Birinchi kitobda
Tabobatning nazaiy asoslari hamda amaliy tabobat umumiy masalalari haqida malumot beriladi. Tabobat ilmi tarifi, vazifalari, xiltlar va mizojlar talimoti bayon qilinadi. Keyin odam a'zol'ri: suyak, tog‘ay, asab, arteriya, vena, pay, bog‘ich va mushaklar haqida qisqa anatomik talqin beriladi.
Kasalliklar kelib chiqish sabablari, ko‘rinishlari, turkumlari hamda ylar kelib chiqish sabablari, ko‘rinishlari, turkumlari hamda ularning davolash usullari yoritiladi. Ovqatlanish, bemor hayot tarzi va sog‘liqni saqlash haqida ta'limot bayon qilinadi. Surgi qilish, qayt qildirish, qon olish va badanni tozalash masalalari uchun alohida boblar ajratilgan.
2 - kitob
O‘sha davr tabobatida qo‘llanilgan yakka dori-darmonlar haqida zarur malumotlar bayon qilingan mukammal majmuadir. Unda o‘simlik, hayvon va ma'danlardan olinadigan 800 dan ortiq dorivor tarifi, ularning davolik xususiyatlari va qo‘llash usullari bayon qilingan. Muallif Markaziy Osiyo, Yaqin va O‘rta Sharq mamlakatlaridan chiqadigan dorivorlardan tashqari Hindiston, Xitoy, Yunoniston, Afrika, O‘rta Er dengizi orollari va boshqa yurtlardan keltiriladigan dori-darmonlarni ham bayon qiladi.
3 - kitob
Odam tanasining boshidan oyog‘igacha bo‘lgan a'zolarida yuz beradigan kasalliklar haqida ma'lumot beradi. Unda bosh va miya (jumladan, asab va ruhiy kasalliklar ham), ko‘z, quloq, burun, og‘iz, til, tish, milk, lab, tomoq, o‘pka, yurak, ko‘krak, qizilo‘nvach, oshqozon-ichak, jigar, o‘t pufagi, qorajigar, ko‘tan, buyrak, qovuq, erkak va ayol jinsiy a'zolari kasalliklari haqida so‘z yuritiladi.
U paytda endokrin bezlari va ularning kasalliklari kashf etilmagan edi. Ma'naviy ustozim ibn Sino prostata bezi adenomasi og‘irlashib yosh vafot etadi (Ustozning shogirdlari tavsiflariga ko‘ra umumiy ahvoliga qarab tashxisni men o‘zim qo‘ydim.) Kasallik belgilari o‘xshash bo‘lgani uchun qulanj deb o‘ylab, befoyda davolashgan, yani noo‘rin kuchli surgilar qilib, bemor immunitetini yo‘qotib, xoldan ketkazishgan. Keyin katta miqdorda taryoq berib kasalni o‘ldirishgan.
Kasallik belgilarini klinik jihatdan o‘z davriga nisbatan aniq va to‘liq ko‘rsatish, dardni aniqlashdagi yuksak mahorat ushbu kitobda atroflicha bayon etilgan, ichki kasalliklar sohasidagi ko‘plab kashfiyotlar "Tib qonunlari" muallifini xozirgi zamon terafiyasining asoschilaridan biri deb xisoblashga imkon beradi.
4 - kitob
Kishi a'zolaridan birortasiga xos bo‘lmagan "umumiy" kasalliklarga bag‘ishlangan. Bunday kasalliklarga turli isitmalar, shishlar, rak, toshmalar, yara-chaqalar, kuyish, suyak sinishi va chiqishi, asablar jarohati, travmatologiya kiritilgan.
Shuningdek, ushbu jildda yuqumli kasalliklar(ammo u paytda virus va mikrob haqida tushuncha bo‘lmasa ham dardning yuqumliligi aqlan bilingan): chechak, qizamiq, mohov, vabo va qutirish haqida so‘z boradi; zaxarlar va zararlanish haqidagi ta'limot ham yoritiladi.
Kitobning maxsus bo‘limi go'zallik va pardoz-andozga bag‘ishlangan. Jumladan, ibn Sino sochni parvarishlash, ozish va semirish vozitalarini ham shu juzda tavsiya qiladi.
5 - kitob
Qorabodindan, ya'ni murakkab dorilar ta'limotidan iborat. Turli taryoq (zaxarga qarshu dori) lar, ma'junlar, xabdori (tabletka), kulcha dori, elaki (poroshok), sharbat, qaynatma, sharob (qaynatib tayyorlangan vino), malham (maz) va boshqa qo‘shma dorilarni tayyorlash va isblatish o‘rganiladi.
So‘ngi bo‘limda muayyan a'zo va kasallliklar uchun tayyorlanadigan qo‘shma dorilarni tayyorlash va qabul qilish o‘rgatiladi.