“Tib qonunlari” da quvvatlar tahlili
Quvvatida inson qiyofasi
Qonunda fiziologik bilimning asosiylaridan biri quvvatlar haqidagi ta’limotdir.
Odamning ichki va tashqi qiyofasi quvvatlarida aks etadi. Quvvat deganda ruchni anglash noto’g’ri. Kuch quvvatning qobug’i.
Quvvatlarning raisi nafsoniy quvvat. Nafsoniy quvvat miyaga joylashgani uchun bosqaruvchi hisoblanadi. Tabiiy quvvat jigarda, jinsiy quvvat bezlarda va hayvoniy quvvat yurakdadir.
Ruh xiltlarning uchuvchan qismidan paydo bo’lgani sabab undan hayotiy quvvat tug’iladi, bu ham nafsoniy quvvat tarkibiga kiradi. Ruh miyada barcha quvvatlarni boshqaradi. Natijada miya "harakat va sezish manbai bo'lgan nafrsni qabul qilishga qobiliyat"li bo'ladi, ya'ni nafsoniy quvvat paydo bo'ladi. Ibn Sino nafs haqidagi turli tushunchalarni tanqidiy tahlil qilib, yozadi: “Nafs -yagona boshlang’ich manba’ bo’lib, undan barcha amallar sodir bo’ladi deyish, yoki nafs ko’pdan ko’p ruhlar to’plami deyish xatodir”. Xuddi shuningdek, ibn Sino nafs deb yerdagi nafsni tushungan qadimgi mualliflarning har bir takomillashgan tabiiy jism (gavda, a’zo)dagi bir-biriga qarama-qarshi harakat va ta’sirni yuzaga chiqaruvchi quvvatni nafsoniy” deb atashlarini tanqid qilib, “nafsni biror idrok, biror iroda bilan sodir bo’ladigan idrok va harakatlantirish manbai” deb tariflaydi. Demak, nafs kishining irodasi bilan tug’iladi; boshqacha aytganda, barcha “nafsoniy quvvatlar” ya’ni oliy nerv faoliyati assiatsiya markazlarining ishi kishining idroki – hayot tajribasining maxsuli bo’lib, uning irodasiga bo’ysunadi. Ibn Sinoning bu fikri, uning ratsional dunyonqarashining yaqqol ifodasidir.
Quvvatlarning turlariga kelsak, ibn Sino “nafsoniy quvvat”ni ikki jinsga: “idrok qiluvchi” va “harakatlantiruvchi” quvvatlarga bo’ladi. Idrok qiluvchi quvvatlar ikki turli funktsiyani bajaradi: birinchisi tashqi xis, ya’ni ko’rish, eshitish, hid bilish, tatish va tegib paypaslash sezgilari, ikkinchisi – ichki idrok qiluvchi quvvat funktsiyalari – aqliy sezish, xayol, fikrlash va eslash. Ibn Sino instinktni va mantiqiy quvvatni ham shu ikkinchi turga qo’shadi.
Harakatlantiruvchi quvvat nafsoniy quvvat xukmiga bo’ysunib, bo’g’in va mushaklar orqali bajariladigan turli harakatlarni boshqaradi.
“Tabiiy quvvatlar” tarkibiga oziqlantirish va o’sish funktsiyalarini bajaruvchi quvvatlar kirib, manbai jigardadir.
“Tug”diruvchi va gavdaga “shakl beruvchi” quvvatlarning manbai jinsiy bezlarda bo’lib, bular “navni saqlovchi tabiiy quvvatlar” qatoriga kiradi.
Nihoyat, “hayotiy quvvatning” asosiy funktsiyasi ruh va a’zolarni “xis va harakat hamda hayot faoliyatini qabul qilishga tayyorlash” va ruh javharini a’zolarga yetkazuvchi nafas va puls harakatlarini boshqarishdir.