yetilgan nafsoniy ruh a`zolardagi bukilish va yozilish, sezish, esda saqlash va farosat kabi faoliyatlarni shakllantirib harakatga keltiradi
1.Arterial qon tarkibida rais a`zo jigarga yetib kelgan hayvoniy ruh, uning mizojini qabul qilib sifat o`zgarishi natijasida tabiiy ruhga aylanib xizmat qilinuvchi va xizmat qiluvchi quvvatlarni qabul qilib shaxsni saqlaydi, agar o`sish yoshida bo`lsa, uni o`stiradi, ya`ni jigarda kechadigan hazm jarayonini bajaradi va organizmni oziqlantirish uchun oraliq mahsulot kaymus va tabiiy xiltlarni hosil bo`lishini ta`minlash bilan birga qon tarkibida organizm a`zolariga iste`mol mahsulotini suvli qismini siydik sifatida ajralishini bajaradi.
2.Rais a`zo -moyaklarga yetib kelgan hayotiy ruh, uning mizojini qabul qilib, sifat o`zgarish natijasida, tabiiy ruhga aylanib, navni saqlovchi, shakl beruvchi quvvatlarni harakatga kelishini ta`minlaydi. Tuxumdonlarga yetib borgan hayotiy ruh mizojini qabul qilishi va sifat o`zgarishi natijasida tabiiy ruhga aylanib, tuxum hujayralarini oziqlanishi va yetilishini ta`minlaydi. Agar tabiiy va nafsoniy ruhlarning sifati, miqdori va yetib kelishida biror kamchilik kuzatilsa, a`zolar o`z faoliyatini nuqsonli bajarishi yoki umuman bajarmasligi mumkin. Agar hayotiy ruh sifatida o`zgarish bo`lsa kasallik paydo bo`ladi. Mabodo uning hosil bo`lishi to`xtasa yoki u tarqalsa o`lim sodir bo`ladi.
Quvvatlar
Quvvatlar to`g’risida
Hayotiy ruhning rais a`zolari mizojini qabul qilib sifat o`zgarishi natijasida shu a`zolarga ta`sir ko`rsatishga layoqatligi sababli bu a`zolarda ma`lum faoliyat bajaruvchi ta`siriga quvvat deyiladi. Quvvatlarning turlari ko`p, ularning har biri biror boshqaruvchi a`zoda bo`ladi, bu a`zo o`sha quvvatning manbai va o`rnidir. Masalan: nafsoniy quvvatlarning manbai bosh miya, tabiiy quvvatlarning manbai esa jigar bilan moyaklar bo`lsa, hayotiy quvvatlarning manbai yurakdir. Quvvatlar o`rnashgan a`zolari va bajaradigan vazifalarini uch turga bo`lib o`rganamiz. Hayotiy quvvatlar yurakda o`rnashgan bo`lib, his va harakatlarni harakatlantiruvchisi bo`lgan hayotiy ruh ishini tartibga soladi va yurak mushaklarining qisqarishi va bo’shalishini amalgà oshiradi.
Tabiiy Hayotiy
Nafsoniy Tabiiy
1. Qisqaruvchi 2. Bo’shashuvchi
1. Tashqi sezgi
2. Ichki sezgi
3. Harakat
1. Xizmat qilinuvchi
2. Xizmat qiluvchi quvvatlar o`rnashgan joyi va bajaradigan ishiga ko`ra o`z navbatida ikki guruhga bo`linadi.
1 - guruh quvvatlar jigarda o`rnashgan bo`lib, shaxsni saqlash va o`stirish vazifasini bajaradi.
2 - guruh moyaklarda o`rnashgan bo`lib, navni saqlash uchun xizmat qiladi. Gavda aralashmasida urug’ moddasini ajratadi.
Nafsoniy quvvatlar o`rnashgan joyi bosh miya bo`lsada, lekin yaxshiroq o`rnashgan joyi miya qorinchalarida, bu ham o`rnashgan joyi va vazifasiga qarab uch turga bo`lib o`rganiladi.
1 turi - tashqi sezgi quvvatlari.
2 turi - ichki sezgi quvvatlari.
3 turi - harakat quvvatlari.
Hayotiy quvvatlar
Hayotiy quvvatlar o`rnashgan joyi rais a`zo yurak bo`lsa ham, u tabiiy xiltlarning latif va bug’ qismining o`zaro aralashuvi natijasida yangi mizojli tarkibiy qism ruh shakllangandan so`ng bu mizoj ta`sirida boshlang’ich quvvatlar sifatida o`z faoliyatini bajaradi. Bu quvvat barcha quvvatlarning boshlanuvchisi bo`lganligi va u bo`lmasa o`lim sodir bo`lishi sababli hayotiy quvvat deb nomlanadi. Hayotiy quvvat bir vaqtni o`zida ikkita qarama-qarshi vazifani bajaradi: 1. Yurak qorinchalari mushaklarining bo’shashishi. 2. Yurak qorinchalari mushaklarining qisqarishi.
Quvvatlar
Hayotiy quvvat
Tabiiy quvvat
Nafsoniy quvvat
Hayotiy ruhni yurak mushaklarini qisqarishi bo’shashi orqali harakatlantirish uchun xizmat qiladi
Shaxsni saqlash va o`stirish
Navni saqlash uchun
Tashqi sezgi a`zolari harakati Ichki sezgi
Harakat
harakatlantirish uchun xizmat qiladi. Rais a`zo, ya`ni yurak bu quvvat yordamida hayotiy zaruriy ishlarni bajaradi.
Ibn Sino talqini bilan aytganda, hayotiy quvvat, yurakda vujudga kelib, a`zolarni his va harakat ,hamda hayot faoliyatini qabul qilishga tayyorlaydigan quvvatdir. Nafsoniy quvvatlar
Nafsoniy quvvatlarning o`rnashgan joyi rais a`zo bosh miya bo`lib, bajaradigan vazifasiga qarab uch turi tafovut qilinadi:
1.Tashqi sezgi quvvatlari.
2.Ichki sezgi quvvatlari.
3.Harakat quvvatlari.
Nafsoniy quvvatlar his va harakat quvvatlari bo`lib, u yordamida inson atrofida bo`lib turadigan tabiiy hodisalarni , jismlar va boshqalarni his qiladi. Nafsoniy quvvat o`rnashgan joy bosh miyaning qorinchalaridir.
Hayotiy ruh bosh miyaning qorinchasiga yetib , bosh miya mizojini qabul qilib sifat o`zgarishiga uchragandan boshlab, to orqa qorinchaga yetib borib to`liq nafsoniy ruh etilgunga qadar, to`rttala qorinchada o`rnashgan quvvatlarni qabul qilib ularni faollashtirish vazifasini bajartiradi.
Nafsoniy quvvatlarning bajaradigan ishlari: Nafsoniy quvvatlar: Zohiriy va botiniy his quvvatlari
Harakat quvvatlari
Tashqi sezgini his qiluvchi
1.Ko`rish
2.Eshitish
3.Hid bilish
4.Ta`m bilish
5.Tegib sezish(taktil sezgi) Ichki sezgini xis qiluvchi
1.Tasavvur – mushtarak
2.Fikrlash
3.Tafakkur-fahm
4.Xotira-xofiza
5.Ong Harakat:
1.Yozilish
2.Bukilish
Tashqi sezgini his qilish quvvatlari
Zohiriy, ya`ni tashqi sezgini his qilish quvvatlari bosh miyaning oldingi birinchi va ikkinchi qorinchasida joylashgan bo`lib, ular besh quvvatdan iborat:
1.Ko`rish quvvati - bu quvvat yordamida odamlar tashqi muhitni rang -barangligini, go`zalligini, jismlar shaklini, hayvonot olamini idrok va kuch quvvatini, umuman butun ko`rish kerak bo`lgan narsalarni ko`rib zavqlanadi, qisqasi ta`sirlanadi va ko`rgan narsasi haqida tasavvur hosil qiladi. Bu quvvatni mutloq ish boshqaruvchi a`zosi ko`zdir.
2.Eshitish quvvati. Bu quvvat yordamida inson tashqi muhitda hosil bo`ladigan yoqimli va yoqimsiz tovushlarni eshitadi va farqlaydi. Bu quvvatni mutloq ish bajaruvchi a`zosi quloqdir.
3.Hid bilish quvvati. Bu quvvat yordamida insonlar nafas olayotgan havodagi xush, noxush hidlarni sezib yo quvonib rohatlanadilar yoki nafratlanib jirkanadilar. Hid bilish quvvatini mutloq ish bajaruvchi a`zosi burundir. Tabiblar esa hidlarni o`rganib iste`mol mahsulotini mizojini aniqlab oladilar. Yaxshi yoqimli hid nafsoniy ruh oziqasidir.
4.Ta`m bilish quvvati. Bu quvvat yordamida insonlar jism va iste`mol mahsulotlarining ta`mini sezib, rohatlanib yo g’azablanib tasavvur hosil qiladilar. Bu quvvatni mutloq ish bajaruvchi a`zosi tildir.
5.Tegib sezish ( taktil sezgi) quvvati. Bu quvvat inson terisiga tegish orqali bilinadi, chunki bu quvvatni mutloq ish bajaruvchi a`zosi teridir. Tegib sezish orqali tashqi ta`sirotlar, ya`ni issiqlik, sovuqlik, ho`llik, quruqlik va turli og’riq beruvchi sabablar teri orqali his qilinib, tasavvur shakllantiriladi.
Botiniy - ichki sezgi quvvatlari
Botiniy, ya`ni ichki sezgi quvvatlari bosh miyaning barcha qorinchalarida bajaradigan vazifasiga qarab joylashgan his-idrokni shakllantiradi:
1.Mushtarak, ya`ni tasavvur hissi birinchi va ikkinchi qorinchaning old qismida joylashgan. Besh zohiriy hislar bu quvvatni shakllantirishda asosiy rol o`ynaydi, chunki inson tashqi his qilish quvvatlarini borliqqa nisbatan tasavvur qiladi va bu quvvat o`z faoliyatini bajaradi.
2.Fikrlash ham botiniy quvvatlardan bo`lib oldingi qorinchalarni chiqish joyida joylashgan bo`lib, ko`rish hissi yordamida oldingi ko`rgan narsalarni xayolan tasavvur qilish yoki umuman, ko`rgan - eshitganlarini xayolan tahlil qilib ,fikrlash qobiliyatini yuzaga keltiruvchi quvvatdir.
3.Fahm, ya`ni tafakkur hissi ham botiniy idrok quvvatlardan bo`lib, uchinchi qorincha oxirida joylashgan. Bu quvvat fikrlash qobiliyatini umumiylashtiruvchidir.
4.Hofiza, ya`ni xotira hissi botiniy idrok qilish quvvati bo`lib, to`rtinchi qorincha oxirida joylashgan.Uning ishi ko`rgan, eshitganlarni yodda saqlashdan iborat. Bu quvvat insonlarda cho`kish davriga kelib kuchsizlanadi, chunki uning mizoji soviydi. Yoshligida ko`rgan eshitganlarni esa yodda saqlay oladi. Chunki bu davrda inson mizoji issiq bo`ladi. Buning sababi shuki, bu quvvatni harakatlantiruvchi kuch nafsoniy ruh to`rtinchi qorinchaga kelganda to`liq shakllangan bo`ladi.
5.Ong -botiniy idrok qilish quvvatlarini bir ko`rinishi bo`lib, uchinchi qorinchani boshlanish qismidà joylashgan. Uning ishi ko`rgan, eshitgan, o`qiganlarni mujassamlab xulosalash. Bu quvvat mutafakkirlar, olimlar, shoir va yozuvchilarda shuningdek, ishbilarmonlarga nisbatan yaxshi shakllangàn bo`ladi.
Nafsoniy harakatlantiruvchi quvvatlar
Nafsoniy harakat quvvatlari bajaradigan vazifalariga ko`ra ikki guruhga bo`linadi: 1.Yozuvchi quvvatlar
2.Bukuvchi quvvatlar Bu quvvatlarning o`rnashgan joyi bosh miyaning to`rtinchi qorinchasi bo`lib, harakatlarni to`liq bajarish uchun uni harakatlantiruvchi kuch, ya`ni nafsoniy ruh to`liq shakllangan bo`lishi kerak. Nafsoniy harakat quvvatlarini mutloq ish bajaruvchi a`zosi bo`g’imlarni harakatlantiruvchi paylar va mushaklardir. Ular pay va mushaklarni harakatga keltirib bukadi va yozadi, qo’l va oyoqlar harakatini to`liqligini boshqaradi.
Tabiiy quvvatlar
Inson tug’iladi, o`sadi, rivojlanadi, nasl qoldiradi. Bu vazifalar ikki turli quvvat bilan bajariladi va ularga tabiiy quvvatlar deyiladi. Ular bajaradigan ishlar umumlashtirilib ikki guruhga bo`lib o`rganiladi:
Tabiiy quvvatlarning o`rnashgan joyi jigar va moyaklar bo`lib, mutloq ish bajaruvchi a`zolar shaxsni saqlash uchun, erkaklarning tashqi jinsiy a`zosi, ayollarda esa bachadon asosiy bo`lib hisoblanadi. Bu quvvatlar shaxsni saqlash, o`stirish va nasl qoldirishga xizmat qiladi.
Xizmat qilinuvchi tabiiy quvvatlar to`g’risida.
Xizmat qilinuvchi quvvat jigarda hosil bo`lgan xilt va kaymus moddasini tanani oziqlantirish, kishilarni o`stirish, inson navini saqlash uchun tuxumdondagi tuxumlarni oziqlantirib yetiltirish, shuningdek moyaklarda urug’ moddasini paydo qilib yetiltirib tuxumlarni urug’lantirish qobiliyatiga egà bo`lgan maniyni hosil bo`lishiga xizmat qiladi. Bu vazifani jigardagi xizmat qilinuvchi, ya`ni oziqlantiruvchi quvvat bajaradi.
1.Inson tirik ekan, u yashash va o`sish uchun tanadagi a`zolar tarkibi iste`mol mahsulotlari hazmidan hosil bo`lgan moddalarni bir qismini ter , tirnoq, soch, quloq kiri, hayz qoni, maniy sifatida chiqindi shaklida organizmdan chiqaradi. Me`yordan ortiq yo’qotilgan chiqindi o`rni.
Tabiiy quvvatlar
Xizmat qilinuvchi (Ovqatlantiruvchi) Xizmat qiluvchi (Moyak) Shaxsni saqlash Oziqlantiruvchi O`stiruvchi (Jigar) Turni saqlovchi 1-shakl beruvchi 2-shakllantiruvchi (to`ldiruvchi) (Jigar)
1.Tortuvchi 2.Saqlab turuvchi 3.Hazm qiluvchi 4. Ajratuvchi 5.Haydovchi a`zolar tarkibini hosil qilishga layoqatli xilt va kaymusning jigarda shakllanib, qon bilan birga organizm a`zolariga yetkazilishi yordamida to`ldiriladi.
2.Yopishtirish, ya`ni oziqlantiruvchi quvvat yordamida oziqlantiruvchi moddaga ishlov berib, uni ozuqaga aylantirib, a`zo qismiga yopishtirish orqali tugal bo`ladi. 3.O`xshatish, ya`ni a`zo qismiga yopishtirilgan ozuqa oziqlantiruvchi quvvatning o`zgartiruvchi quvvati ta`siri sababli a`zoga hamma nisbatda, hatto tarkib va rang jihatidan ham o`xshash bo`ladi. Jigardagi bu o`zgartiruvchi kuch butun gavdaga umumiy ta`sir ko`rsatadi.
Bundan tashqari xizmat qilinuvchi tabiiy quvvatning asosiy vazifasi bo`lib sanalgan o`stiruvchi quvvat gavda hajmlarini tabiiy nisbatda ulg’aytirib, o`sish uchun xizmat qiladi.
Turni saqlovchi quvvatlar
Bu quvvatlar inson turini saqlaydi va ushbu vazifani o`z navbatida ikki quvvat orqali bajaradi: Turni saqlovchi quvvatlar
Shakl beruvchi
Shakllantiruvchi
Moyaklarda
Bachadonda
Erkaklarda:
oziqlantiruvchi quvvat moyaklarni oziqlantirgandan keyin moyaklarda maniy shakllanadi va u yerda yetilib tuxumlarni urug’lantirishga layoqatli bo`ladi. Ayollarda esa, ularning tuxumdonlaridagi tuxumlar sifat o`zgarishi natijasida urug’lanishga layoqatli bo`lib bachadon sathiga tushadi va jinsiy aloqadan so`ng erlik urug’i bilan qo`shiladi. Bu yerda maniy shakl beruvchi, tuxum esa shakllanuvchi vazifalarni o`tab tuxum urug’lanib sifat o`zgarishi natijasida homila shakllana boshlaydi.
Xizmat qiluvchi tabiiy quvvatlar
Xizmat qiluvchi tabiiy quvvatlar ham jigarda joylashgan bo`lib, u xizmat qilinuvchi tabiiy, ya`ni oziqlantiruvchi quvvatga xizmat qiladi. U bajaradigan faoliyatiga qarab besh turga bo`linadi.
Xizmat qiluvchi tabiiy quvvatlar
Tortuvchi
Ushlab Turuvchi
Hazm qilish
Ajratish
Haydash
Ovqat hazmining jigarda kechuvchi uchinchi bosqichi shu xizmat qiluvchi tabiiy quvvatlarning faoliyati bilan bog’liqdir: Tortuvchi quvvat ovqat hazmining ikkinchi bosqichida ichaklarda hosil bo`lgan ximusni masoriqo (ichak tutqichi) qon tomirlari orqali jigarga tortish vazifasini bajaradi va bu ishni o`zi turgan a`zodan birinchi tortilgan nozik tolalar yordamida amalga oshiradi.
Ushlab turuvchi quvvat- organizm uchun foydali bo`lgan moddalarni o`zgartiruvchi va ulardan ozuqa oluvchi quvvatning hukmi ostida ushlab turish vazifasini o`taydi.Ushbu vazifani o`zi joylashgan a`zodagi qiyshiq tolalar yordamida bajaradi.
Hazm qiluvchi quvvat - jigardagi o`zgartiruvchi quvvat yordamida ximusning sifatini o`zgartirib, yangi mizojli ozuqa, xilt va kaymusni hosil qilish vazifasini bajaradi.
Ajratuvchi quvvat- ximusdan hosil bo`lgan xilt, kaymus va hazm jarayonining chiqindilari bo`lgan suvlik moddalarni haydash quvvatiga tayyorlab berish uchun xizmat qiladi. Ya`ni, quyuq narsalarni suyultirish, suyuq narsalarni mo`tadil quyuq holatga keltirish, yopishqoq narsalarni parchalab yetiltirish, tabiiy qon va balg’am xiltini, yuqori kovak vena qon tomiriga, safro xiltini bir qismini ajratib o`t yo`llariga, savdoni esa jigar bilan taloq o`rtasidagi yo`lga va umuman hazm jarayonida yaroqsiz chiqindilarni suvli ajratmalar sifatida ajratadi.
Haydovchi quvvat- iste`mol mahsulotining hazm jarayonidan so`nggi hosil bo`lgan oraliq va oxirgi mahsulotlarni yuqorida ta`kidlangan maxsus yo`llarga haydalib borishini ta`minlaydi.
Xizmat qiluvchi tabiiy quvvatlarni harakatlantiruvchisi va boshqaruvchisi tabiiy ruh bo`lib, ularning vazifasini to`liq bajarish uchun to`rt kayfiyat, ya`ni issiqlik, sovuqlik, quruqlik va ho`llik xizmat qiladi. Issiqlik xizmati beshala xizmat qiluvchi tabiiy quvvat uchun umumiy bo`lsada, lekin har bir quvvat uchun alohida ahamiyatga ega. Sovuqlik esa o`z zotiga ko`ra hamma quvvatlarga qarshi turadi, chunki hamma quvvatlarning ishlari harakat bilan bo`ladi. Sovuqlik kayfiyati bilan barcha harakatlarga qarshi xizmat qiladi. Ho`llik va quruqlik kayfiyatlari barcha harakatlarga bevosita emas, balki bilvosita ta`sir qiladi. Quvvatlarning ishlari harakat bilan bo`ladi. Bu holat tortish va haydash ishlarida ravshan ko`rinadi. Hazm quyuq va qattiq bo`lgan narsalarni bo`laklarga ayirib, suyuq va yumshoq narsalarni qo`shish bilan tugal bo`ladi. Bu ishlar ajratish va aralashtirish harakatlari bilan amalga oshadi.
Tortish quvvatining o`z ishini tugal bajarishda issiqlik kayfiyatiga zarurati ko`proq, chunki issiqlik oziq moddalarni ko`proq tortishga yordam beradi. Quruqlik kayfiyati esa tortish quvvatiga harakat uchun lozim bo`lgan chidamlilikni zo`rayishini vujudga keltiradi.
Ushlab turuvchi quvvat o`z ishini tugal bajarishda sovuqlik va quruqlik kayfiyatlari xizmat qiladi: Sovuqlik ushlab turuvchi quvvatning ta`sirini saqlaydi. Quruqlik sifati moddani tutish uchundir, ya`ni ushlab turuvchi quvvatning o’z ishini tugal bajarishda quruqlik kayfiyatiga zarurati ko`proqdir.
Hazm qiluvchi quvvat faoliyatida issiqlik va ho`llik kayfiyatlari xizmat qiladi. Issiqlik, ta`kidlaganimizdek barcha quvvatlarni harakatlantiruvchisidir. Ho`llik kayfiyati esa hazmda oziqni oqizish va uni shakl olishiga yordamlashadi.
Ajratuvchi quvvat faoliyatida issiqlik, quruqlik va sovuqlik kayfiyatlari xizmat qiladi. Issiqlik hamma quvvatlarning harakatlantiruvchisi bo`lish bilan birga hazm mahsulotlarini ayrim - ayrim guruhlarga ajratadi. Ushbu vazifani bajarishda unga quruqlik bilan sovuqlik yordamlashadi.
Haydash quvvatining faoliyatida ham issiqlik, quruqlik va sovuqlik kayfiyatlari xizmat qiladi. Issiqlik, yuqorida izohlaganimizdek barcha quvvatlarning harakatlantiruvchisi bo`lib xizmat qilsa, quruqlik bu quvvatga hazm ajralmalarini oz miqdorda quyultirish uchun xizmat qiladi. Sovuqlik esa, chiqindilarni haydashga yordam beradigan yellarni sovutib, quyultiradi va ko`ndalang siquvchi tolalarni to`dalab zichlashtiradi. Jigardan hazm bosqichidagi oxirgi mahsulotlarni o`ziga xos yo`llarga haydaydi.
Ekologiya, ya`ni organizm bilan tashqi muhit o`rtasidagi munosabat haqidagi fanning yuzaga kelishini va "Ekologiya" ("oikos" - yunoncha xonadon, yashash joyi, "logos- fan") iborasining qo`llanilishi 19 asrda yashab o`tgan nemis tabiatshunos olimi Ernest Gekkel' (1834- 1919 y) nomi bilan bog’liq va u ekologiya fanining otasi deb qaraladi. Bu borada e`tiroz qilishimiz kerakki, qariyb 1000 yil avval buyuk vatandoshimiz tibbiyot dahosi Abu Ali ibn Sinoning hozirda "Ekologiya" deb yuritilayotgan atrof muhitning deyarli barcha omillari ularga insonning, jonzotlarning ta`siri va nihoyat bu omillarning inson va jonzotlarga aks ta`siri to`g’risidagi mashhur iboralarini keltirishning o`zi kifoya. "Chang bo`lmaganda inson 1000 yil yashagan bo`lar edi" yoki "havo toki muvozanatlangan va toza bo`lsa, unga (pnevmaga) begona qo`shimchalar qo`shilmasa, u salomatlik garovi bo`ladi, aks holda turli kasalliklarga sabab bo`ladi". Sabab - bu oldin paydo bo`ladigan va odam gavdasida qandaydir bir holatni keltirib chiqaruvchi yoki bu holatni turg’unligicha saqlab turuvchidir. Kasallik esa kishi gavdasidagi g’ayritabiiy bir holat bo`lib, u g’ayritabiiy mizojdan, yo g’ayri tabiiy tarkibdan paydo bo`ladi. Ba`zan bir kasallik ikkinchi kasallikni keltirib chiqarishga sabab bo`ladi. Hatto kasallikning yuz berishi kasallikning sababi ham bo`la oladi. Masalan, kuchli og’riq xushdan ketishlikka sabab bo`ladi, qattiq og’riq – og’riq sohasida shishni hosil bo`lishiga sabab bo`ladi. Ba`zan xastalikning yuz berishi o`z - o`zidan kasallikka aylanadi, isitmadan paydo bo`lgan bosh og’rigi kabi, bu ko`pincha o`rnashib mustahkam bo`lib oladi, hatto kasallikka aylanib ketadi. Jolinusning fikricha, odam gavdasining holati quyidagilardir: 1) Sog’lik, inson gavdasining mizoji va tuzilishi shunday holatda bo`ladiki, undan sodir bo`ladigan fe`l va ta`sirlar to`g’ri va sog’lom ravishda yuz beradi. 2) Kasallik, bu odam gavdasining yuqoridagi holatga teskari bo`lgan bir holatidir. 3) Jolinusning fikricha, quyidagi holatlarda to`la sog’lomlik yoki to`la kasallik bo`lmaydi. Masalan, yoshi katta insonlar, kasallik sog’ayib borayotgan davr, yoki bolalarning holatlari kabi. Ba`zan, ushbu ahvol sog’lik va kasallikning birin ketin kelishidan paydo bo`ladi. Masalan, shunday toifali kishilar borki, ular qishda sog’lom bo`lib, yozda kasal bo`ladilar. Bu mavsumiy kasalliklarga xos holatdir. Ibn Sino ta`limotiga asosan inson organizmiga ta`sir qilib, xastalikka sabab bo`ladigan tashqi và ichki faktorlar mavjud: 1.Tashqi faktorlar: ob - havo, yil fasli, ichimlik suvlari, oziq-ovqat mahsulotlari. 2. Ichki faktorlar: emotsional holat, qo`rquv, quvonch, g’am – anduh, g’azab va hokazolar.
Kasallikni keltirib chiqaruvchi sabablar
Biz yuqorida bayon qilgan sog’lik, kasallik va sog’lik ham, kasallik ham bo`lmagan hollarning sabablari uchtadir:
oldin keluvchi sabab,
tashqi sabab va
bog’lovchi sabab.
Oldin keluvchi va bog’lovchi sabablar organizmdagi xilt, mizoj yo tarkibga tegishli bo`lgan umumiy sabablardir.
Tashqi sabab bu - tanadan tashqari narsalar, masalan, zarba, havoning issiqligi, yoki sovuq ovqat kabilardir.
Bog’lovchi sabablar bilan holat orasida hech qanday vosita bo`lmaydi.
Demak, oldin keluvchi sabablar gavdaga, ya`ni xilt, mizoj kabi tarkibga tegishli sabablar birinchi bo`lmasdan,
balki biror vosita orqali biror bir holatni keltirib chiqaruvchi sabablardir.
Bog’lovchi sabablar esa gavdaga tegishli sabab bo`lib, vositasiz ravishda gavda holatlarini birinchi keltirib chiqaradigan sabablardir.
Tashqi sabablar birinchi bo`lib ham, birinchi bo`lmasdan ham, gavdaga xos, yoki gavdaga xos bo`lmagan holatlarni keltirib chiqaradigan sabablardir.
Masalan: Oldin keluvchi sabablarga misol: - isitmani keltirib chiqarishda xiltlarga to`lalik, kataraktani paydo qilishda ko`z tomirlarining to`lib ketganligi.
Bog’lovchi sabablarga misol: - isitmani paydo qilishda xiltlarning chirib hidlanishi, ko`z tomirlarida tiqilma paydo qilishda ko`zning uzumsimon qatlamiga rutubatning oqib tushishi, ko`rlikni keltirib chiqarishda - tiqilmaning paydo bo`lishi.
Tashqi sabablarga misol: - quyoshning isitishi, kuchli harakat, haddan ziyod ko`p uyqusizlik yoki sarimsoqqa o`xshagan o`tkir qizdiruvchi narsalarni yeyish kabilar. Bularning hammasi isitmaga sababdir. Ko`z qorachig’ining kengayishiga va kataraktaga jarohat sabab bo`ladi.
Gavdaga yetgan har bir sabab ta`sir ko`rsata olmaydi, balki yana 3 narsaga muhtoj bo`ladi:
1.Ta`sir qiluvchi bir quvvatdan boshqa bir quvvatga o’tishi
2.Gavdaning nafsoniy quvvatidan bir quvvatga o`tishi
3.Quvvatlarning bir - biriga qarama-qarshi kelishi.
Sabablar keltirib chiqargan narsalariga nisbatan, turli hollarda bo`ladilar. Ko`pincha sabab bitta bo`lsa ham, turli gavdalarda turlicha kasalliklarda yoki turli vaqtlarda turli kasalliklarni keltirib chiqargan bo`ladi. Biror bir sabablarning ta`siri kuchsiz va kuchli odamda, sezuvchan va kam sezuvchan odamda bir xil bo`lavermaydi.
Sabablarning ba`zilari o`zlaridan keyin iz qoldiradi va ba`zilari iz qoldirmaydi. Iz qoldiruvchi sabablar shunday sabablarki, ular ajralgandan keyin ta`siri qoladi. Iz qoldirmaydigan sabab shunday sababki, uning ajralishi bilan kasallik tuzalib qoladi.
Umuman, gavda hollarini o`zgartiruvchi va saqlovchi sabablar zaruriy yoki zaruriy bo’lmagan jinslardan iborat.
Zaruriy jinslar 6 xil bo`ladi:
1.Atrofimizni o`ragan havo
2. Iste`mol mahsulotlari
3.Harakat va harakatsizlik
4.Nafsoniy harakatlar
5.Uyqu va uyg’oqlik.
6.Bo`shalish va bo`shalmaslik.
Zaruriy bo’lmagan jinslar esa inson tanasi bilan uchraydigan narsalardir - havo bular jumlasiga kirmaydi, chunki u zaruriydir, masalan, hammomga tushish, turli xil uqalashlar va boshqalar. Inson tanasi bilan tashqi tomondan uchrashib ta`sir qiluvchi narsalar ikki yo`l bilan ta`sir qiladi.
1) Birinchisi narsalarning latif qismlari o`zlaridagi sizilish va o`tib ketish quvvati bilan gavdadagi teshiklarga kirib ketadi, yoki a`zolar ularni tana teshiklari orqali tortib oladi, yoki shu ikkala holat birbiriga yordam beradi
2) Ular gavda bilan hech bir aralashmasdan faqat uni o`zgartiradigan kayfiyatlari bilangina ta`sir qiladilar, bu kayfiyat amalda bo`ladi, masalan, sovituvchi surtmalar amalda sovutadi va isituvchi surtmalar amalda isitadi yoki qizdirib qo`yiladigan narsalar amalda qizdiradi; yoki u kayfiyat quvvatda bo`ladi , lekin tug’ma issiqlik unda ta`sir qiluvchi quvvatni qo`zg’atadi va uni amaldagiga aylantiradi; ba`zan esa o`z xususiyati bilan ta`sir ko`rsatadi. Odatda kasalliklarning ba`zilari sodda, ba`zilari esa murakkab bo`ladi.
Sodda kasalliklar - mizoj kasalligi turlari yoki tarkib buzilishi kasalliklari turlaridan biri uchraydigan bir xil kasalliklardir.
Murakkab kasalliklar - ularda kasallik turlaridan ikki va undan ortig’i to`planib, bir nechta kasallikni hosil qiladi.
SODDA KASALLIKLAR.
Ularning turlari xiil:
1) Bo`laklari o`xshash bo`lgan a`zolarga mansub kasalliklar jinsi, bular mizoj buzilishi kasalliklaridir. Ular nima uchun bo`laklari o`xshash bo`lgan a`zolarga mansub bo`ladi chunki, avvaldan bo`laklari o`xshash bo`lgan a`zolarda paydo bo`lgan kasallik keyinchalik murakkab a`zolarga o`tadi. Ammo, murakkab kasalliklarda bu holat kuzatilmaydi.
2) Qurol a`zolari kasalliklari jinsi. Ularning ta`sir quroli bo`laklari o`xshash a`zolardan birikkan a`zolarda paydo bo`luvchi tarkibiy kasalliklardir.
3) Hamkor a`zolar kasalliklari jinsi. Ular bo`laklari o`xshash a`zolarda ham, qurol a`zolarida ham paydo bo`ladigan kasalliklardir. Bular "uzluksizlikning buzilishi" va "birlikning taralishi" deb atalgan kasalliklardir. Chunki "uzluksizlikning buzilishi" bo`laklari o`xshash bo`lgan va bo`g’imlarni tashkil qilgan a`zolarda paydo bo`lmasdan bo`g’imning o`zida paydo bo`ladi. Ba`zan asab, suyak va tomirlarning yolg’iz o`zlarida paydo bo`ladi.
Umuman, kasalliklar 3 xil bo`ladi:
mizoj buzilishiga tegishli bo`lgan kasalliklar,
tarkib hay`ati buzilishiga tegishli kasalliklar va
"uzluksizlikning buzilishiga" tegishli bo`lgan kasalliklar.
Har bir kasallik shulardan bittasiga tegishli.
Mizoj buzilishiga tegishli bo`lgan kasalliklar ko`p uchraydi.
TARKIB KASALLIKLARI.
Ularning to’rt xili mavjud:
tuzilish kasalliklari,
miqdor kasalliklari,
son (adad) kasalliklari va
vaziyat kasalliklari.
Tuzilish kasalliklari ham to’rt xil bo`ladi:
1.Shakl buzilish kasalliklari. U shundan iboratki, shaklning buzilishi tabiiy ko`rinishni o`zgartiradi va bunday o`zgarish faoliyatga ham ofat yetkazadi. Masalan, to`g’rining egri bo`lishi, egrining to`g’ri bo`lishi, doiraning to`rtburchak bo`lishi, to`rtburchakning doira bo`lishi kabi.
2. Oqim yo`llarining kasalliklari.
Bular ham o`z navbatida uch xil bo`ladi, chunki bular
a) kengayishdan bo`ladigan kasalliklar: ko`z qorachig’ining kengayishi kasali kabi b) torayishdan bo`ladigan kasalliklar ko`z qorachig’ining, nafas o`tadigan joylarning va qizilo`ngachning torayishi kabi
v) tiqilish bo`ladigan kasalliklar, masalan, ko`zning uzumsimon (qatlamdagi) teshiklarning, jigar tomirlarining va boshqalarning tiqilishlari kabi holatlarning kuzatilishi.
3.Qopchiq va bo`shliqlar kasalliklari.
Bular ham quyidagi 4 turlarga bo`linadi,
chunki ular kattalashib, kengayadilar, yoki kichiklashib, torayadilar, me`daning torayishi va tutqanoq kasalligida miya qorinchalarining torayishi kabi, yoki tiqilib (qon bilan) to`lib ketadilar, sakta kasalligida miya qorinchalarining tiqilishi kabi.
4.A’zolar yuzalarining kasalliklari, masalan, me`da va ichaklarning silliq bo`lib qolishlari kabi, yoki silliq bo`lish o`rniga g’adir - budir bo`lishlari, kekirdakning g’adir - budir bo`lib qolishi kabi.
Miqdor kasalliklari. Ikki sinfi mavjud
- ular miqdori o`sishdan bo`ladi, masalan, fil kasalligi va olatning o’ta kattaligi kabi - bu priapizm kasalligi deb ataladi, yoki ular Nikomax deb atalgan odamda paydo bo`lgan kasallikka o`xshaydi, uning hamma a`zolari shuqadar katta bo`lib ketib , harakatlanishdan ojiz bo`ladi yoki kichiklanish jinsidan bo`ladi, tilning burishishi, ko`z qorachig’ining kichiklashishi, yo butun gavdaning so`lishi kabi.
Son - adad kasalliklariga kelsak, ular tabiiy bo`ladi.
Ortiqcha barmoq va notekis o`sgan ortiqcha narsa yoki tosh kabi, (son kasalligi) u yo tug’ma bo`ladi, barmoqsiz tug’ilgan odam kabi, yo bu kamchilik tabiiy bo`lmaydi, barmog’i kesilgan odam kabi.
Vaziyat kasalliklari
Vaziyat kasalliklariga kelsak, bu Jolinusning fikricha "o`rin" ham "mushorakat" degan ma`noga to`g’ri keladi,ular 4 xil bo`ladi:
A`zoning bo`g’inidan qo`zg’alishi,
ichakka mansub churra kasalligidagi kabi.
Yoki a`zoning harakati g’ayritabiiy va noto`g’ri bo`lishi, qaltirashdagi kabi,
yoki o`rniga yopishib, undan ko`chmasligi, bu miqdor kasalligidagi bo’g'imlarning toshday qattiqlanishi kabi.
Mushorakat (Hamkorlik) kasalliklari har bir a`zoning qo`shnisiga nisbatan bo`ladigan har bir holatini g’ayritabiiy ravishda bir biridan uzoqlashtirishi yoki yaqinlashtirishi holatlaridir.
Ular ikki sinfli bo`ladi.
Birinchisi, a`zoning qo`shni a`zo tomoniga harakatlanishi ilgari mumkin bo`lgan bo`lsa ham keyin mumkin bo`lmay qoladi,
yoki qiyinlashadi, masalan: barmoqlarning go`shti barmoqlarga tomon harakat qilib yopishishi mumkin bo`lmay qoladi, yoki avvalda mumkin bo`lgani holda keyin bir - biridan ajralib uzoqlashish imkoniyati bo`lmay qoladi.
Ikkinchisi, a`zo o`z qo`shnisidan (uzoqlashishi mumkin bo`lsa ham u) uzoqlasha olmaydi, yoki uzoqlashishi qiyinlashadi, masalan, falaj kasalligida ko`z qovog’ining va bo`g’imlarning bo`shashishi yoki kaftni yozish va qovoqni ochishning qiyinlashishi kabi holatlardir.
Uzluksizlikning buzilish kasalliklari haqida.
U ba`zan terida bo`lib, tirnalish va yulinish deb ataladi.
Bu ba`zan go`shtda bo`ladi va yiringlamagan yangi xili jarohat deb ataladi, yiringlagan xili yara deyiladi.
Yiringning paydo bo`lishi - jarohatlangan a`zoning zaifligi va oziq iste`molidan, hazmdan ojizligi jihatidan zararli chiqindilarning haydalishidan yuzaga keladi.
Shu bilan birga hazm bo`lmagan moddalarning o`zi ham chiqindiga aylanadi. Uzluksizlikning buzilishi suyakda ham bo`ladi - suyak sinib ikki yoki ko`p bo`laklarga ajralgan bo`ladi yoki titilib mayda bo`laklarga ajralgan bo`ladi.
Bundan tashqari uzluksizlikning buzilishi tog’aylarda yoki asablarda bo`lishi mumkin. Agar bu buzilishi eniga tushgan bo`lsa, kesilish deyiladi, uzunasiga tushgan bo`lib, chuqur bo`lmasa, yoriq deyiladi, chuqur bo`lsa teshik deyiladi.
Agar uzluksizlikning buzilishi arteriya va vena tomirlarida paydo bo`lsa, u yorilish deyiladi. Agar ular tomirlarning ko`ndalangiga to`g’ri kelsa, uzilish yoki ajralish deyiladi. Uzunasiga kelgan bo`lsa, darz deyiladi, ularning og’izlari ochilgan bo`lsa, yorilish deb ataladi.
Murakkab kasalliklar
Bir qancha kasalliklar yig’indisidan bir kasallik paydo bo`ladi. Misol qilib, shishni aytish mumkin. Shishda shakl va tarkib (tuzilish) kasalligi ham topiladi, chunki shakl va miqdorni buzmaydigan shish yo`qdir. Shish yumshoq a`zolarda paydo bo`ladi, ba`zan suyaklarda ham shishga o`xshash narsa paydo bo`lib, uning (suyakning) hajmi kattalashadi.
Har qanday shishda ko`rinarli sabab yo`q, uning jismoniy sababi moddaning biror a`zodan pastki a`zoga o`tishidadir, bu nazla deb ataladi.
Ba`zan shish va toshmalarni tug’diradigan moddiy sabab kayfiyatlarida zarar bermaydigan boshqa xiltlar qolib ketadi.
Shishga sabab bo`ladigan moddalar 6 tadir. 4 xil xilt, suv va yel.
Shish issiq bo`lishi yoki issiq bo`lmasligi mumkin. Issiq shish yolg’iz g’ayritabiiy qondan yoki g’ayritabiiy safrodan paydo bo`ladi deb o`ylab bo`lmaydi, u o`z javhari issiq bo`lgan yoki chirish natijasida issiqlik paydo bo`lgan har bir moddadan hosil bo`ladi.
Shishlarning yolg’iz qondan bo`lganlari flegmona deb, yolg’iz safrodan bo`lgani otashak deb ataladi.
Qon va safrodan bo`lganini ikkovining ismlaridan murakkab bir ism bilan atashdir, yana qaysi biri ustun bo`lsa, o`shaning ismini oldinga qo`yib aytish odatlari bor. Masalan, ularning biri "flegmonali otashak" yoki "otashakli flegmona" deb ataladi.
Yiring yiqqanda chiqiq (xuroj) deyiladi.
Agar chiqiq yumshoq go`shtlarda, bezlarda, qo`ltiq tagida, quloq orqalarida va gavdada bo`lgan yomon sifatlilar jinsiga kirsa, toun deb ataladi.
Issiq shishlarga kelsak, ularning boshlanish davrlari bor, bunda xilt yig’ilib, hajm kattalashadi, so`ngra xilt miqdori ortadi va shuning bilan yanada hajm ortib, oxiriga yetib to`xtaydi, so`ng hajm pasaya boshlaydi, keyin pishib tarqaladi, yoki yiringlanadi.
Shish tarqalib - yo`qolish, yiring yig’ish yoki qattiqlanish bilan tugaydi.
Issiq bo`lmagan shishlarga kelsak, ular yoki g’ayritabiiy savdo moddasidan, yoki g’ayritabiiy balg’am moddasidan, yoki suvli moddadan, yohud yel moddasidan paydo bo`ladi.
G’ayritabiiy savdo moddasidan bo`lgan shish uch jinsdan iborat:
1.Qattiqlik (sirroz) jinsi.
2.Saraton (rak) jinsi
3.Bezlar jinsi, tepki va o`smalar kabi shishlar shu jinsga kiradi.
Bez jinslari bilan boshqa ikki jins orasidagi farq shuki, bez jinslari sof bezlar kabi o`zlarini o`ragan a`zodan ayri o`sadilar, yoki tepki kabi, u a`zolarga tashqaridan yopishgan bo`ladilar.
Boshqa jinsdagi shishlar esa o`zlari o`sgan a`zoning moddasiga aralashib, bir - birlariga kirishib ketgan bo`ladilar.
Saraton bilan qattiqlik jinslari o`rtasida farq shuki, qattiqlik harakatsiz va sezgini yo`qotuvchi shish bo`lib, unda alam beruvchi og’riq bo`lmaydi.
Saraton esa harakat qiluvchi, ortuvchi va aziyat yetkazuvchi shishdir.
Toshmalar - ba`zilari chechak kasalligi kabi g’ayritabiiy qon xiltidan,
ba`zilari eshakemi kabi g’ayritabiiy safro xiltidan,
ba`zilari qizamiq, uchuq, qo`tir, so`gal kabi g’ayritabiiy qon va safro xiltidan hosil bo`ladi.
Ba`zilari qavarchiqqa o`xshash suvli bo`lib,
ba`zilari pufakka o`xshash havodan iborat.
Kasalliklarga qo`shib sanaladigan holatlar:
Bu kasallik jarayonida kuzatiladigan belgilarning namoyon bo`lishidir,
ya`ni: -sochlarda bo`ladigan o`zgarishlar
-teri rangining o`zgarishi
-hidlar
-badanning tashqi ko`rinishi
Sochlarda kuzatiladigan o`zgarishlar: soch to`kilishi, yulinishi, ozayishi, yorilishi, ingichkalanishi, yo`g’onlashishi, o`ta jingalaklanishi, o`ta yoziq bo`lishi, oqarishi yoki boshqa rangga o`tishi mumkin.
Teri ranginining o’zgarishi: 1.Moddali mizoj buzilishi tufayli, teri rangining o`zgarishi. Masalan, sariq kasalligidagi kabi.
Yoki moddasiz mizoj buzilishi tufayli,
masalan, sovuq mizoj ta`sirida teri rangi ganchsimon (oq) bo`lishi,
yoki issiq mizoj ta`sirida teri rangining sarg’ayishi kuzatiladi
2.Tashqi sababdan teri rangining o`zgarishi: quyosh, sovuqlik va shamol ta`sirida teri rangining qorayishi
3.Begona tusli dog’larning terida yoyilishi tufayli, teri rangining o`zgarishi. Masalan, qora baxak, xollar va sepkillar kabi.
4.Uzluksizlikning buzilishidan so`ng paydo bo`ladigan chandiqlar natijasida teri rangining o`zgarishi, masalan, chechakdan so`ng qoladigan qo`tirlik, yaralarning o`rinlari. hid o`zgarishi - kasalliklar oqibatida qo`ltiq ostining hidlanishi yoki badandan chiqadigan yomon hidlarning yuzaga kelishi misol bo`ladi.
Badanning tashqi ko`rinishi - kasalliklar tufayli o`ta ozish yoki o`ta semirishning yuzaga kelish holatlarining namoyon bo`lishi kabilar.
Kasalliklarning davrlari haqida Ibn Sino fikricha kasalliklarning ko`pchiligida to’rt davr bo`ladi:
boshlanish davri,
zo`rayish davri,
nihoyatga yetish davri va pasayish davri.
Bu davrlardan tashqari qo`shimcha sog’ayish davri ham mavjud.
Boshlanish davri - kasallik paydo bo`lib, uning belgilarining yuzaga chiqmagan davri.
Ikkinchi davr - kasallikning vaqt o`tishi bilan zo`rayishi.
Uchinchi davr -kasallikning bir holatda bo`lib, to`xtagan davri.
To`rtinchi davr - kasallik belgilarining kamaygani bilingan davrdir.
Bemorlarda xastalik sababi aniqlangach, tabib albatta, tashxis qo`yishi lozim. Tashxislash sharq tabobatida quyidagi manbalar yordamida amalga oshiriladi. Ya`ni, tabiiy manbalar va zaruriy manbalar asosida. Asosiy yoki tabiiy manbalar bemorning shikoyati, bemorning o`zidan olinadigan dalillar va bemor ajratmalaridan olinadigan dalillar yuzasidan baholanadi.
Masalan, bemorning shikoyatida asosan og’riq xarakteri, kelib chiqishi, xarakteri, shishlar, uning turlari, gavda harakatidagi o`zgarishlar, holsizlik sabablari, hazm buzilishi alomatlarining bor yo`qligi, isitmalar, ularning turlari, a`zolardan keladigan hidlar, siydik sifatini baholash, axlatdagi o`zgarishlar, teri butunligining buzilishi, rangidagi o`zgarishlar va gavda holati yoki vaziyatidagi noxush holatlar hisobga olinishi lozim.
Yoki bemorning o`zidan olinadigan dalillarga kelsak, tabib bemorning es -hushi, ahvoli, teri va shilliq qavatlarning holati, ko`z , ko`z shilliq qavatining holati va tilning silliq yoki g’adir - budirligi, har bir a`zo faoliyatidagi o`zgarishlar , tana harorati, tirnoqlardagi o`zgarishlar, paypaslab ko`rish, hidlar, pulsdagi (nabz) o`zgarishlarga alohida e`tiborini qaratishi darkor. Shuningdek, bemor ajratmalaridan olinadigan dalillar ham muhim.
Ular quyidagilar: axlat, siydik, tupuk, qusuq, maniy va ter kabi ajratmalardagi o`zgarishlar bemorlarni tekshirish tashxis qo`yishda katta ahamiyatga Bemorlarni sharqona tabobat uslubida tashxislash. Bemor shikoyati va kasallik tarixi 1)Og’riqlar 2)Shishlar 3)Harakatdagi o`zgarishlar 4)Holsizlik 5)Hazmdagi o`zgarishlar 6)A`zolardan hid kelishi 7)Siydik kamayishi va rangi o`zgarishi 8)Axlat ajralishidan qabziyatga o’tish 9)Teridagi o`zgarishlar 10)Gavda holati bilan bog’liq noxush vaziyatlar 11)Isitmalar 12)Har bir a`zo va uning vazifasi holati xos shikoyatlar
G’ayritabiiy qon xiltining ortib ketishidan yuzaga keladigan alomatlar:
Gavdada og’irlik,
ayniqsa ko`zning tagida,
boshda,
ikki chakka sohasida kuzatiladi .
Kerishish, esnash, doimiy uyqu bosishi, hislarning kuchsizlanishi, zehnning so`nishi, mashaqqat tortmay turib charchash, og’izda odatdagidan tashqari shirinlik va tilda qizillik paydo bo`ladi.
Bu tomirlarga oid to`lishishning alomatlariga o`xshashdir. Ko`pincha gavdada chipqon, og’izda esa chiqiqlar paydo bo`ladi. Shuningdek, burun teshiklari va milklardan qon ketish belgilari yuzaga keladi
G’ayritabiiy balg’am xiltining ortib ketishdan yuzaga keladigan alomatlar:
Yuzda oqlikning ortiqchaligi, tashnalik, namlik,
ovqatni hazm qilish jarayonida nordon kekirish,
siydikning qizarishi, qorayishi, rangsizligi,
ko`p uxlash,
yalqovlik, asablarning bo`shashganligi,
tomir urishining buzuqliklari, yumshoqligi sekinlik va siyrakligi belgilari kuzatiladi.
G’ayritabiiy safro xiltining ortib ketishdan yuzaga keladigan alomatlar:
Yuz va ko`zning sariq tusliligi,
og’izning achchiqligi,
tilning g’adirbudir bo`lishi va quruqligi,
salqin shamoldan lazzatlanish,
qattiq tashnalik, tomir urishining tezlashishi,
sariq yoki ko`k safro qayt qilish,
ichning achituvchi ketish,
xuddi igna sanchilayotgandek badan tuklarining tik turishi belgilari namoyon bo`ladi.
G’ayritabiiy savdo xiltining ortib ketishdan yuzaga keladigan alomatlar:
Terida quruqlik,
rangsizlik, qonning qoralik va quyuqligi, ortiqcha vasvasa va o`ychanlik,
me`da og’zining achishuvi,
yolg’on ishtaha va
quyuq, qora yoki qizil rangli siydik ajralishi,
qora va sertuk gavda,
yomon yaralarning tez-tez chiqib turishi,
taloq kasalliklarining avj olishi,
qo`rqinchli tushlar ko`rish kabi belgilar kuzatiladi.
Siydik sifatiga qarab kasalliklar haqida xulosa chiqarishda quyidagi shartlarga rioya qilish kerak:
1.Ertalabki siydik uzoq vaqt tutib turilmagan bo`lishi lozim
2.Ertalabki uyqudan turgach, siyishgacha suv ichmaslik, ovqat yemaslik, ranglantiruvchi (za`faron, anor kabi mahsulotlar) yemaslik kerak. Ular siydikni qizil yoki sariq rangga bo`yaydi, sabzavotlar esa siydikni yashil rangli qiladi.
3.Teriga ham, xinoga o`xshash biror narsa tegmasligi.
4.Bemor xiltlarni haydovchi biror narsa qabul qilmasligi kerak, kuchli harakatlar va ishga berilib ketmasligi kerak. Ro`za tutish, uyqusizlik, charchashlik, ochlik va g’azablar siydikning rangini juda o`zgartirib yuboradi.
5.Siydikka siyishdan olti soat keyin qarash kerak emas, chunki uning beradigan dalillari zaiflashadi, rangi o`zgaradi, zichlashadi. Ibn Sino hatto 1 soatdan keyin qarashni ham man etadi.
6.Siydikni hech to`kmasdan og’zi keng shishaga yig’ish kerak, hamda uni siyishdan keyinroq tekshirmay, balki idishda tinchlangandan so`ng tekshirish lozim. Siydik to tekshirib tamom bo`lmaguncha chayqatib yuboradigan yoki sovutib qo`yadigan, shamol tegmaydigan joyda bo`lishi kerak.
7.Avval siyilgan shishani yuvmay turib ikkinchi marta siyish mumkin emas. 8.Siydik olish uchun ishlatiladigan idish toza, aniq jism bo`lishi kerak (tiniq shisha yoki billur)
9.Siydikni shishaga solgach, uni sovuq, quyosh va shamol ta`siridagi o`zgarishlardan saqlash kerak. Bolalarni, ayniqsa go`daklarning siydigi sutliligi tufayli kam dalil beradi. Yana ularda siydikning bo`yovchi moddalari osoyishta holatda bo`lib, chuqurlikda yashiringandir. Bundan tashqari , go`daklarning zaifliklari va ko`p uxlashlari sababli siydikning yetilganlik alomatlarini yo`qotuvchi biror narsa bordir.
Siydikning avvalgi beradigan belgilari
-jigarning holatiga dalolat -suyuqlik yo`llariga
-tomirlar ahvoliga dalolat
Siydikdan olinadigan dalillar:
1.Siydikning qoraligi, oqligi va bular o`rtasidagi ranglar
2.Quyuq-suyuqlikka nisbatan sifati
3.Tiniqlik va loyqalik turkumida nurning siydik orqali o`tishidagi osonlik yoki qiyinlik
4.Cho`kma turkumi
5.Kamlik va ko`plik bo`yicha miqdor turkumi
6.Hid turkumi
7.Ko`pik turkumi
Quyuqlik - suyuqlik va tiniqlik, loyqalik turkumlari o`rtasidagi farq shuki, siydik ayni bir vaqtda tuxum oqi, eritilgan baliq yelimi yoki zaytun moyiga o`xshab quyuq va tiniq bo`lishi mumkin.
Ba`zan esa loyqa suv kabi suyuq bo`lishi bilan birga loyqa bo`ladi,
aslida bu tuxum oqidan ancha suyuqroqdir.
Loyqalikning sababi jigar rang yoki boshqa rangga ega bo`lgan yot rangli bo`lakchalarning aralashganligidir. Ular tiniq emas, alohida-alohida ko`rinmaydi va cho`kmadan boshqachadir, cho`kmani ba`zan ko`rib ajratish mumkin. Shuningdek bo`lakchalar rangdan farq qiladi, chunki rang suyuqlikning butun moddasiga yoyiladi va u bilan cho`kmalarga qaraganda qattiqroq aralashgan bo`ladi.
Siydik rangidan olinadigan dalillar: siydik rangidagi sariqlikning har xil ko`rinishlari mavjud:
somon rang,
limon rang,
malla rang,
za`faron rang.
Yuqoridagi ranglardan so`ng qizillikning turli ko`rinishlari keladi: to`q malla rang, pushti rang, och qizil rang, to`q qizil rang.
Bular hammasi qonning ko`payganligidan dalolat beradi.
O`tkir va kuydiruvchi kasalliklarda siydikning rangi za`faron va olov rangga moyil bo`ladi.
Sariqlik, olovranglik darajasigacha yetsa va olovrang bo`lib qolsa, demak issiqlik juda ko`payganligidan dalolat beradi.
Siydikning qonga o`xshab qolishi o`tkir qonli kasalliklarda kuzatiladi.
Sariq kasalligida siydik qanchalik qizil bo`lsa va qanchalik ko`p bo`lsa, shuncha yaxshi.
Agar siydik oq yoki faqat bir oz qizil bo`lsa, kasallik uzoq davom etsa bu istisqodan dalolatdir.
Zangori va gandano ranglari siydikning qattiq kuyib ketganini ko`rsatadi.
Bolalarda siydikning yashil rangliligi tirishishni ko`rsatadi,
havoliligi mizojning kuchli sovuqligini bildiradi.
Shuningdek havorang siydik zahar ichganlikni ko`rsatadi.
Agar siydikda cho`kma bo`lsa, kasal yashaydi, aks holda ahvoli qo`rqinchli bo`ladi.
Zangori rangli siydik o`limning alomatidir.
Agar qora rangli siydikda kuchli hid bo`lsa, bu mizojning issiqligini ko`rsatadi,
agar unda hid bo`lmasa uning kuchi zaif bo`lsa, bu sovuq mizojdan dalolat beradi.
Siydik tozalanish va buxron natijasida ham qorayishi mumkin.
Bunday holat 4 kunlik isitmaning oxirida va taloq kasalliklarining tuzalishida, orqa va bachadondagi og’riqlarda, oy ko`rishda kuzatiladi.
Ba`zan kishi rangli ichimliklar yo ayrim dori ichsa qora yoki qonli, qizil rangli siyadi.
Oq rangli siydik sovuqlikning alomatidir va yetilishga umid tug’dirmaydi, agar unda quyuqlik bo`lsa, shilliq balg’am borligini ko`rsatadi.
Oppoq rangli suyuq va yiringli siydik siydik a`zolaridagi yiringlanayotgan yaralarga dalolat qiladi.
Sut tusli siydik ham o`tkir kasalliklarda halokatga yetkazuvchidir.
Ovqatdan so`ng siydik oqaradi, hazm bo`lgandan keyin bo`yala boshlaydi.
Shuning uchun uyqusizlik bilan qiynalayotgan kishilarning siydigi oqdir.
Qizil siydik buyrak kasalliklarida yomondir,
u issiq shishdan dalolat beradi.
Agar siydik qizil ko`rinishli loyqa bo`lib, shu holda qolganda esa jigarda shish borligini va tug’ma issiqlikni zaifligini ko`rsatadi
Siydikning quyuq - suyuqligi, tiniqligi va loyqaligi to`g’risida
Siydikning konsistensiyasi suyuq yo quyuq yoki mo`tadil bo`ladi.
Siydikning suyuqligi uning yetilmaganligiga yoki tomirlarda tiqilma borligiga, buyrakning va siydik yo`llarining kuchsizligida kuzatiladi.
Sog’lom kishilarda suyuq siydik chiqishi bilan birga belda va buyrakda og’riq seziladi va bu hol shish paydo qilishga moyil ekanligini ko`rsatadi.
Siydikning quyuqligi xiltlarning yetilganligiga, ba`zan quyuq xiltlarning yetilganligiga belgi bo`ladi.
Quyuq xiltlarning yetilishi xiltdan paydo bo`lgan isitmalarning tugallanishlarida va shishlarning yorilib oqishining tugallanishida sodir bo`ladi.
Quyuq siydik sog’lom kishida doimiy bo`lsa va u kishining boshi og’rib bo`lak-bo`laklik hissi sezilsa, isitma bo`lishdan xabar beradi.
Siydikning loyqaligi suv moddasiga yer moddasi bilan havoning aralashishidan kelib chiqadi.
Shular aralashsa loyqalik paydo bo`ladi,
bir-biridan ajralsa, tiniqlik paydo bo`ladi.
Jumladan 3 holatga e`tibor berish lozim:
1.Siydik oldin suyuq chiqib, keyin quyuqlashsa, bu hol odam tabiatini yetiltirish uchun intilishiga belgi bo`ladi. Ba`zan esa a`zolarning eriyotganligiga belgi bo`ladi. 2.Siydik quyuq siyiladiyu, keyin tinadi va quyug’i ajrab cho`kadi va bu hol odam tabiatining moddani yengib yetiltirilganligiga belgi bo`ladi.
3.Avvalgi va keyingi hollarning o`rtasidagi holat, ya`ni bu holat davom etib tabiati kuchli va quvvati turg’un bo`lsa, siydikning tezda tugal yetilishini tahlil qiladi, bu hol xiltlarning qo`zg’alganligiga va bug’li yel borligiga dalildir. Agar jigarda va jigarga yondosh a`zolarda tiqilma paydo bo`lgan bo`lsa, bunday vaqtda siydikning quyuqligi tiqilmalarning ochilganligidan va moddalarning haydalib chiqa boshlanganidan dalil, bo`lib siydik yiringli bo`lmaydi.
Siydik hididan olinadigan dalillar:
Agar siydikda badbo`y hid bo`lsa, siydik a`zolarida qo`tir va yaralarning borligini bildiradi
Siydik ko`pigidan olinadigan dalillar:
ko`pik suyuqlikdan va shishaga siyish vaqtida unda to`planib suyuqlik ichiga kirib aralashishidan va havodan paydo bo`ladi.
Tirishish kasalligiga uchragan kishilar siydigida pufakchalar ko`p bo`ladi.
Pufakchalarning kattaligi siydikning yopishqoqligini bildiradi.
Tomir urishi haqida
Tomir urishi hayotiy ruh idishlarining kengayishi va qisilishidan iborat,
bunda yengil havo oqimi natijasida ruh soviydi.
Tomir urishi ikki harakat va ikki tinishdan iborat,
kengayish harakatida kengayish va siqilish orasida tinish,
siqilish harakatida siqilish va
kengayish orasida tinish.
Jolinusning fikricha, tomir urishini aniqlashda bilakni ushlab ko`rish eng yaxshi, bunda bilakni ushlashda 3 qulaylik mavjud:
-unga yetishning osonligi
-tabibga ko`rish qulay
-yurak yaqinida joylashuvi
Tomir urishining holatini bildiradigan 9 ta dalil bor:
-tomirlarning kengayish miqdoridan olinadi
-harakat qilib turgan tomirning kayfiyatiga ko`ra
-har bir harakatning davomiyligiga ko`ra
-tomir tarkibiga ko`ra
-bukilish va to`laligiga
-ushlab ko`riladigan joyning issiq, sovuqligi
-tinch turish vaqti
-tomir urishining tekis yoki notekisligiga ko`ra
-notekislikda tartib borligidan yoki to`la tartibsizligidan.
Umuman tekis tomir urishi bu hamisha aytilgan narsalarga nisbatan tekis bo`lgan tomir urishidir.
Tomir urishining notekisligi ham ikkiga bo`linadi:
-notekis tartiblangan va notekis tartibsizlangan Tartiblanganda ritm saqlangan yoki takrorlanib turadi. a) doimiy tartiblangan b) ba`zida ikki va undan ortiq davr bilan tartiblangan. Tartibsiz tomir urishi esa buning qarama - qarshisi demakdir.
Tomir urishining bir qismi notekisligiga kelsak, bunda tomir urishi qaytalanuvchi, uzluksiz tomirlar urishiga bo`linadi.
Cho’ziluvchan tomir urishi
zarbaning bir qismida haqiqiy to`xtash bilan o`tadi.
Qaytalanuvchi tomir urishida
katta tomir urishi bir bo`lakda kichik bo`lib qoladi keyin asta-sekin o`z holiga to’shadi.
Uzluksiz tomir urishida esa notekislik asta-sekin muttasil ko`payib boradi,
chegaralar bilinmaydi.
Murakkab tomir urishi:
G’izoliy tomir urishining bir qismida notekis va sekin bo`lib, keyin to`xtaydi va tezlashadi,
"to`lqinsimon" tomir urishi bu tomir bo`laklarining katta va kichikligi yoki ularning ko`tarilishi va kengligidagi notekisligi,
"chuvalchangsimon" tomir urishi to`lqinsimonga o`xshash, lekin juda kichik bo`ladi, ketma-ket bo`ladi.
"Arrasimon" tomir urishi bu o`zining ko`tarilishi va kengligi, o`zishi va kengligi jihatdan qismlarning notekisligi, qattiqligi bilan ajraladi.
"Sichqon dumisimon" tomir urishi bunda notekislik kamayishidan boshlab ko`payib va yana aksincha almashinib turadi.
"Shuvoq ildizsimon" tomir urishida kamayish va ko`payish chegaralari bo`ladi, ma`lum kamayish chegarasiga yetgancha to`xtovsiz orqaga chekinadi, xuddi shunda ikkita eng oxirgi nuqtalarida sichqon dumi hosil bo`ladi.
Tomir urishi zarbasining o`rtasiga to`g’ri keladigan urishi bilan kiyiksimon tomir urishi o`rtasida farq shundan iboratki, kiyiksimon tomir urishida ikkinchi zarba birinchi zarba tamom bo`lmay turib yetib keladi, unda esa ikkinchi zarba birligi zarba tamom bo`lgandan keyingi tinchlik vaqtida paydo bo`ladi.
Tomir urishining tabiiy turlari:
kamayish va ko`payish o`rtasidagi tomir urishi mo`tadil tabiiy tur hisoblanadi,
bunga kuchli tomir urishi kirmaydi, uning uchun tabiiy quvvat ortiqcha hisoblanadi.
Tabiiy tomir urishi turlari uchun tekis, tartiblangan va yaxshi vazndagi tomir urishi xosdir.
"Arrasimon" tomir urishining sababi: tomirga quyilgan narsani chiriganligi, xomlik va pishganlik jihatdan turlicha bo`lishi va tomir holatining notekisligidir.
"Sichqon dumisimon" tomir urishining sababi: kuchning zaif bo`lishidandir.
"To`lqinsimon" tomir urishida kuchning zaifligi tufayli kuch qizil qon tomirlarining urish bo`laklarini faqat birin-ketin kengaytira oladi, bunda tomir kuchni quruq va qattiq tomirdek qabul qiladi.
"To`xtab uruvchi" tomir urishida kuchning toliqishi va dam olishga muhtojlik, birdaniga ta`sirlanish kabi holatlar kuzatiladi.
Erkak va ayollar hamda turli yoshda tomir urishi
Erkaklarda: ularda hayotiy kuch va ehtiyojning ko`pligi tufayli tomir urishi katta va kuchli bo`ladi,
xotinlarga nisbatan sekin va siyrak bo`ladi, xotinlarda esa aksincha.
Bolalarda tomir urishi ularning mizoji ho’l bo`lganligi uchun muloyim va tezroq bo`ladi, chunki ularda issiqlik kuchli bo`ladi, bolalar gavdasida dudli bug’ ko`p bo`ladi va gavdani yangilab turadi va salqinlatish va bug’ni chiqarish uchun tez uradi.
O`rta yoshli odamlarda hayotiy kuchning zaifligi tufayli tomir urishi hajmi kichik, sun`iy hajmi ehtiyoji yo’qligi sababli tezlik ham kam bo`ladi.
Yoshi ulg’aygan odamlarda tomir urishi siyrak, sekin, kichik, ba`zan tabiiy bo`lmagan yot suyuqlik tufayli yumshoq bo`ladi.
Issiq mizoj - so’nishga muhtojlik bo`lib - tomir urishi katta. Sovuq mizoj - tomir urishi kam, sekin, siyrak. Ho’l mizoj - tomir urishi to`lqinsimon va keng bo`ladi.
Faslga ko`ra tomir urishining o`zgarishi:
Bahorda tomir urishi har tomonlama mo`tadil kuchi ortiqcha.
Yozda so`nishga ehtiyoj tufayli tez va ketma-ket bo`ladi.
Qishda esa tomir urishi siyrak, sekin, zaif bo`ladi, chunki hayotiy ruh zaiflashadi. Kuzda esa notekis va zaif bo`ladi chunki araziy mizoj goh issiq, goh sovuqqa almashinib turadi. Kuz buzuvchi fasl bo`lib, issiqlik zaiflashadi va quruqlik kuchayadi.
Fasllar orasida tomir urishi o’rab turgan faslga bog’liq bo`ladi.
Uyqu vaqtida tomir urishi - uyqu vaqti va hazm qilish holatiga qaraladi.
Uyqu boshida tomir urishi kichik va zaif, chunki bunda issiqlik harakati chuqurga va siqilishga yo`nalgan, bunda hazm qilish uchun ichkariga yo`nalgan bo`ladi.
Ovqat uyqu vaqtida o`zlashtirilsa, unda tomir urishi yangitdan kuchayadi, chunki hayotiy kuch ko`payadi va yuzaga chiqadi, o`zining boshlang’ich manbasiga chiqadi. Uyg’oqlikda tabiiy ravishda uyg’onsa tomir urishi asta sekin ko`payadi, kuchayadi. Agar biror sabab bilan uyg’otilsa tomir urishi tinib, keyin yana kuchayadi, katta, ketma-ket, qaltirash darajasida notekis bo`ladi, keyinchalik mo`tadillashadi.
Jismoniy harakatda bosimda isssiqlikning ko`payishi tufayli tomir urishi katta, kuchli, tez, ketma-ket bo`ladi.
Uzoq vaqt muttasil ishlaganda "chuvalchangsimon" bo`ladi.
Og’riq o`zining kuchi va boshqaruvchi bo`lishi, uzoq muddatliligi bilan tomir urishini o`zgartiradi. Og’riq boshlanishida tomir urishi katta, tez-tez bo`ladi. Og’riq yana kuchaysa tomir urishi siyraklashadi va o`sishiga olib keladi.
Ruhiy holatlarda, masalan, g’azablanganda: nafsoniy kuch qo`zg’aladi, tomir urishi katta, tez, ketma-ket, baland bo`ladi, agar g’azabga qo`rquv aralashmasa tomir urishi notekis bo`lmaydi.
Qayg’uda: issiqlik kamayadi, chuqurga botadi, tomir urishi kichik, zaif, siyrak, sekinlashgan bo`ladi.
Qo`rquvda esa to`satdan tomir urishi tez-tez, qaltiroqli, notekis, tartibsiz bo`lsa, aksincha davomli va sekin bo`ladigan qo`rquvda tomir urishi o`zgaradi.
Ibn sino ta`limotida kasalliklar klassifikasiyasi: A. Sodda kasalliklar: 1 Mizoj buzilishi kasalliklari a) moddali mizoj buzilishi kasalliklari organizmda xiltlarning o`zgarishi natijasida kelib chiqadi. b) moddasiz mizoj buzilishi kasalliklari organizmda xiltlarning o`zgarishi natijasida kelib chiqadi. 2. Tarkib kasalliklari a) hajm buzilish kasalliklari b) tuzilish kasalliklari ular o`z navbatida quyidagilarga bo`linadi: - shakl kasalliklari - oqim yo`llari kasalliklari - qopchiq va bo`shliqlar kasalliklari - a`zo sathi, yuzalari kasalliklari v) miqdor kasalliklari Miqdor kasalliklari - biror bir organning o`sishdan kattalashib ketish yoki kasallik natijasida o`sishdan orqaga qolishi. g) son (adat) kasalliklari Son (adat) kasalliklari - ular tabiiy bo`ladi. Ortiqcha barmoq, yoki notekis o`sgan ortiqcha organlar misol bo`ladi.
d) vaziyat (quyilish) kasalliklari
Ushbu kasallik Jolinusning fikricha "o`rin" ham "mushorakat" degan ma`nolarga to`g’ri keladi. A`zoning bug’indan qo`zg’alishi, ichakka mansub churra kasalliklari misol bo`ladi.
3. Uzluksizlikning buzilishi kasalliklari
Uzluksizlikning buzilish kasalliklari- bu biror bir organ butunligining buzilishi bo`lib, quyidagilar kiradi: tirnalish, yulinish jarohat va yara, suyaklarning sinishi, kesilish, qon tomirlarining yorilishi. Nerv tomirlarining kesilishi. mushak va paylarning kesilishi, uzilishi va ezilishi: a) tirnalish, yulinish b) jarohat va yara b) suyak sinishi va chiqishlari v) qon tomirlarining yorilishi, uzilishi g) mushak va paylarning kesilishi d) nerv tolalarining cho’zilishi E) ichki organlarning yorilishi kabilar.