Tib qonunlariga muqaddima

Ergashaka 2025-03-26 23:16

Entsiklopedik alloma ibn Sino “Tib qonunlari” yangi nashriga muqaddima

O’z davridagi fanlarning deyarli barcha sohalarida chuqur iz qoldirgan alloma tabib entsiklopedik olim Abu Ali ibn Sino dastlabki yigitlik yillaridayoq tabobatni to’la egallab ko’pchilikka tanildi. Xatto 17 yoshidayoq o’sha payt shohi Nuh ibn Mansurni saroy tabiblari davolay olishmagan og’ir darddan xalos qilib, evaziga Mansurning shaxsiy kutubxonasidan foydalanishga muvaffaq bo’ldi.
Otasi Balxli bo’lib Buxoroga ko’chib kelgandi va Xurmiton qishlog’ida kichik amaldor bo'lgandi. Husayn (Ibn Sino ismi) ning onasi Sitora Afshonalik bo’lgan. Husayn 5 yoshligida oilasi Buxoro shaxri markaziga ko’chib kelishadi.Uni otasi poytaxt maktablaridan biriga o’qishga beradi. Husayn tez fursatda Qur’onni to’la yodlab, ustozidan ma’nolarini aytib berishni so’rab, hammani dong qoldiradi. U uyida ham maktabidan kelib, o’rtoqlai bilan o’ynash o’rniga alloma qo’shnisi abu Abdulloh Notiliydan aniq fanlardan dars oladi va yana yana boshlang'ich tabiiy hamda badiiy fanlarni ham o’zlashtirib oladi.

Yoshligidanoq tib kitoblarni mutaola qilib, bilganlarini xatto shaxridagi tabiblar bilan baxslashib, ko’pchilikni lol qoldiradi. Husaynning aytishicha, tib ilmi juda oson, falsafa va maematika bilan shug’ullanib charchaganida, tibga mashg’ul bo’lib dam olarkan. Natijada tibdan ilmi shu darajaga yetdiki, o’ng kelgan kishini tomirini ko’rib kasali va davosini aytaverib, tezda Buxoro shaxriga kichkina Husayn tabibcha nom olib mashhur bo’lib ketdi. Xatto saroy ahli ham qiziqib kelaboshladilar. Natijada shoh Mansur betob bo’lganda Buxoro va Samarqand tabiblari shohni tuzatolmaganlaridan keyin Husaynni oldirib kelishdi.Uni tez kunda davolab, turk yurtiga nomi chiqdi.

Mansur kutubxonasida mantiq. falakiyot, ilohiyot va tibbiyotga doir kitoblarni o’qib tugatgach, falsafaga shung’b ketadi. Metafizikani ustozsiz zabt etish mushkuligini anglab, qiynalib yurgan chog’larida ittifoqo, kitob bozoridan Abu Nasr Farobiyning metafizikaga oid kitobini sotib oladi va qo’lidan qo’ymay 50 borga yaqin o’qib mag’zini chaqib huzurlanadi.

Abu Ali ibn Sino o’z faoliyatida o’z shogirdlari va tanish-bilishlariga atab kitob va risolalar yozib berish bilan shug’ullanadi. Masalan, o'z do'sti qo'shnisi abul Husayn Aruziy iltimosi bilanriyoziyotdan tashqari barcha fanarni o'z ichiga olgan "Hikmatul aruziya" nomli asarni, boshqa do'sti vufaqqih va mufassir Abu Bakr Barqiy Xorazmiyga "Xosil val maxsul" nomli 20 jildlik qomusiy majmua yozib bergan. Bundan tashqari yuzlab kishilarga turli fanlardan risolalar yozib bergan.

Davomi bor.